7-§.Bo‘lishsizlik olmoshi. Bo‘lishsizlik olmoshlari narsa yoki belgiga nisbatan inkor ma’nosini bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi bo‘lishsiz shaklda kelib, inkor mazmunli gap hisoblanadi. Bo‘lishsizlik olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki turli do’ladi: a) tub shaklidagi bo‘lishsizlik olmoshi; b) qo‘shma so‘z shaklidagi bo‘lishsizlik olmoshi.
Tub so‘z shaklida qo‘llanadigan bo‘lishsizlik olmoshiga hech so‘zi kiradi. Hech olmoshi yakka holda qo‘llanganda ko‘pincha fe’llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi va ish-harakatning, batamom inkorini bildiradi: Onasi juda xursand bo‘lsa ham, hech uxlay olmaydi.(As. M.)
Qo‘shma so‘z shaklidagi bo‘lishsizlik olmoshlari esa hech so‘ziga kim, nima, qachon kabi so‘roq olmoshlari yoki bir, narsa so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va quyidagi ma’nolarga ega bo’ladi: 1) hech kim, hech nima, hech narsa, hech kimsa olmoshlari shaxs va narsaga nisbatan inkorni ifodalaydi va egalik, kelishik qo‘shimchalarini olib, gapda otlar kabi vazifa bajarib keladi: Uyda hech kimsa ko‘rinmas edi. 2) hech qaysi, hech qanday, hech bir olmoshlari narsaning belgisiga nisbatan inkor ifodalaydi: Hech qaysi ish o‘z vaqtida bajarilgan ishdan barakali bo‘lmaydi. Bu olmoshlar otlashib qo‘lla-nishi ham mumkin: Bularning hech qaysisi hozirgi sharoitni tushun-maydi. 3) hech qachon, hech vaqt, hech qayer olmoshi payt va o‘ringa nisbatan inkor ma’nosini bildiradi va gapda ravish xarakteri-da qo‘llanadi: Qalandarov hech qachon bunaqa mehmonni kutgan emas edi. (A.Q.)
Bulardan tashqari, bir narsa (bir nima) so‘zi ham gaplarnig kesimi bo‘lishsizlikni ifodalaganda, inkor olmoshi vazifasini bajaradi: Turg‘unoy to Maston olib bermaguncha qo‘l uzatib bir narsa olmas edi. (A.Q)
Dostları ilə paylaş: |