III-BOB.METROLOGIYA VA METROLOGIK TA’MINOT 3.1. Metrologiya va metrologik ta’minot nima degani?
"Metrologiya va metrologik ta'minot" – oʻlchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta'minlash uchun zarur boʻlgan ilmiy, texnik va normativ-usuliy asoslar sohasi. Xalq xoʻjaligi uchun ushbu ixtisoslik ilmiy va texnik muammolarining yangiligi va ahamiyati yangi oʻlchash usul va vositalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, oʻlchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta'minlashga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan tashkiliy va usuliy muammolarni hal qilish, shuningdek ishonchsiz oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va istisno qilishdan iborat. Mahsulot (xizmatlar) va texnologik jarayonlar, korxona va sinov laboratoriyalarining asbob-uskunalari, oʻlchov, sinov va tekshiruv usul va vositalari, normativ hujjatlar, ilmiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik faoliyatni metrologik ta'minlash tizimlari professional faoliyat ob'ektlari hisoblanadi.
Hozirda Millimetrologiya instituti – Oʻzbekistondagi, asosiy vazifasi – sanoatda, sogʻliqni saqlashda, aloqa tizimlarida, savdoda, mudofaada, resurslarni (suv, gaz, neft, elektr energiyasi) hisobga olishda, tabiat muhofazasi va boshqa xoʻjalik faoliyati sohalarida oʻlchashlar birliligini ta'minash va saqlab turish boʻlgan eng yirik amaliy metrologiya tashkilotidir. Metrologik faolyatning asosiy yoʻnalishlari: OʻV qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinash, sinov jihozlari va oʻlchashlarni bajarish usuliyatlarini metrologik ekspertiza qilish, attestatlash. Har yili Millimetrologiya instituti tomonidan (100 ming energotashuvchilarni hisobga olish priborlari!) ortiq metrologik xizmat koʻrsatish amalga oshiriladi. Metrologik potensialning izchillik bilan oshirilishi muntazam ravishda yangi OʻV qiyoslash, kalibrlash va sinash turlarini oʻzlashtirishga imkon beradi.