II bob Chet el kompozitorlarining ijodida variatsiyalar II.1 Simfoniyalarda variatsiyalarning qo`llanilishi Gaydnning simfonik ijodi I.Gaydnning klavesin uchun yozgan asarlari uning ulkan ijodiy merosining muhim tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda bu asarlar fortepiano sozida ijro etiladi. Shuning uchun "fortepiano ijodi" degan ibora o’rinlidir. Klavesin uchun kompozitor sonatalar, rondolar, variaciyalar va boshqa turli p’esalar yaratgan.
103 simfoniya musiqasi yorqin, hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan. Simfoniyaning ikkinchi qismi - Andante. Bu qism variaciya shaklida yozilgan. Variaciya shunday shaklki, unda musiqiy tema, mavzu beriladi va u keyin bir necha marta o’zgartirib (variaciyalanib) takrorlanadi.Bu qismda Gaydn ikkita tema yozgan, ular xorvat xalq qo’shiqlaridan olingan. Shuning uchun bu shaklni qo’sh variaciyalar deb ataydilar.
Betxovenning simfonik ijodi Beshinchi simfoniyasi Do minor tonalligida yozilgan beshinchi simfoniya 1808 yilda yozib tugatilgan bo’lib Betxoven simfoniyalari orasida eng mashhuri hisoblanadi. Asosiy g’oyaning aniq va ravshan ko’rsatib berilishi simfoniyaning shuhratiga sabab bo’ldi.
Simfoniya mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: "Zulmatdan - yorug’likka, kurash orqali - g’alabaga". Betxoven bu to’rt qismli asarning ham yaxlitligiga, qisimlarning bir biri bilan uzviy bog’liqligiga erishgan. Insonning yovuz takdir bilan olib borgan kurashi va g’alabasini mahorat bilan tasvirlagan. Simfoniya to’rt tovushdan iborat bo’lgan dahshatli kirish mavzusi bilan boshlanadi. Bu mavzuni kompozitor "Taqdir shunday eshik qoqib keladi", - deb ta’riflagan. Bu mavzu simfoniyaning hamma qismlarini bog’lab turuvchi vositadir.
Ikkinchi qism musiqasi xarakteri bilan birinchi qismdan farq qiladi. Jangovar chaqiriqlarning eshitilib turishi yangi kurashlarga tayerlanayotgan inson obrazini tasvirlaydi. Ikkinchi qism musiqasi variaciyalar shaklida yozilgan.