179
18. Darsdagi xulq-atvori: tartibli; kamdan kam holatlarda tartibni buzadi;
o‘quvchiga o‘qituvchining “quyushqondan chiqarishi” yoqadi; o‘quvchi
boshqalarning g‘ashini keltiradigan qiliqlar qiladi; darslarda qo‘pollik qiladi.
19. O‘qituvchiga assistent, yordamchi sifatida ko‘maklashadi.
20. Turli hayotiy va muammoli masalalar bo‘yicha o‘qituvchi bilan
maslahatlashishni yoqtiradi.
Shunday qilib, pedagogik diagnostikaning muhim tarkibiy elementi,
tashxislash natijasida aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etishning natijasi
korreksiyalash (pedagogik tuzatish) sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
ko‘p kuzatiladigan salbiy hodisalar fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy
me’yordan og‘ish sanaladi. Pedagogik tashxislash natijalariga ko‘ra tashkil
etiladigan korreksiyalash (pedagogik tuzatish) fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda
xulqiy me’yordan og‘ish kabi salbiy holatlarni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish
imkonini yaratadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatiladigan fanlarni o‘zlashtira olmaslik
o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi,
mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik
kabilar bilan izohlanadi. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik bir qator pedagogik,
ijtitmoiy, psixologik va biologik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Korreksiyalash
(pedagogik tuzatish)da fanlarni o‘zlashtira olmaslikni keltirib chiqaruvchi
sabablarni o‘rganish, uning darajasini tashxislash muhim ahamiyatga ega.
Maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira olmasligini
korreksion faoliyat bir necha bosqich (pedagogik tashxislash, pedagogik
konsilium, tibbiy tekshirish va tahlil, ota-onalar uchun psixologik-pedagogik
maslahat, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, pedagogik refleksiya,
pedagogik strategiya)da amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: