I.2 Mavzu va variatsialar
Sonata turkumining birinchi qismi sonata allegrosi shakli uch bo’limdan, ya’ni ekspoziciya, rivojlov bo’limi va repriza bo’limlaridan iborat.
Turkumning ikkinchi qismi - Andante. Og’ir, vazmin, lirik, falsafiy xarakterdagi musiqa xarakteri bilan birinchi qism musiqasidan farq qiladi. Bu qism turli shakllarda yozilishi mumkin. O’rta qismi farq qiluvchi uch qismli shakl yoki variatsiyalar shakli ko’proq uchraydi. Ba’zan bu qism sonata shaklida ham yoziladi.
Mavzuning dastlabki bayoni va uning bir nechta o’zgartirilgan takrorlaridan iborat shakl variatsion shakl 8 deyiladi.
Variatsialar miqdori cheklanmagan. Shuning uchun bu shaklning sxemasi quyidagicha:
А + А1 + А2 + А3.........
Variatsion shaklning bir nechta turlari mavjud:
Qat’iy variatsialar
Erkin variatsialar
Qo’shaloq variatsialar
Qat’iy variatsialar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
basso ostinato –o’zgartirilmagan bas
soprano ostinato – o’zgartirilmagan soprano
klassik, ornamental variatsiyalar
Basso ostinato – qat’iy bas – XVII – asrda paydo bo’lib passakal’ya va chakkona deb ataladigan p’esalarda qo’llanilgan. Bu ikkala raqs vazmin suratli uch xissali raqsdir. Bunda bas partiyasi o’zgarmaydi, kuy esa o’zgartirilib takrorolanadi
( Bax. Organ uchun passakal’ya c - моll).
Soprano ostinato variatsiyalari Glinka tomonidan kiritilgan variatsion shaklning yangi turidir. Bunda sopranado kuy o’zgarmaydi, garmonik asosi esa har safar yangilanadi.
( Glinka “Ruslan va Lyudmila” operasidan forscha xor).
Qat’iy variatsiyalar va ularning mavzusi.
Kuy jihatidan olganda variatsiyalarning mavzusi oddiy bo’lib ososnlik bilan tanib olinadi va o’zida tipik tovushlar izchilligini mujassamlashtirgan bo’ladi. Unda kontrastlar ham uncha ko’p emas. Lekin mustaqil ravishda rivojlantirib borish mumkin bo’lgan elementlar uchrab turadi. Mavzu sur’ati bir tomondan mo’tadil bo’lsa ikkinchi tomondan uni yaxshi eslab qolish uchun qulay. Mavzu tuzilishida avvalo uning cho’zimi muhimdir.Bax davridayoq qisqa – йшыйф mavzular bilan bir qatorda oddiy ikki qismli shaklda yozilgan mavzular ham uchray boshladi. Kalassik variatsiyalar mavzusi uchun oddiy ikki qismli reprizali shakl ko’proq xarakterlidir, uch qismli shakl kamdan-kam uchraydi. Chunki har bir variatsiyaning chegarasida mazmunan bir biriga o’xshash bo’lgan qismlar yonma yon bo’lib qoladi:
Mavzu 1 – variatsiya 2 – variatsiya
а в а а в а а в а
Variatsiyalash metodlari
Ornamental variatsiyalash umuman olganda mavzuga г yoki bu darajadagi doimiy yaqinlikni ta’minlaydi.
Variatsiyalash usullari quyidagilardan iborat
1) kuyga figuratsiya jihatidan qayta ishlov beriladi, ohangdor figuratsiyada yordamchi, o’tkinchi bilan ishlov berish katta ahamiyatga ega. Kuyni qayta ishlash vaqtida garmonik figuratsiya biroz kamroq ahamiyatga ega.
Ritmik o’zgarishlar ko’proq harakatning tezlashtirilishi, kuyni figuratsiyalash bilan bevosita bog’liqdir. Ba’zan o’lchov ham o’zgaradi.
2)Umuman olganda garmoniya kamdan kam o’zgaradi va ko’pincha tanib olish uchun eng qulay bo’lgan elementlardan biri hisoblanadi. Kuyda keng figuratsiyalar sodir bo’lganda bu hol ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Odatda umumiy garmonik reja o’zgarmaydi. Jo’r tovushlarini garmonik figuratsiya bilan variatsiyalash juda ko’p tarqalgan. Variatsiyaning butun turkum davomida bir xil tonallik saqlanib qoladi.
Klassiklarga qadar va klassiklarning asrlarida mavzuning shakli odatda butunlay yoki deyarli o’zgartirilmagan xolda beriladi. Bu esa o’z navbatida tez tanib olinadigan shakl bo’lishiga katta yordam beradi.
Klassik kompozitorlar variatsiyalashning yangi – usullarini yaratganlar. Bu usullar quyidagilardan iborat bo’lib, variatsion shaklni takomillashtirish uchun xizmat qiladi:
1) ayrim variatsiyalarga ba’zi bir kontrastlik
kiritiladi
2) variatsiyalar o’z harakteriga ko’ra avvalgilarga nisbatan
ko’proq o’zaro bir biri bilan konrtast xolda keladi
3) sur’atlar kontrasti odatdagi hodisa bo’lib qoladi
4) so’ngi variatsiya o’z harakteriga ko’ra boshqa turkumlarning yakunlovchi qismini biroz eslatadi.(o’zining yangi sur’ati, yangi o’lchovi va harakteri bilan).
Variatsiyalarning joylashish tartibi
Variatsion sikl qismlarining ajratilganligi va ularning yopiqligi shaklning bir – biridan ajratib tashlagan birliklarga maydalanib ketish havfini tug’diradi. Bunday havfni oldini olish birdan bir belgi asosida variatsiyalarga birlashtirish chora-tadbirlarni belgilab qo’yiladi. Ko'pincha qo’shni variatsiyalarni ko’pchiligi bir biriga o’xshash harakterga ega bo’ladi.
Erkin variatsiyalar XXI-asrda kelib chiqgan bo’lib, qat’iy variatsiyaldan farq qiladi. Unda garmonik asosi, tonalligi, tempi,o’lchovi saqlanmay o’zgarib keladi.
Qo’shaloq variatsiyalarda 2 mavzudan i-t bo’lgan variatsiyalar qo’shaloq variatsiyal deyiladi. Ularda dastlab har ikkala mavzu bayon etiladi,keyin esa navbat bilan avvalo 1-siga,keyin 2-siga ishlangan variatsiyal beriladi.
Sxemasi: AB+A1 B1+A2 B2+A3 B3…………………
Dostları ilə paylaş: |