Vokal-xor ijrochiligi madaniyatini shakllantirish texnologiyasi
Reja: 1. Qo`shiq kuylashga doir qoidalar
2. Bolalar ovozi
3. Mashqlarning maqsad va vazifalari. Vokal mashqlarining
diapozoni.
4. Ovoz kuchi va uning yetilishi
1. Qo`shiq kuylashga doir qoidalar
Qo`shiq kuylashdan oldin o`quvchilar unga tayyor bo`lishlari, ma`lum holatni egallashlari zarur. O`rindan turib kuylaganda gavda va boshi to`g`ri, erkin tutish, oyoqlarni yerga bir hil kuch bilan bosish, ko`krak qafasini salgina ko`tarish va oldinga chiqarish, kaftlarni to`g`ri tutish va ular sezilarsiz orqaga tortilgan bo`lishi, qollar pastga tushirilgan bo`lishi kerak.
Ma`lumki kishi nafas organlari orqali nafas oladi, ovoz apparati yordamida ovoz chiqaradi. Artikulyatsiya apparati orqali gapiradi va kuylaydi. Demak, vocal ijrochiligining asosini nafas tashkil qiladi.shuniing uchun to`g`ri nafas olish- vocal texnikasining eng muhim elementlaridan hisoblanadi. U ovoz shakllanishi jarayonida poydevor vazifasini o`taydi. Ashulachilik nafasi oddiy nafas olishdan farq qiladi. Kuylaganda nafas tez olinib sekin chiqariladi. Nafas og`iz va burundan bir vaqtda olinadi va nafasni dirijorning qo`l ishorasi bilan olib bir tekis shoshmasdan chiqarishni ham o`rganish kerak. Nafas asarning tempiga, jumlalarning katta – kichikligiga qarab bir maromda tez , yengil , tekis , chuqur olinadi.
Nafas olish tugagach qo`shiqni ijro etishga o`tiladi. Nafas olish qo`shiq aytishga tayyorgarlik rolini o`ynaydi, nafas chiqarish esa qo`shiq aytishni boshlash vaqtiga to`g`ri keladi. Qo`shiq aytganda haddan tashqari ko`p nafas olish mumkin emas. Bu ovozni zo`riqishi , shovqinli bo`lishiga olib keladi. Bundan tashqari ortiqcha olingan havo ovoz pardalarini siqishi natijasida ovozda detonatsiya, yani tovushning pasayichi paydo bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |