Mustaqil ishi Urganch-2022 Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari. Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə1/2
tarix07.12.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#120600
  1   2
Mustaqil ishi Urganch-2022 Mavzu Xalqaro baholash dasturlari. R




Urganch Davlat Universiteti
Pedagogika fakulteti


Boshlanģich ta'lim sirtqi bo’lim II-bosqich 206 – guruh talabasi
Sultonova Salimaning


Umumiy pedagogika fanidan yozgan

Mustaqil ishi


Urganch-2022
Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari.
Reja:


1. Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?


2. Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?


3. Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?


4. PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur


“Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi.Chunki bu shu sarmoya jamiyatga 15-17 barabor miqdorda foyda keltiradi . Bizda esa bu ko’rsatgich 4 barobarni tashkil etadi . Inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun esa barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart” Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi prezidenti.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida» gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorida eng ustuvor vazifa qilib quyidagilar olindi:
- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'qish;
- PISA, PIRLS, baholash dasturi yo'nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish. O’zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar, ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g’risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishi ta’lim tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida 2030-yilga borib PISA oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish boʻyicha vazifalar belgilangan.
PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Stesting” loyihasi doirasida 100 dan ortiq trenajyor video yaratildi va “Stesting” platformasi ishga tushirildi.
Bu platforma oʻquvchilarning xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va video mahsulotlarni oʻz ichiga olgan. Unga 1500 tadan ortiq test joylashtirilgan.
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, testlarni yechish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan mazkur elektron platforma sentyabr-oktyabr oylarida muayyan maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkazildi. Eng muhim jihatlardan biri ushbu platformadan foydalanish mutlaqo bepul. Bugunga qadar ushbu platformada 2,6 milliondan ortiq oʻquvchi roʻyxatdan oʻtgan va ularning diagnostik baholash natijalari tahlil qilingan.
Konferensiyada erishilgan dastlabki natijalar toʻgʻrisida xalqaro tashkilotlar, hukumat vakillariga maʼlum qilinib, hamkorlikdagi faoliyatni samarali tashkil etish boʻyicha fikr almashilmoqda.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin