Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə10/26
tarix08.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128858
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Mutaxasislikka kirish moduli bo‘yicha o‘quv– uslubiy majmua internet

Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliytajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etishyo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga,mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishgaxizmat qiladi.

«FSMU» metodi


Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

  • qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;

  • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:



  • ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.

FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
Namuna.
Fikr: “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” dasturi”.
Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqalitahlil qiling.
BAHS-MUNOZARA” METODI - biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodi sanaladi.
Ushbu metod har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda qo‘llaniladi. Ta’lim beruvchi “Bahs-munozara”ni boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki o‘zi olib borishi mumkin. Bunda “Bahs-munozara”ni erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish talab qilinadi. Ushbu metod qo‘llanilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolar darhol bartaraf etilishi lozim.
“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  • barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

  • “o‘ng qo‘l” qoidasiga (qo‘lini ko‘tarib, ruxsat olgandan so‘ng so‘zlash) rioya qilish;

  • fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;

  • bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;

  • bir-birlariga o‘zaro hurmat.

Quyida “Bahs-munozara” metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan. Bahs-munozara” metodining tuzilmasi.

“Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:


1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.
3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi uchun ta’lim oluvchilardan birini kotib sifatida tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.

VEN” diagrammasi metodi



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin