Mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuv



Yüklə 194,54 Kb.
səhifə4/14
tarix25.11.2023
ölçüsü194,54 Kb.
#134368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bola shaxsiga yo\'naltirilgan ta\'lim

1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuv

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar har bir bolaning individual xususiyatlariga mos keladigan ta’lim va tarbiya usul va vositalarini aniqlaydi. Shu bilan birga, bolalarning munosabatini va faoliyati tashkil etilishini o‘zgartiradi, turli o‘quv qo‘llanmalardan foydalanadi:


● tadqiqot (muammolarni izlash, kashfiyot orqali o‘rganish, tajriba);
● kommunikativ (munozara, nutqni rivojlantirish, fantaziya, notiqlik);
● o‘yin (o‘yin orqali o‘rganish, ertak, vaziyat, sahnalashtirish – fantaziyaga kirish);
● psixologik (o‘z taqdirini o‘zi belgilash – bolani tanlashga o‘rgatish, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi himoya qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash);
● faoliyat (bola bilimlarni tayyor holda emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zi o‘rganadi. Ta’lim-tarbiyani tuzilishi faol qadamlar tizimini o‘z ichiga oladi);
● refleksiya (individuallikni saqlash, ijodiy yaratuvchanlik, shaxsiylikni har qanday faoliyatda shaxs sifatida saqlab qolish, o‘zini-o‘zi aniqlash vositasi).
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagog e’tiborga olishi kerak bo‘lgan omillar
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda ta’lim jarayonida bolaning bir vaqtning o‘zida o‘ynashi, rivojlanishi va o‘rganishi uchun imkoniyat yaratish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar va pedagog o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy shakli ularning birgalikdagi faoliyati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyat – bu bolaning sub’ektiv pozitsiyasini egallash shartidir, jarayon davomida bolaning qiziqishlari, moyilligi, ehtiyojlari, istaklari qondiriladi, ijodiy salohiyati rivojlanadi, shaxsiy fazilatlari (faoliyati, tashabbusi, mustaqilligi, ijodkorlik) shakllanadi.
Birgalikdagi faoliyat quyidagicha tashkil etiladi:
● bolalarni qiziqtirgan muammolarni birgalikda aniqlash;
● bolalar faoliyatining maqsadini birgalikda aniqlash;
● bolalar faoliyatini birgalikda rejalashtirish, taxminlar, muammolarni hal qilishda vosita va materiallarni, usullarini tanlash;
● bolalarning mustaqil faoliyati, tarbiyachining individual yordami;
● birgalikdagi faoliyat natijasini muhokama qilish, yutuqlarni muhokama qilish, muvaffaqiyatsizliklarni aniqlash.
Bolalar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish jarayonida yo‘naltirilgan shaxsiy rivojlanishni yaratish kerak: muvaffaqiyat holatlari, bolaning shaxsiy tajribasi bilan bog‘liq vaziyatlar, faoliyat, vaziyatni tanlash, asbob-uskunalar, faoliyat sherigi va bolaga o‘zini shaxs sifatida anglash imkoniyatini berish.
Pedagogning bolalar bilan o‘zaro munosabati uchun shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda ishlatiladigan muloqot uslublari:
 Vaziyatli-shaxsiy aloqa turi 2-3 yoshli bolalarga xosdir. Ular uchun pedagog mehribon va yordam berishga, himoya qilishga tayyor bo‘lishi juda muhimdir. Shu sababli, bu yoshdagi bolani quchoqlash, yonida o‘tirish kerak. Pedagog va bola o‘rtasidagi “yoqimli munosabatlar” almashinuvi ishonch va iliqlik, dam olish va tinchlik muhitini yaratadi. Vaziyatli-shaxsiy aloqa turi bu har bir bola bilan individual ravishda aloqa o‘rnatishdir.
 Vaziyatli-ishbilarmon muloqot 3-4 yoshli bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Chunki ular uchun pedagog turli faoliyatlarda yaxshi sherik bo‘lishi juda muhimdir. Bu yerda pedagogning rahbarligi ostida emas, teng sharoitda ishlash kerak. Ushbu bosqichning vazifasi bolalar ko‘zi oldida “mohir odam” obro‘sini qozonishdir.
 Vaziyatli bo‘lmagan ishbilarmonlik muloqoti o‘rta maktabgacha yoshida qo‘llaniladi. Bunda kattalar qiziqarli va ishonchli ma’lumotlarning manbasiga aylanadi. Ushbu turdagi vazifa “bilimli odam” obro‘sini qozonishdir. Ammo, pedagog hamma narsani biladi, deb da’vo qilishi shart emas. Pedagog biron-bir savolga javob topa olmaslikdan darhol xijolat bo‘lmasligi kerak. Bolalar quyidagilarga ishonch hosil qilishlari kerak: pedagogda savol qiziqish uyg‘otdi; u javobni qaerdan va qanday izlash kerakligini biladi; u izlanishda qat’iyatlidir va javobni topishni muhim deb biladi. Katta maktabgacha yoshda bolalarning maxfiy hikoyalarini tinglash va bola, baholanishdan qochib, kattalar va tengqurlari bilan teng sharoitda shaxsiy aloqaga kirishish, shuningdek, hayotdan samimiy zavqlanish ko‘nikmalari zarur. Ushbu yoshdagi bolalar muloqot qilmaydigan jamoaga qo‘shilmaydigan bo‘lishlari, faqat o‘zlari ishonadigan odam bilan oshkor muloqot qilishlari mumkin. Ular o‘zlarining histuyg‘ularini, fikrlarini kattalar bilan baham ko‘rishadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan muloqot turi hanuz vaziyatga bog‘liq emas, shaxsiydir. Kichkintoy ulg‘aygan sari har yili kattalarning u bilan muloqot qilish uslubi o‘zgaradi. Chunki bolaning kattalarga bo‘lgan ehtiyoji o‘zgaradi. Ammo, yangi ehtiyoj oldingisining o‘rniga emas, balki unga qo‘shimcha sifatida kelishini esdan chiqarmaslik kerak.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagog quyidagilarni bajarishi lozim:
● bolalarning yoshi, qiziqish va imkoniyatlarini inobatga olish;
● ta’lim jarayonini hamkorlikdagi o‘yin, izlanish faoliyati shaklida tashkil etish;
● bolaning birgalikdagi faoliyatiga oid har qanday so‘roviga javob va yordam berish;
● birgalikdagi tashkillashtirilgan ta’lim faoliyati davomida har bir bolaga ism-sharif bilan murojaat qilish uchun vaqt va imkoniyat topish, bajarayotgan ishiga qiziqish bildirish, rag‘batlantirish, qiyinchiliklarni yengishga yordam berish. Barcha bolalarni bu ta’lim faoliyatida qatnashishga majburlamaslik;
● bolani o‘yinlarga jalb qilish, tashabbusni uyg‘otish, u bilan uning xohishistaklarini inobatga olgan holda rivojlantirish uchun turli variantlarni muhokama qilish;
● bolalarning mustaqil o‘yiniga qiziqishni, bolalarning topilmalaridan, asl harakatlaridan va bayonotlaridan xursand bo‘lish.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalaming o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ulaming ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar tajriba talaba yoki o'quvchilaming bilimli va yetuk malakaga egaligin ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innavation) – yangilik кritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayoa hamda o‘qituvchi va talaba yoki o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgari.,hlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol («inter»- bu o‘zaro, «akt»- harakat qilmoq)- o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalami tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol mashg‘ulotlarda tarbiyachining o‘mi qisman tinglovchilaming faoliyatini dars maqsadlariga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublaming o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va tinglovchilar birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga: - pedagoglaming jarayonga bo‘lgan qiziqishlarining doimiyligini ta’minlashi; - mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; - pedagoglaming hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi. Mana shunday vazifalami amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalaming natijalari tasdiqlamoqda.
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ulami ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo‘lish mumkin:
1. Monitor ekranida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilim berishga mo‘ljallangan vositalar.
2. Ko‘rgazmali qurol.
Mashg’gulot jarayonlarini multimedialar asosida olib borishning afzal jihati shundaki, ta’lim jarayonida bolalaming mustaqil ijod qila olish qobiliyatlarini rivojlantiradi, Shu munosabat bilan mediamashg‘ulotlar mazmunini belgilash, tashkil etishda faqatgina o‘quv fani mazmuni nuqtayi nazaridan yondashmasdan, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Media mashg‘ulotlar kompyuterlashtirilgan o‘quv xonalarida, multimedia proyektor yordamida o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotni tashkil etishning o‘ziga yarasha sanitariya-gigiyena me’yorlari, bolalaming uzluksiz ishlash me’yorlari mavjud: Tarbiyalanuvchilar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin:
* videofragmentlami frontal ko‘rish;
* topshiriq, mashqlami individual bajarish;
* umumiy o‘quv loyihalari, modelli tajriba-sinovni amalga oshirishda kichik guruhlarda ishlash;
* media mashg‘ulotlami tashkil etishda ham o‘quv jarayonining hamma komponentlari o‘z aksini topishi va kompyuterdagi va kompyutersiz faoliyat almashib turishi mumkin;
* faollashtirish (o‘quv materialini takrorlash, materialni birdaniga o‘zlashtirish, kompyuterda yoki kompyutersiz);
* bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantirish, o‘quv axboroti blokining mohiyatini bilib, tushunib olish va uni mustahkamlash- (kompyuterda yoki uning ishtirokisiz); * o‘quv materiallarini amalda qo‘llay olishini nazorat qilish' (kompyuter va kompyutersiz). Kompyuterlashgan o‘quv xonalarida o'quv faoliyatining samara!; kechishi uchun u yerda qo‘shimcha joylashtirilgan o‘quv stollaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu holat sanitariya me’yorlariga rioya etish, bolaning o‘quv faoliyatini boshqa joyda tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bunday almashinuvlar bolani charchashdan saqlaydi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo‘lish mumkin:
1. Monitor ekranida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilim berishga mo‘ljallangan vositalar.
2. Ko‘rgazmali qurol.
Odamzod har daqiqa sezgi a’zolari orqali axborot yig‘ib fikr qilish va hayotiy muammolami hal qilish choralarini o‘ylab topib amalga oshirish bilan kun ko‘radi. Insonlar qayerda bo‘lma .inlar, bugungi kun zamon talabiga mos ravishda malakasini oshirib; yangi ma’lumotlar bilan bilim bazasini yangilab borishi kerakligini taqozo etmoqda.:
Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg'ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top» kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?», «Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?», «Kim ko'proq narsalarning nomini ayta oladi?» va boshqa o'yinlarni ko'rsatish mumkin. Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o'zlashtiradilar.
Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim qanday qichqiradi» va shunga o'xshashlar. Har bir didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo'ladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatini boshqarib, kerak tomonga o'ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi. .
Sahnalashtirilgan o'yinlarijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xattiharakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi. Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir.
Mashg‘ulotning o‘yin shakli. Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro ‘parasi ga joylashtiradi. Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallami monitor ekraniga chiqaradi. Bolalaming diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Mashg‘ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlami kompyuter mashg‘uloti, deb ham atash mumkin.

Didaktik o'yinlar. Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini amalga oshirishni ta'minlaydi. Didaktik o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi. Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodidir. Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi. Didaktik o'yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim. Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining muvaffaqiyatidan xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Qurilish o'yinlari Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib bo'lmaydi. Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo'lishi va ulardan o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo'lib, ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan.


Yüklə 194,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin