Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə3/4
tarix09.12.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#138723
1   2   3   4
Suvonov Elyobek Malumotlar tuzilmasi

2.Ma’lumotlarni qidirish
Kompyuterda ma'lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo'yicha massiv ma'lumotlari ichidan mazkur argumentga mos ma'lumotlarni topish yoki bunday ma'lumot yo'qligini aniqlashdan iborat.
Ta'rif: Agar kalitlar malumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya'ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Ma’lumotlarni qidirish algoritmlari bu – to’plam ma’lumotlar orasidan ma’lum bir kalit so’zga mos keluvchi elementlarni qidirshga aytiladi. Hozirgi davrda qidiruv algoritmlarisiz ishaydigan IT tizimlar deyarli mavjud emas.
Ma’lumotlarni qidirish algoritimlari odatda ikki toifaga bo’linadi bular quyidagilar:
Tarkibiy qidiruv: Bunda ro'yxat yoki qator ketma-ket o'tkaziladi va har bir element tekshiriladi. Masalan, Chiziqli qidiruv. Intervalli qidirish: Ushbu algoritmlar maxsus ajratilgan ma'lumotlar tuzilmalarida qidirish uchun mo'ljallangan. Ushbu turdagi qidiruv algoritmlari Linear Search-ga qaraganda ancha samaralidir, chunki ular qayta-qayta qidiruv tuzilmasi markaziga yo’naladi va qidiruv maydonini ikkiga bo’ladi. Masalan, Binar qidiruv.
CHIZIQL QIDIRUV;Chiziqli qidiruv tarkibiy qidiruvga misol bo'ladi. Aytaylik bizga massiv berilgan: A={1,2,3,4,5,6,7,8,9,10} Bizga ushbu massivda biron bir element bor yoki yo'qligini tekshira oladigan algoritm tuzish sharti qo'yilgan.Ushbu masalani yechishda eng birinchi hayolga keladigan usul - bu massivni ketma-ket har bir elementini solishtirib chiqish va bu usul: Chiziqli qidiruv - Linear Search deb ataladi. Algoritm g'oyasi: Ma'lumotlar butun jadval bo'yicha operativ xotirada kichik adresdan boshlab, to katta adressgacha ketma-ket qarab chiqiladi.

BINAR QIDIRUV; Binar qidiruvning asosiy g'oyalaridan biri ketma-ket ikkiga bo'lishga asoslanadi, ya'ni berilgan x ni massivning o'rtadagi elementi bilan solishtiradi, agar katta bo'lsa oxiri va o'rtasi orasidagi massivni oladi, agar kichkina bo'lsa boshi va o'rtasi orasidagi massivni oladi, va har safar shu jarayon takrorlanib boradi toki x element solishtirilayotgan massivning elementga teng bo'lgunicha yoki massivning elementlari qolmaguncha.


Binar qidirish — (eng: Binary search — ikkilik qidirish)- saralangan elementlar roʻyxatidan elementni topish uchun samarali algoritm. Ikkilik qidirish algoritmi ishlash gʻoyasiga koʻra „boʻlib tashla va hukmronlik qil“ paradigmasi asosida ishlaydi. Ikkilik qidiruvdan foydalanishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu massivdagi elementni topishdir. Misol uchun, Tycho-2 yulduzlar katalogida bizning galaktikamizdagi eng yorqin 2 539 913 ta yulduz haqida maʼlumot mavjud. Aytaylik, siz yulduz nomidan kelib chiqib, katalogdan maʼlum bir yulduzni qidirmoqchisiz. Agar dastur yulduzlar katalogidagi har bir yulduzni birinchisidan boshlab, chiziqli qidiruv algoritmida tekshirgan boʻlsa, eng yomon holatda kompyuter siz izlayotgan yulduzni topish uchun barcha 2 539 913 ta yulduzni tekshirishi kerak boʻlishi mumkin. Agar katalog yulduz nomlari boʻyicha alifbo tartibida tartiblangan boʻlsa, ikkilik qidiruv, hatto eng yomon holatda ham 22 dan ortiq yulduzni tekshirishi shart emas edi.

Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin