Asosiy turlari Jismoniy og‘ish
Pedagogik og‘ish
30-rasm. Me’yordan og’ishning asosiy turlari Ruhiy og‘ish
187
ekologik vaziyat;
turmush darajasining pastligi;
oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy unsurlar miqdorining yuqoriligi;
nurlanish;
turli ko‘rinish hamda darajada jarohat olish;
aholining tibbiy madaniyatga ega emasligi yoki uning pastligi;
shaxsda o‘zining va atrofdagilarning salomatligiga nisbatan mas’uliyatning
shakllanmaganligi.
Me’yordan og‘ishning yana bir turi – ruhiy og‘ish hisoblanadi.
Ruhiy og‘ish – aqliy faoliyatni tashkil etish, psixologik holatni boshqara olish qobiliyatining butunlay yoki ma’lum darajada yo‘qotilishi. Bu turdagi og‘ish shaxsning aqliy rivojlanishda ortda qolishi va ruhiy
nuqsonlarga egaligini belgilaydi.
Aqliy qoloqlik asab tizimining tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar sababli
yuzaga keladi. Bolalar o‘rtasida aqliy qoloqlikning yengil (aqlsizlik) va og‘ir
(tentaklik) shakllari kuzatiladi. Nutqning buzilishi ham ruhiy nuqsonlar sirasiga
kiradi.
Ruhiy og‘ishning eng og‘ir shakllari
autizm (yun. “autos” – o‘zim; ijtimoiy
munosabatlar va muloqotga ehtiyoj sezmaslik) hamda suisid (o‘z-o‘zini o‘ldirish,
suiqasd) sanaladi.
Voyaga yetmagan o‘rtasida ijtimoiy og‘ish ham ko‘zga tashlanadi va
globallashuv sharoitida uning darajasi ortib bormoqda.
Ijtimoiy og‘ish – individning to‘laqonli shaxs bo‘lib shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning mavjudligi. Ijtimoiy og‘ish bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ular:
me’yordan xulqiy og‘ish (tajovuzkorlik, giperfaollik, qo‘pollik, xudbinlik,
dilozorlik);
yetimlik;
aroqxo‘rlik;
giyohvandlik;
taksokomaniya;
fohishabozlik;
daydilik;
huquqbuzarlik;
jinoyat sodir etishga moyillik va boshqalar.
Shaxsning me’yordan psixologik va ijtimoiy og‘ishi “me’yordan xulqiy
og‘ish” sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda me’yordan xulqiy og‘ish
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham kuzatilmoqda. Ijtimoiy og‘ishning yetimlik;
aroqxo‘rlik; giyohvandlik; taksokomaniya; fohishabozlik; daydilik; huquqbuzarlik;
jinoyat sodir etishga moyillik kabi ko‘rinishlari “Ijtimoiy pedagogika” fanining
tadqiqot predmeti bo‘lganligi sababli bu urinda ularning mohiyati, kelib chiqish
sabablari, proflaktikasi, diagnostikasi va korreksiyasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishga
188
hojat yo‘q. Asosiy e’tibor me’yordan xulqiy og‘ish