Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi kursi Reja


Mashqlarning maqsad va vazifalari. Vokal mashqlarining



Yüklə 47,74 Kb.
səhifə14/15
tarix31.12.2021
ölçüsü47,74 Kb.
#113103
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-mavzu

3. Mashqlarning maqsad va vazifalari. Vokal mashqlarining

diapozoni.

O‘quvchilarni kuylashga o‘rgatish vocal mashqlaridan boshlanadi. Vokal mashqlari ovozni rivojlantirish va yumshatishga , tovush hosil qilish va kuyni aniq ravshan ifodalashda to`g`ri yo`nalishni tanlash , ortiqcha zo`riqishlardan ozod bo`lishga hamda kuylashda zarur bo`ladigan shunga o`xshagan boshqa malakalarni egallashga yordam beradi.

O`quvchilarning dastlabki bosqichida oktava oralig`idagi markaziy ishchi diapozonda (o`quvchi osonlik bilan kuylaydigan va unga odatiy bo`lib qolgan tovushlar) qisqa va soda mashqlarni kuylash va har bir darsda ularni murakkablashtirib boorish maqsadga muvofiqdir. Ovoz diapozonini kengaytirish uzoq davom etadigan jarayon bo`lib bu ishda shoshma shosharlikka yo`l qo`yish yaramaydi. Doimo ovoz diapozonidagi yaxshi jaranglaydigan tovushlardan kelib chiqish zarur. Qo`shiqchi uchun eng asosiysi - ovoz diapozonining o`rtasi yoki markazidir. Chunki diapozonning bu qismi eng ishchan qism hisoblanadi. Ta`limning dastlabki bosqichida diapozonning markaziy tovushlarini shakllantirish lozim . Muddatdan oldin yuqori va past notalarni egallashga harakat qilmagan ma’qul. Ularni yaxshi jaranglaydigan o‘rta tovushlar asosida shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Yuqori registr tovushlari bilan ham kamroq shug`ullanish kerak. Eng chekka yuqori notalarni bir dars davomida ikki martadan ko‘p olmaslik zarur. Yuqori notalar bilan ko`p shug`ullanish va ularni kuch bilan olish albatta past notalarni bo`g`iq eshitilishiga olib keladi. Barcha ishlarni o‘quvchi ovozi chegaralarida bajarish uning tabiiy jaranglashini buzmasdan olib borish kerak.

Artikulyatsiya(lot. Artikulore – qismlarga bo`lib gapirish) Nutqning ma’lum tovushlarini talaffuz qilish uchun zarur b`lgan nytq organlari (lablar, til yumshoq tanglay, ovoz bog`lamlari)ning ishidir. Mashqlarni kuylashda turlicha unli tovushlardan, bo`g’inlardan hamda nota nomlaridan foydalaniladi. Har bir o`quvchi uchun tovush tiniq va sifatli jaranglaydigan, og`iz esa erkin va chiroyli ochiladigan unli tovushlar yoki bo`g`inlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. (A,E,O`). Ta`limning birinchi va ikkinchi yillarida mashqlarni notalarning nomi bilan kuylash (solfedjiolash)dan ko`proq foydalanish lozim. Agar ovoz hira , chuqur, bo’g’iq va jarangsiz bo`lsa a va I kabi yorqin unli tovushlar, juda yorqin , ochiq va sayoz tovushlarda o yoki I kabi tovushlar qo`llaniladi. Ko`pchilik o`qituvchilar - tovushni bosh rezanatorida sezishga yordam beradi deb hisoblab kuylashni og’izni yumgan holda kuylanadigan tayyorlov mashqlari bilan boshlaydilar. Bunda burun etlarining dirrillashlarini sezish zarur. Og’izni yumib kuylash – lablarni bekilgan holatida, jag’ni bir muncha pastga tushirib amalga oshiriladi. Bunday kuylash usuli ovoz diapozonining o`rta qismida bajariladi.




Yüklə 47,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin