Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


IV. Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalashga pedagogik yondashish



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

IV.
Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalashga pedagogik yondashish.
Pedagogik diagnostikada pedagogik og‘ishni korreksiyalash masalasining 
o‘rganilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalash 
– 
shaxsning jamiyat 
tomonidan tan olingan va ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan 
ma’naviy-axloqiy qoidalar, me’yorlarga rioya etmasligi kabi 
nuqsonlarni tuzatish. 
O‘quvchilarda me’yordan xulqiy og‘ish holatini korreksiyalashda ma’lum 
shartlarga rioya qilish talab qilinadi:
muloqot jarayonining samimiy bo‘lishiga erishish; 
o‘quvchining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, qiziqishlarini rivojlantirish; 
ruhiyatdagi deformatsiyalarni qayta tiklash choralarni belgilash; 
ijobiy fazilatlari yanada boyitish, liderlik sifatlarini rivojlantirish;
o‘quvchining xulqi yaqqol namoyon bo‘ladigan vaziyatlarda uni qo‘llab-


190
quvvatlash va rag‘batlantirish; 
o‘quvchi tomonidan hayotiy tajribaning to‘planishiga imkoniyat yaratish; 
o‘quvchining salbiy odatlarni jamoada va jamoa ta’sirida yo‘qotib borish.
Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchining me’yordan xulqiy 
og‘ishi, asosan, quyidagi to‘rtta usul yordamida tuzatiladi (32-rasm):
O‘quvchining me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalashda bir nechta ijobiy 
xarakterdagi pedagogik texnikalarni qo‘llash talab qilinadi. Ular: 
o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam
berish, ular o‘rtasida hissiy aloqani o‘rnatish (mehribonlik, e’tibor 
ko‘rsatish 
va
hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishiga erishish; o‘quvchiga biror topshiriqni buyruq 
ohangida bermaslik, aksincha, “iltimos” deb murojaat qilish; o‘quvining ijobiy 
xulqini rag‘batlantirish; o‘qituvchi, ota-ona tomonidan noto‘g‘ri yo‘l tutilgan 
holatlarda kechirim so‘rash; o‘quvchining muammolariga nisbatan hamdardlikni 
namoyon qilish; uning biror-biri ishi uchun kafil bo‘lish; 
ta’lim muassasasi hamda uy sharoitida o‘quvchini ma’naviy-axloqiy ta’sirga 
ega ish jarayonlariga jalb qilish; u tomonidan ijobiy hayotiy tajribalarni to‘planishi 
uchun zarur sharoitni yaratish (unga ishonch bildirish, ma’naviy qo‘llab-
quvvatlash hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, o‘quvchini qiziqarli 
bo‘lgan mashg‘ulotlarga jalb qilish; turli ijobiy ta’sirga ega omillar yordamida 
o‘quvchida yuksak insoniy his-tuyg‘ularni uyg‘otish; unda ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni shakllantiradigan hamda rivojlantiradigan mashq va treninglarni tashkil 
qilish); 
o‘quvchining his-tuyg‘ulari hamda qiziqishlari dinamikasini anglash hamda 
tushunish (vositachilik, “yon tomondan yondashish” (o‘quvchining kamchilik va 
nuqsonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qilmay, aksincha, unda ijobiy his-tuyg‘ularni 
uyg‘otuvchi omillardan foydalanish orqali tushuntirish; o‘quvchining hali 
namoyon bo‘lmagan ijobiy ichki his-tuyg‘ularini faollashtirish). 
Xulqiy 
og‘ish nuqsonlarini korreksiyalashda samaradorlikka faqat 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin