119
ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy
shakl va uslublarini joriy etish”
99
muhim ekanligiga e’tibor qaratilgan.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning muayyan kasb yoki hunar
yo‘nalishida kasbiy faoliyatni
tashkil qilish layoqati, qobiliyatiga egaliklarini
tashxislash masalasini yoritishdan avval “kasb”, “hunar”, “ixtisos”, “ixtisoslik”,
“faoliyat, “kasbiy faoliyat”, kasbiy layoqat (qobiliyat”)
kabi tayanch
tushunchalarning mazmunidan xabardor bo‘lish maqsadga muvofiq.
Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra
“kasb” tushunchasi lotin tilidan tarjima qilinganda,
“rasmiy mashg‘ulot”, “mutaxassislik” ma’nosini anglatadi.
Kasb – 1) maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir
sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy
bilimlar, amaliy ko‘nikma, malakalar majmuasini egallagan, jismoniy,
aqliy qobiliyat va yuridik huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati
(mashg‘uloti)ning turi
100
; 2) muayyan shaxsiy sifatlarga tayanilgan
holda tashkil etiluvchi mehnat faoliyati, mashg‘ulotning ko‘rinishidir
101
.
Hunar – 1) muayyan ko‘nikma, mahorat talab qilinadigan, tirikchilikning
asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot, kasb
102
; 2) asosan qo‘l
kuchi bilan harakatlantiriladigan ish qurollari yordamida, ya’ni, qo‘l
mehnatiga asoslanib mahsulotlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyat.
Mutaxassislik
–
biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun
maxsus tayyorgarlik va tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma
va malakalar majmuasi
103
.
Dostları ilə paylaş: