Zamahshariy hijriy 467, melodiy 1045 yilning 19 martida Xorazmning Zamahshar qishlog‘ida tavallud topgan. Abulqosim Mah-mud Zamahshariy taxallusi bilan arab tilida tilshunoslik, adabiyot-shunoslik, geografiya, hadis va diniy huquq kabi fanlarga doir ellikdan ortiq asar yaratib qoldirgan. Ayniqsa, uning «Al- mufassal fi sa’at il-i’rob», «Fleksiya san’ati haqida mufassal kitob» ma’nosini bildirib, bu asar (1121 yil Makka shahrida yozilgan) arab tilining grammatikasini o‘rganishda muhim qo‘llanma sifatida sharq va g‘arbda mashhur bo‘l-gan. Zamahshariyning xorazmshoh Alouddavla Abdulmuzaffar Otsiz sharafiga bag‘ishlab 1137 yilda yozilgan «Muqaddimat-ul adab» (Adabiyotga kirish) asari, garchi adabiyotshunoslikka doir bo‘lsa ham, tilshunoslikning morfologiya, leksikologiya va leksikografiya sohalariga daxldor qimmatli amaliy va nazariy mulohazalar mavjud. Zotan, besh qismdan tashkil topgan bu asarda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, otlarning turlanishi, fe’llarning tuslanishi kabi masalalar xususida bahs yuritilgani holda, o‘sha davr arab tilining iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralari ham o‘z aksini topadi. Bu so‘zlaning ma’nolari va etimologiya-si yetarli darajada keng sharhlanadi. «Muqaddimat-ul adab» fors, chig‘atoy(eski o‘zbek), mo‘g‘ul va turk tillariga tarjima qilingan bo‘lib, manbalarda qayd etilishicha, uning chig‘atoy tiliga tarjimasi Zamah-shariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan. Zamahshariyning bilim-don, zukko allomaligi unga hayotligidayoq butun musulmon Sharqida katta shuhrat keltirgan. Shu bois alloma chuqur hurmat bilan «Arablar va g‘ayri arablarning ustozi», «Xorazm faxri» kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan.
Alisher Navoiyning «Muhokamatul lug‘atayn» asari 1499 yilda yaratilgan bo‘lib, bu asar eski o‘zbek tilini qarindosh bo‘lmagan til – fors-tojik tili bilan chog‘ishtirib o‘rganishga doir dastlabki leksikografik tadqiqotlardan biri ekanligi bilan qimmatlidir. Adabiyot osmonida Navoiydek yorug‘ yulduz paydo bo‘lgach, uning asarlari asosida ham ko‘plab lug‘atlar yaratila boshlandi. Jumladan, «Badoi al-lug‘at», «Sangloh», «Abushqa» kabi o‘nlab lug‘atlarning yaratilishi shular jumlasidandir.
O‘zbek tilshunosligining zamonaviy bosqichida esa G‘.Abdurahmo-nov, Z.Ma’rufov, O.Usmonov, Sh.Shukurov, A.Hojiyev, R.Qo‘ng‘urov, Sh.Shoabdurahmonov, S. Mutallibov, Sh.Rahmatullayev, V.Rahmonov, A.Madaliyev, N.Mamatov, S.Ibrohimov kabi olimlar lug‘atshunoslik-ning rivojishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |