4. Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga tayyorlash.
Masalan: Nargizaga onasi 4 ta katakli, 5 ta yo‟lli daftar berdi. Nargizaga onasi nechta daftar berdi?
Bolalarni qo‟shish va ayirish amallarini o‟rganishga tayyorlash maqsadida berilgan ikki to‟plamni birlashtirishga doir va to‟plam qismini ajratishga doir mashqlar bajariladi.

5. Raqamlarni yozishga tayyorlash.


Hoshiyalar, jiyaklar rasmini chizish bilan bog‟liq bo‟lgan mashqlar raqamlarni yozishga tayyorlash imkonini beradi. Bunday mashqlar 1- sinf darsligining dastlabki har qaysi sahifasida berilgan. Bu mashqlarni bajarish bilan o‟quvchilar ruchkani to‟g‟ri tutishni, satrni ko‟rishni, sahifaga yozuvni joylashtirishni o‟rganadilar.
Dasturda 1- sinf uchun matematikada birinchi mavzu birinchi o‟nlik sonlarini nomerlashdan iborat. Bu mavzu ustida ishlashda o‟qituvchining vazifasi bolalarda sanoq malakasini hosil qilish, ularda birinchi o‟nta son haqida tasavvur shakllantirish son bilan, uning nomi raqamlar yordamida bosma va yozma belgilanishi orasida moslik o‟rnatish malakasini tarkib toptirishdan iborat, o‟quvchilarni sonlarning natural qatorining ba‟zi xossalari bilan, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat.
Birinchi o‟nlikning har bir soni bilan tanishishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin?
Birinchi o‟nlikning har bir soni o‟zidan oldingi songa birni qo‟shish bilan va o‟zidan keyingi sondan birni ayirish bilan hosil qilinishi kerak. Bu o‟quvchilarga sonlarning qatordagi ketma-ketligini o‟sib berish tarkibida ham, kamayib berish tarkibida ham o‟zlashtirish imkonini beradi. Birinchi o‟nlik sonlari ikki qo‟shiluvchidan tashkil topish ham, alohida birliklardan tashkil topish ham mumkin.


  1. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi? Bolalar oldin bosma raqamlar bilan tanishadilar, ular predmetlarning tegishli

to‟plamlari yoniga o‟rnatib qo‟yiladi.

3. Berilgan son sonlarning natural qatorida qanday o‟rinni egallaydi?

5


Bunda bolalarga quyidagi savollarga javob topa olishga o‟rgatiladi. Berilgan son sonlar qatorida qaysi sondan keyin uchraydi, qaysi sondan oldin keladi, sonlar qatorida berilgan sonning o‟rni egallaydi.
2.Natural qatorning birinchi sonlari bilan tanishtirishda o‟quvchilar oldin tevrak-otrofdagi narsalar va ularning tasvirlari bilan ish ko‟radilar. (doirachalar, olmalar, mashinalar). Katta sonlar 6, 7, 8, 9, 10 sonlar bilan tanishtirishda predmet ko‟rsatmalilikdan foydalanish o‟rgatiladi yoki sonli zinapoyachadan foydalanish mumkin.
3.Birinchi o‟nlik sonlarini o‟rganishda shu sonlarning tarkiblarini qarashga oid ishlar o‟rgatiladi. Bunda 2–5 sonlariga nisbatan bu sonlarning ikki qo‟shiluvchidan iborat tarkibini eslab qolishga qoid ishlar qilinadi. 6–10 sonlariga nisbatan ishlar esa “10 ichida qo‟shish va ayirish” mavzusini o‟rganishda davom ettiriladi. Sonlar tarkiblarining har xil hollarini ko‟rsatish uchun didaktik materialdan, rasmlardan, har xil jadvallardan, kvadratlardan foydalanish mumkin.
Sonlar tarkibini mustahkamlash va takrorlashda “O‟ylab top!”, “Estofeta”, “Arifmetik labirint” kabi o‟yinlardan foydalaniladi.
Masalan: “O‟ylab top!” o‟yinini o‟tkazishda bolalarga 8 sonini qanday ikki qo‟shiluvchidan hosil qilish mumkinligini topish taklif qilinadi. Eng ko‟p holni topgan o‟quvchi yutib chiqadi. 1–10 sonlari bilan tanishilganidan keyin bolalar 0 raqami bilan tanishadilar. Buni quyidagicha o‟rgatish mumkin. Partaga uchta sanoq cho‟pini qo‟ying. 1 tasini oling. Nechta qoldi? (2). Yana bittasini (doirachani) oling. Nechta qoldi? Yana bittasini olinsa, nechta qoladi? (Bitta ham qolmadi). Oxirgi misolni yozing. 1-1=0 soni chiqadi. 0 soni bitta ham predmet qolmaganini ko‟rsatadi. SHundan keyin 0 soni 1 soni bilan taqqoslanadi va 0<1 ekani o‟rgatiladi. O‟quvchilarga “0 soni sonlar qatorida 1 dan oldinda turishi kerak” degan xulosa chiqarishga o‟rgatadilar. Demak, 10 ichida sonlarni nomerlashni o‟rganish natijasida o‟quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko‟nikmalarni egallab olishlari kerak.


  1. 1–10 sonlari nomlarini va ketma ketligini puxta o‟zlashtirish. Ularni o‟qish va to‟g‟ri yozishga o‟rgatish.




  1. Har qaysi sonning sonlar qatoridagi o‟rnini bilish.




  1. Sonlarni taqqoslashni va “>, <, =” belgilardan foydalanib tegishli yozuvlarni yozish.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin