Mustaqil ishi mavzu: prezident sh. M. Mirziyoyevning o’qituvchilar va ularning vazifalari haqida 2022-yil режа



Yüklə 79,38 Kb.
səhifə1/6
tarix29.10.2022
ölçüsü79,38 Kb.
#118770
  1   2   3   4   5   6
Н. АЧИЛОВА МУСТАКИЛ ИШ


AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI BO‘LIM PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
3“G”-KURS TALABASI
ACHILOVA NIGORA ABDILLAYEVNANINIG PEDAGOGIK MAHORAT FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: PREZIDENT SH.M.MIRZIYOYEVNING O’QITUVCHILAR VA ULARNING VAZIFALARI HAQIDA

2022-YIL



Режа.
1. Кириш
2. ASOSIY QISIM
А) Bayram tabrigi
Б) O’tmishga nazar
В) O’qituvchilarga quyiladigan vazifalar
3. Xulosa





KIRISH
Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo'lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e'tirof etamiz. Shu bois, mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz, butun xalqimiz nomidan sizlarga yuksak hurmat-ehtiromimiz, ezgu tilaklarimizni bildirib, chin dildan ta'zim qilamiz. Ulug' shoirimiz mavlono Furqat ilm-ma'rifatni ko'ngillarning sururi, ko'rar ko'zlarning nuri, deb ta'riflaganini hammamiz yaxshi bilamiz. Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi.
Men bugun bildiradigan fikrlarni, avvalo, hurmatli muallim va o'qituvchilarga, qadrli tarbiyachilarga, barcha jonkuyar ziyolilarimizga yo'llangan murojaat sifatida qabul qilishingizni istardim.


Bayram tabrigi
Bugun siz, azizlar bilan 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami arafasida uchrashib turganimdan baxtiyorman.
Fursatdan foydalanib, sizlarni, joylardagi studiyalarda o'tirgan fidoyi ustozlarimizni, “oynai jahon” orqali bugungi tantanali marosimni ko'rib turgan barcha yurtdoshlarimni ushbu qutlug' ayyom bilan samimiy muborakbod etaman.
Xabaringiz bor, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so'zlagan nutqimda men boshqa ko'pgina muhim masalalar qatorida Yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro konvensiyani qabul qilishga oid O'zbekiston tashabbusiga yana bir bor jahon hamjamiyatining e'tiborini qaratdim.Yoshlar huquqi deganda, biz, birinchi navbatda, ularning tinch va sog'lom yashash hamda ta'lim olishga bo'lgan to'laqonli huquqini tushunamiz. Shu bois, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo'lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta'lim olishini ta'minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi. Butun dunyo davlatlari qatori O'zbekiston ham koronavirus pandemiyasini boshidan kechirayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimiz ta'lim tizimi ham jiddiy sinovga duch keldi. Bugungi qiyin sharoitga qaramasdan, davlatimiz tomonidan o'z vaqtida ko'rilgan chora-tadbirlar va sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan bu boradagi ishlarimiz izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, qisqa muddat ichida yurtimizda “onlayn maktab” loyihasi va masofaviy ta'lim joriy etildi. Yaqinda respublikamizning aksariyat maktablarida, karantin qoidalariga amal qilgan holda, yangi o'quv yili boshlandi. Ezgu an'anamizga muvofiq, qariyb 650 ming nafar 1-sinf o'quvchisiga Prezident sovg'alari sifatida 72 milliard so'mlik o'quv qurollari topshirildi. Shuningdek, moddiy yordam va ko'makka muhtoj, boquvchisini yo'qotgan oilalarning farzandlari va nogironligi bo'lgan bolalarga qishki kiyim-bosh to'plamlari, maktab formasi va o'quv qurollaridan iborat 426 milliard so'mlik moddiy ko'mak berilgani ham ana shunday ezgu ishlarimiz qatoriga kiradi.
Ayni vaqtda, bugungi vaziyatdan kelib chiqqan holda, o'quvchi va pedagoglarning salomatligini asrash masalasi barchamizning alohida e'tiborimiz markazida turibdi. Shu maqsadda maktablarni zarur tibbiy va antiseptik vositalar bilan ta'minlash uchun Inqirozga qarshi kurash jamg'armasidan 17 milliard so'm mablag' ajratildi.

Xabaringiz bor, bu yil 1,5 millionga yaqin yoshlarimiz oliy o'quv yurtlariga kirish uchun hujjat topshirdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 40 foizga ko'p demakdir. Biz mana shunday og'ir vaziyatda test sinovlarini ochiq stadionlarda, epidemiologik xavfsizlik talablariga qat'iy amal qilgan holda, muvaffaqiyatli o'tkazishga erishdik.


Buyuk davlat arbobi Indira Gandining “Bitta qiz bolani o'qitsangiz, butun oilani o'qitgan bo'lasiz”, degan so'zlarida katta hayotiy haqiqat borligini albatta hammamiz yaxshi tushunamiz. Shuning uchun joriy yilda qishloq joylarda yashayotgan, kam ta'minlangan oilalarga mansub qizlarimiz oliy o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limida davlat granti asosida o'qishlari uchun 940 ta o'rin ajratdik. O'ylaymanki, qizlarimiz uchun yaratilgan bunday qo'shimcha imkoniyat yana yuzlab oilalarga bilim va ma'rifat nurini olib kiradi. Bu, o'z navbatida, yosh qizlarimizning kelajakda jamiyat uchun munosib kasb egalari bo'lib kamol topishiga puxta zamin yaratadi. Biz bu boradagi ishlarimiz ko'lamini bundan keyin ham yanada ko'paytirib boramiz.

Yüklə 79,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin