ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI AGRO BIZNES VA RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI 2-73-GURUH SUG’URTA ISHI TALABASI SHODMONOV ABDUVALINING PUL VA BANKLAR FANIDAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Tijorat banklar tomonidan qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarni kreditlashning o’ziga xos xususiyatlari
REJA:
1. Qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlashning tartibi va o‘ziga xos jihatlari
3. Qishloq xo’jaligini kreditlashni rivojlantirish yo’llari.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi korxonalarini kreditlash bosqichlariga to`xtaladigan bo`lsak bu bosqich 4 –bosqichni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlar o`z ichiga: birinchi davr 1991 – 2001 yillarni o`z ichiga oladi, ikkinchi davr 2002-2003yillarni, uchinchi davr 2004 yildan 2006 yilgacha bo`lgan davrni va to`rtinchi davr esa 2007 yildan to hozirgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarini banklar tomonidan kreditlash hajmini oshirish maqsadida tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Buning uchun qishloq xo'jaligini kreditlash bilan shug`ullanayotgan tijorat banklarining muddatli va jamg`arma depozitlarini majburiy zaxira ajratmasidan ozod qilish yoki ularga nisbatan imtiyozli zaxira stavkalarini joriy qilish lozim. Yana bir muammo shundaki, jaxon bozorini o'zlashtirish ko'p jihatdan qishloq xo'jaligi mahsulotining ko'rinishi bilan bog`liq. Bunda mahsulotlarni navlarga ajratish, o'rash, qadoqlash va uning ayniqsa tez buziladigan turlarini iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berilishi ko'zda tutiladi. Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlashga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, qo'shma korxonalar tashkil etish, ular orqali jaxon bozoriga chiqish zarur
Mamlakatimizda amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tijoratbanklari orqali fermer va dehqon xo'jaliklarini kreditlash quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda:
- fermer xo'jaliklarida davlat ehtiyojlari bo'yicha yetishtirilayotgan qishloqxo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kreditlash;
- fermer va dehqon xo'jaliklari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishga kreditlar ajratish.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy tayanchi bo`lgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan bir qishloq xo`jaligi hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiy ko`rsatkichlarining o`sib borishida “Agrobank” aksionerlik tijorat bankining o‟rni sezilarli darajada yuqori hisoblanadi. Endi quyida qishloq xo`jaligi subyektlarini kreditlash masalasi bilan qishloq xo`jaligida faoliyat ko`rsatayotgan subyektlarning bosh hamkori ATB “Agrobank” faoliyatini ko`rib chiqamiz. 50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, ushbu tijorat bankining aktivlari va kreditlari yildan-yilga ortib bormoqda.
ATB “Agrobank”ning yillar kesimida qishloq xo’jaligi korxonalariga ajratgan kreditlar soni
Agarda qishloq xo`jaligi korxonasi kredit muddati tugagandan so`ng kreditni qaytara olmasa, bank uchun bu kredit muammoli aktivga aylanadi. Buning uchun tijorat banklari o’sha muammoli kreditni oldini olish uchun doimiy ravishda monitoring qilib turishi kerak. Monitoring jarayoni qanchalik aniq va to’liq ravishda amalga oshirilsa, tijorat banklarining kreditlari qaytishi jarayoni shunchalik darajada yaxshilanadi

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak qishloq xo`jaligini moliyaviy barqarorlashtirishda banklarning o`rni yuqoridir. Qishloq xo`jaligini kreditlashni isloh qilishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o`rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlash, shu bilan birga xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib boorish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi