Maydon – bu ob’ektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha bo’lib, sonli yoki son bo’lmagan qiymatlarni o’zlashtirishi mumkin.
Yozuv – bu bironta ob’ektga tegishli turli toifadagi maydonlar to’plamidir.
Fayl- bu bir-biriga bog’liq bo’lgan yozuvlar to’plamidir. Masalan, barcha talabalar xaqidagi yozuvlarni o’z ichiga olishi mumkin,
Kalit – bu yozuvdagi maydon bo’lib, aynan shu yozuvni boshqa yozuvlardan ajratib turishga xizmat qiladi, uning qiymati boshqa yozuvlarda takrorlanmas hisoblanadi. Ba’zida bittadan ko’p maydonlar qiymatlari elementlararo betakror bo’lishi mumkin va bunga karrali kalit deyiladi. Ko’pincha asosiy kalit xisoblanadigan bitta maydon ma’lumoti ishlatiladi va u boshlang’ich kalitdeyiladi, qolganlari esa alternativ kalit deyiladi.
1. Chiziqli va binar qidiruv usullarining farqlari Funksiyaga berilayotgan massiv Binar qidiruv uchun albatta o'sish tartibida bo'lishi talab qilinadi, chiziqli qidiruv uchun esa berilayotgan massiv qay tartibda bo'lishini ahamiyati yo'q. Chiziqli qidiruvda elementlarni bittalab har birini tekshiriladi, binarda esa algoritmidan kelib chiqib chiziqliga nisbatan ancha kam solishtirish amali bajariladi. Chiziqli qidiruvning ishlash vaqti ko'pi bilan O(n) va binar qidiruvniki ko'pi bilan O(log n).
Elementni qidirishda solishtirish jarayoni ham ikki xil bo’ladi. Chiziqli qidirish algoritmi faqat tenglikka asoslanadi. Ikkilik qidirish esa tenglik, katta yoki kichiklikka qarab, o’z ishini davom ettiradi.
Elementni qidirishda solishtirish jarayoni ham ikki xil bo’ladi. Chiziqli qidirish algoritmi faqat tenglikka asoslanadi. Ikkilik qidirish esa tenglik, katta yoki kichiklikka qarab, o’z ishini davom ettiradi.
Chiziqili qidirish algoritmi elementni array boshidan tartib bilan qidiradi. Ikkilik qidirish algoritmida esa bu jarayon array o’rtasidan boshlanib turlicha davom etishi mumkin.
Dasturlashda bu jarayon tasodifiy elementga murojaat (random access) deb ataladi.