2. Bashoratlash funksiyasi tashxislanayotgan ob’ektning rivojlanish
istiqbollarini aniqlashni nazarda tutadi. Ushbu funksiya o‘qituvchiga ta’lim va
tarbiya jarayonida foydalanilayotgan vositalar, yaratilgan shart-sharoitlar,
pedagogik faoliyat natijalari o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash
orqali pedagogik jarayonning istiqbolli rivojlanishini belgilashga qaratilgan
choralarni ishlab chiqish imkonini beradi. O‘qituvchining diagnostik faoliyati
nafaqat o‘quvchilarning ahvolini aniqlash va baholashga, balki ularning
rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, shart-sharoitlarni
aniqlashga ham yo‘naltirilgandir. Bashoratlash funksiyasi pedagogik tadqiqotlarda
yanada samarali qo‘llaniladi.
3. Nazorat va tuzatish funksiyasi o‘qituvchiga o‘quvchilar ta’lim va tarbiya
jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish orqali pedagogik
jarayonni boshqarish, shuningdek, ta’limning rivojlantiruvchi imkoniyatlaridan
o‘qitish samaradorligini oshirishda foydalanishga yordam beradi. Mazkur funksiya
ekspert baholash asosida amalga oshiriladi hamda tashxislanayotgan ob’ektning
muayyan standart, me’yor yoki modelga egaligini nazarda tutadi.
4. Baholash funksiyasi qo‘lga kiritilgan pedagogik mezon va ko‘rsatkichlar
bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Mazkur funksiya amalga oshirish
o‘rganilayotgan pedagogik ob’ektning har bir aniq belgilangan vaqtdagi o‘zgarishi
darajasini belgilash va bu o‘zgarishlarning o‘qituvchining harakatlariga
bog‘liqligini ifodalaydi. Baholash funksiyasi har bir o‘qituvchi faoliyatini sifat va
miqdor jihatdan baholanilishiga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostikada ilmiy-
pedagogik tajriba sifatida amalga oshiriladigan baholash funksiyasi qo‘lga
kiritilgan natijalarni tahlil qilish, xolis ravishda qiymatini belgilash imkoniyatini
yaratadi
23
.