O`RTA OSIYO VA O`ZBEKISTONDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITILISHI…………………………………….…3
O`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishiga doir dastlabki ma`lumotlar. …………………………………………….....5
O`zbekistonda XX asr boshlarida tasviriy san`atni o`qitilishi…………………………………………..….……6
II BOB.
MUSTAQILLIK YILLARIDAGI TASVIRIY SAN`ATNI O`QITILISHI……………………………………………………22
2.1. Tasviriy san`at ta`limi konsepsiyada o`quv predmeti oldiga qo`yilgan vazifalar ………………………………..……..22
2.2. Umumiy o’rta maktab va kasb-hunar kollejida tasviriy san’at va ta’limning maqsad va vazifalari. ………………………27
2.3. Tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari tadbirlar …...30
XULOSA ………………………………………………………………….35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………….36
KIRISH O’zbek tasviriy san‘atida maishiy janr XX asr 20 yillarini ikkinchi yarmidan boshlab rivojlana boshladi. 1926 yili Toshkentda AXRR (Assotsiatsiya xudojnikov revolyusionnoy Rossii)ni filiali tashkil etildi. Assotsiatsiya janrni rivojlanishida muhim rol o’ynadi. Tashkil etilgan ko’rgazmalardagi ishlar rassomlarda qoniqish hosil qilmadi. Ular hayotda bo’layotgan o’zgarishlar, mehnatkash xalqning tabiatga, erga bo’lgan munosabatini sinchiklab o‗rgandilar. Ko’rgazmalarda O‘.Tansiqboev, A. Toshkentbaev, B. Xamdami, L. Abdullaev, A. Roziqovlar qatnashaboshladilar. Yangi nomlar paydo bo’ldi, rassomlarni asarlarini saviyasi o’sib ijodlari rivojlana bordi. Rassomlarni ko’pfigurali kompozitsiyani tasvir va rang vositalari qiziqtirdi. Shu tariqa 20-30 yillarda O’zbekistonda maishiy janr shakllanib, rivojlandi. Ana shu davrda Samarqandlik rassom L. Bure, o’zining ijodiy va pedagogik faoliyatini boshladi. Uning dastlabki (1928 y) kompozitsiyalari «Tandir quruvchilar», «Buxoroda Nodir Devon-begi havuz suv tashuvchilari» bo’lsa, 1930 yillarda «Maktab qurilishi», «Paxta terimi»dan iborat rasmlar yaratdi. Sxematik chizgi tasvirlarda nuqsonlar mavjud, lekin taxminiy ranglar ifodasi, kartinani hayotiy etib ko’rsatadi. Rassomlarning keksa avlod vakillaridan biri Aleksandr Volkovdir. Dastlabki ijodiy izlanishlari formalizm yo’lidan qutulib, hayotni realistik tasvir uslubiga qaytgan yillari edi. U ko’p asarlarida inson obrazini, yangi hayotni jozibali ranglarda tasvirlaydi. Uning 24-30 yillarda yaratgan «Choyxonada», «Eski shahar choyxonasi», «Anorli choyxona» shular jumlasidandir. Choyxonada choy ichish, bu inson qalbini yumshatib suhbat qurish, hayot muammolari bilan o’rtoqlashishga yaqin muloqotda bo’lish uchun muhim ma‘naviy ehtiyoj makoni. U shuningdek Respublikani yangi qurilish ob‘ektlarida bo’lib, «Qurilishda», «Paxta terimida», 1933-1934 yillarda «Brigada majburiyat qabul qilmoqda». «Hosil» triptix, «Sbor ekskovatora», «Chirchikstroy», «Tashselmash» asarini yaratdi. U o’z asarlarida mehnatkash inson hayoti, mehnatini, Respublikada rivojlanayotgan industriya qudratini aks ettirdi.