ILMIY JURNAL* НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛЬ* SCIENTIFIC JOURNAL
TO’XTAROVA RUXSHONA AKRAM QIZI
Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika
fakulteti fizika va astronomiya yo’nalishi 1-kurs talabasi
Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi , sohalari va tadqiqot
metodlari
ANOTATSIYA ; Ushbu maqolada psixalogiya fanining predmeti , psixalogiya fanining rivojlanish tarixi, kelib chiqish tarixi, psixologiya rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar va ularning shu sohada qilgan ishlari, tadqiqot metodlari haqidagi fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar; psixalogiya, predmet , obyekti,tarix, psixika, tadqiqot metodlari.
Предмети и истосия развития области и методы исследования психалогии
АНОТАЦИЯ; В статье представлет предмет писихологии история развития писихологии история ее возникновения ученые внесшие вклад в развитие психологии и их работы в етой области методы исследования.
Клюевые словаж; психология субъект объект история психика методы исследования.
Subject and derelopment history, fieldis and research methods of psychology
ABSTRACT; Subject of pyuschology in this article, the history of the derelopment of psychology, the history of its origin, schientists who contributed to the derelopment of the science of psychology, their work in this field, anda research methods are presented.
Key word; psychology, subject, object, history, psychology, research methods.
Psixologiya eng qadimgi fanlardan bo’lib, bundan 2,5ming yil ilgari jon haqidagi ta’limot sifatida vujudga kelgan. VII-V asrda o’tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va ruhiy hayoti to’g’risida juda ko’p xima-xil fikrlab bayon qilinganligini ko’ramiz . Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta’limotni birinchi martta Aflotunning shogirdi Aristotel ,, jon haqidagi ‘’ degan kitobida bayon qilingan . Shu sabali Aristotel alohida fan bo’lgan psixalogiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixalogiya fanining ,, Otasi ‘’ hisoblanadi. Uzoq vaqtgacha psixalogiya mustaqil fan bo’lmay, falsafa tarkibiga kirgan. Alohida ilmiy fan manosidagi psixalogiya termini ham yo’q edi. Bu termin XVI asr oxirida paydo bo’lib , XVIII asr o’rtalaridan boshlab hamma ishlatadigan bo’lib qoldi. Psixalogiya XVIII asr oxiri XIX asr boshlaridagina mustaqil fan bo’lib shakllandi. 1918-yil oliy va o’rta maxsus talim vazirligi tomonidan targ’ib qilindi. 1994-yilga kelib xalq ta’lim vazirligi tomonidan amaliy psixalogiya tashkil qilindi. Psixalogiya so’zining ma’nosi ,,pyuche’’ jon, ruh ,,logis’’ psixika instukt xulq atvor degan ma’noni anglatadi. Psixalogiya fanining metodlari ekspremental va tabiiy ekspremental metodlardan iborat.
1879-yil Germaniyaning Lebsika shahrida Vunt birinchi bo’lib ekspremental metodni fanga olib kirgan. Ekspemental metodning o’zi ham o’z-o’zini kuzatish va obyektiv kuzatishlarga bo’linadi .
1990-1991 yillarga kelib Rus olimi Loziriski tabiiy ekspremental metodni fanga kiritgan. U tabiiy ekspremental metodni quyidagicha ta’riflagan;
1.Test
2.So’rov anketa
3. O’yin
Psixalogiyaning quyidagi tarmoqlari mavjud
Mehnat psixalogiyasi- har bir ish faoliyatini ongli ravishda amalga oshiruvchi va mehnat faoliyatini tahlil qiluvchi shaxs hisoblanadi.
Pedagogika psixalogiya- o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida psixalogik jarayaonlarni tahlil qiluvchi, o’rganuvchi jarayon hisoblanib ular o’rtasidagi munosabatlarni psixalogik nuqtayi nazaridan baholashni taminlaydi.
Savdo psixalogiyasi- bu psixalogiyada bir shahsning ikkinchi shaxsga psixolgik jihatdan tasiri aks etadi.
Sport psixalogiyasi- bu psixalogik jarayon yakahon va jamoviy psixalogik jihatdan ruhiy tasir ko’rsatish bilan yoki mativatsiyaning kuchliligi bilan namoyon bo’ladigan psixalogik jarayondir.
Yosh psixalogiyasi- bu psixalogiya inson tug’ulgandan to geronto psixalogiyasigacha bo’lgan davrni o’rganadigan yo’nalishdir .
Animal taraqqiyot psixalogiyasi-bu mutaxassis yoki miya faoliyati bilan bog’liq funksiyalarni bajaruvchi psixalogik jarayon hisoblanadi.
Psixalogiyaning pretmetini psixika tashkil qiladi ya’ni ma’lum bir shaxs va jamiyatga tegishli bo’lagan voqea hodisa jarayonlarda aks ettiruvchi ongli ravishda munosabatga kirishuvchi shaxslarga aytiladi.Atrofimizdagi olam turli fanlarni o’rganish obekti va predmeti bo’lib hizmat qiladi.Psixalogiyaning predmeti aniq bir shaxs uning jamiyatdagi hulq-atvori va turli ichki kechinmalari, hulq-atvori va faoliyatlarining o’ziga hos ong tomonidan aks etirishi deb ta’riflash mumkin.Psixalogiyaning obyekti bo’lib nafaqat odamlar, inson balki oliy rivojlanishga ega bo’lgan hayvonlar ham hizmat qiladi.Ularning psixik hayoti psixalogiyaning tarmoqlaridan zoopisixalogiya o’rganadi. Biroq ananaviy ravishda psixalogiyaning asosiy obyekti insondir. Psixalogiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi konkret faoliyati, rivojlanish, odamnining jamiyatga, o’zi yashayotgan muhitga munosabatlari psixalogik jixatlarga asos qilib olish mumkin.
Psixologiya fanining predmeti. Har bir fan boshqa fanlardan o‘z predmeti bilan farq qiladi. Boshqa fanlardan farqli ravishda, psixologi-ya fanining predmeti, u bahs yurituvchi hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushunish qiyinroq. Buning sababi psixik hodisalarning o‘zgaruvchanligi, odamni qurshab turgan tashqi olamdagi hodisalardan farq qilishida. Psixologiyaning predmeti psixika deb atalmish turli hodisalar (idrok, xotira, tafakkur, iroda va huquq) bo‘lib, ular voqelikdagi haqiqiy hodisa va fanlarga qarama-qarshi qo‘yib kelingan. Psixologiyaning predmeti bo‘lgan munosabat uning nomida aks ettirilgan. «Psixologiya» so‘zi ikki (grekcha so‘z «psyuxe» «jon, ruh», «logos» «ta’limot») birikmasidan iborat bo‘lib, «ruh, jon» haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixik hodisalarning barchasi «psixika», «odam psixi-kasi», «kishining ichki dunyosi», «ruhiy hayoti» kabi nomlar bilan ataladi
.
FREYDIZM. Asoschisi venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd bo‘lib, bu yo‘nalish ko‘pchilik pisxologik oqimlar orasida eng ta’sirga ega bo‘lgan oqimlardan biri. Ularning fikricha odamning hulq-atvori, hatti-harakatlari ikkita printsipga «rohatlanish prinsipi» (hayvonlar instinktiga o‘xshash jinsiy moyillik ko‘zda tutilgan) va «reallik prinsipi» (jamiyat talabiga mos kelmaydigan, uyat va man qilingan o‘zining jinsiy hirslariga erk bermasli-gi) ga bo‘ysunadi. Rohatlanish va reallik prinsiplarining to‘qnashishi na-tijasida qondirilmagan mayllar ongsizlik (ong osti) sohasiga siqib chiqari-ladi. Ammo ular butunlay yo‘qotilmaydi, balki ongsizlik sohasidan turib kishi xulq-atvori va hatti-harakatlariga ta’sir qilib ba’zan boshqarib turadi-lar. 1.5. Hozirgi zamon psixologiya fani va uning fanlar tizimida tut-gan o‘rni. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zining predmetiga, maxsus vazi-falariga va maxsus tekshirish metodlariga ega. Bugungi kunda psixologiya sohasiga taalluqli bir qancha psixologik tashkilotlar, ilmiy muassasalar, o‘quv yurtlari va nashriyotlar mavjud. Shuningdek, psixologlarning ilmiy assotsiatsiyalari va psixologlar jamiyati ish ko‘rmoqda. Psixologiya muammolari bo‘yicha Respublikamizda xalqaro konferensiyalar, kongress-lar o‘tkazmoqda. Psixologiya fanini, uning ilmiy va amaliy ahamiyatini hozirgi kunda hamma tan olmoqda. Ma’lumki psixologiya fani XX asrda falsafa fani tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. O‘z-o‘zidan ravshanki bu bilan psixologiya falsafadan chetda qolib, undan butunlay uzoqlashgani yo‘q. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosini falsafadagi ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashkil qiladi. Shu bilan birga psixologiya sohasida erishilayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar o‘z navbatida falsafa fanini, falsafiy amliyot va nazariyani boyitadi. Psixologiya fani faqatgina falsafa bilan emas, tabiiy fanlar bilan ham uzviy bog‘liq. Bu borada psixologiya fanining rivojlanishiga fiziologiya sohasidagi yutuq-larning (miya faoliyati, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, psixikaning reflektor tabiati, psixik jarayonlarning neyrofiziologik mex-anizmlari haqidagi bilimlar) ta’sirining rolini oshirib baholash juda qiyin. Tabiiy fanlar sohasida olingan bilimlar psixologiya fanining tabiiy-ilmiy asosi-ni tashkil qiladi. Hozirgi zamon texnik taraqqiyoti kishi psixikasiga katta talablar qo‘yadi. Barcha sohalarda psixik omillarning roli oshib bormoqda. Ki-shining xotirasiga, tafakkuriga, idrokiga, temperamenti xususiyatlariga, reaksiya tezligini hisobga olishga e’tibor kuchaymoqda. Chunki odamning ishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasligi, ishni buzmasligi uning psixik va shaxsiy fazilatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu sababli «odam-mashina» tizimini to‘g‘ri tashkil qilishda psixologiya fanining ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa texnik fanlar va psixologiya o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, bir-biriga kirishib ketishiga olib kelmoqda. Psixologiya va pedagogika o‘rtasidagi aloqalarni alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Garchi psixologiya va pedagogika o‘zaro bog‘liq fanlar bo‘lmasada, ular orasidagi aloqa bir necha yillar mobaynida ko‘p jihatdan psixologiyaning pedagogikaga «moslashuviga», pedagogika esa psixologi-ya sohasida erishilgan «tayyor mahsulotlarni» yuzaki hisobga olish tarzida bo‘ldi. Har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi psixologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar ta’lim va tarbiya jarayonini takomil-lashtirishda psixologiyaning imkoniyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Psixologiya oldida turgan vazifalardan biri, pedagogik amaliyotda qo‘llani-layotgan qoidalarni (ta’lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari va h.k.) psixologik pedagogik amaliyotdan oldinda borishi, pedagogika uchun yangi yo‘llar ko‘rsatishi lozim. Psixologiyaning yordamisiz peda-gogika o‘z oldiga qo‘ygan ko‘plab vazifalarni muvaffaqiyatli hal qila olmaydi. Chunki texnik taraqqiyot, o‘zlashtirilshi lozim bo‘lgan infor-matsiyalar hajmi va o‘zlashtirish sur’atini keskin oshishi, mustaqil va ijodiy fikrlashga talabning oshishi amalda psixologik bilimlardan keng foydalanishni taqozo etadi.
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog’lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o’zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. Shuning bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni o’z ichiga oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
A.SHamshidova , A.N. Melibayeva ,X.Usmanova, Umumiy psixologiya T.2018
D.B. Elkonin Psixologiya igri. Vlados: 1999.
Davletshin M.D. To’ychiyev, S.U. Umumiy psixalogiya T.TDPU2012
Daved. G.Myers psychology,USA,2010
Nemov.R.S Psixalogiya Kniga 1,2,3 Vlados: 2000
Umarov. B.M. Psixalogiya.T.2012
Solso R. Kognitivnaya. Psixalogiya. M: 2002
Xaydarov. F.I. Xalilova N.I. Umumiy psixalogiya T.TDPU
Karimov V. M. Sunnatova R.I. Tojibayeva R.N Mustaqil fikrlash T: Sharq: 200
Dostları ilə paylaş: |