N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə185/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250
7-§. Gumon olmoshlari. Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildiradi. Bu olmoshlar asosan ot va sifat o‘rnida qo‘llanadi va quyidagicha hosil bo‘ladi:

1.Alla- elementi ba’zi so‘roq olmoshlari bilan birga gumon olmoshlarini shakllantiradi: a) allanima, allakim olmoshlari ko‘pincha ot o‘rnida ishlatilib, turli kelishik affikslari, egalik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi: Bobom goho behushday allanima-larni shivirlab qo‘yadi.(O) b) allaqanday, allaqancha (allaqanaqa, allaqaysi) olmoshlari narsaning sifatiy va miqdoriy belgisi haqidagi noaniqlikni ko‘rsatadi: Shunday kunlarga allqanday mo‘’jiza kuchi bilan darrov yetisha qolishni o‘ylardim. (S.Ahm.) Tog‘ yo‘li-dan allaqancha yurgandan so‘ng qishloqga yetdik. d) allaqayer, allanechuk, allaqachon, allavaqt, allamahal olmoshlari o‘rin, sabab va paytgaga nisbatan noaniqlikni anglatadi: O‘zi uncha chiroyli bo‘lmasa ham, allaqayeri odamga juda yoqardi. (S. Ahm.) Ayvonda xira osma chiroq, allanechuk kir yog‘du to‘kib turibdi.(A.Q.)

2. -dir yordamchisini so‘roq olmoshlariga qo‘shish orqali ham gumon olmoshlari hosil qilinadi. Bunda noaniqlik qo‘shimcha-si -dir ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shilib keladi: a) kim, nima olmoshlariga qo‘shilib, noaniq shaxs yoki narsani ko‘rsatadi: Shu payt kimningdir dodlagan tovushi eshitildi; b) qanday so‘ziga qo‘shilib, noaniq belgini ifodalaydi. Ko‘pincha bu xildagi gumon olmoshi belgini ifodalovchi so‘zlar oldida keladi: Ko‘chamizda qanday-dir notanish ovozlar eshitildi; d) qayer, qayoq so‘zlariga qo‘shilib, o‘ringa nisbatan noaniqlikni ko‘rsatadi. Bunda o‘rin-payt, jo‘nalish, chiqish kelishiklari affiksining birini albatta qabul qiladi:.U qo‘li bilan qayoqnidir ko‘rsatdi. d) qachon, nega so‘zi –dir yordamchisini olib, payt va sababga nisbatan noaniqlikni bildiradi: Shiypon qachondir bir bo‘yalgan ekan. (A. Q.) Ba’zan qachon so‘zi va -dir yordamchisi orasida -lar affiksi ishlatilib, uzoq vaqt ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir yaxshi kun kelishiga ishonar edim. (S. Ahm.)

3. Gumon olmoshi ba’zi so‘roq olmoshlariga ham yuklamasi yoki uchun ko‘makchisining qo‘shilishidan hosil qilinadi. Bu yordamchi so‘z ham so‘z o‘zgartuvchi affikslar yoki kumakchilardan keyin qo‘shilib keladi: Sizni kecha kim uchun ham eslayotgan edi-ya.

4. Gumon olmoshlarini hosil qilishda ba’zan bir so‘zi ishtirok etishi mumkin. Bu so‘z nima so‘roq olmoshi bilan birga kelib, noaniq narsani ko‘rsatadi: Ko‘zimga bir narsa ko‘rindi//ko‘zimga allanim ko‘rindi.

5.Birov so‘zi -ov affiksini bir soniga qo‘shilishidan hosil qilingan son turkumiga xos so‘z hisoblansa ham, deyarli hamma vaqt noaniq shaxs-ni bildiradi. Shuning uchun bu so‘z gumon olmoshi sifatida ham qo‘llanadi. Birov so‘zi ko‘pincha «begona», «boshqa», «notanish», «kimdir» degan ma’noni ifodalaydi: Birov eshikni taqqillatdi //kimdir eshikni taqillatdi.

6. Ko‘plik affiksini olgan ba’zi sifati gumon olmoshi vazifasida kela oladi va asosan noaniq belgiga ishora qiladi: ba’zi odamlar, ba’zi o‘quvchilar kabi. Bu so‘z –lar affiksini olish bilan otlashib, noaniq shaxs ma’nosini ifodalaydi: Ba’zilar raisning ko‘nishiga shubha bilan qarar edilar.(A.Q.) O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini olib, noaniq payt ma’­nosini bildiradi: Ba’zida u shoshib qolardi.

7.Falon so‘zi ham shaxs yoki belgi haqidagi noaniq tasavvurni ifodalaydi. Bu so‘z ot oldida kelib, belgi ma’­nosini:Men falon joyda yashayman; -chi affiksini olib, shaxs ma’nosini: Falonchini uchratdim.

Gumon olmoshini hosil qiluvchi vositalar aralash holda ham ishlatiladi: alla+nima+lar+dan+dir, alla+qanday+dir.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin