218
Nosog‘lom oila
– oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom
turmush tarzi
ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan, aksincha, tartibsiz hayot kechiradigan, shaxslararo
munosabatlarda axloqsizlik, qo‘pollik, ruhiy bosim ustuvor bo‘lgan,
psixologik
jihatdan bir-birini tushunmaydigan va o‘zaro qo‘llab-quvvatlamaydigan, moddiy
jihatdan ta’minlanmagan oila.
Ob’ekt (jarayon)ning sifati
uning mavjudligini ta’minlovchi muhim,
barqaror xususiyatlari sanaladi. Shu sababli ob’ekt (jarayon)ning sifati to‘g‘risidagi
ma’lumot uning mohiyati va mazmunida aks etadi
hamda uni tavsiflash uchun
zarur sanaladi.
Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar)
– oilaning tabiiy va ijtimoiy
ehtiyojlari
asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish orqali oila
a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa.
Oila –
kishilarning nikoh yoki
qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush
tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar
– ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul
bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda
tashkil etiluvchi munosabatlar.
Oilaviy tarbiya mexanizmlari
– individual tarbiyaviy imkoniyatlari asosida
oila tomonidan farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda qo‘llaydigan vosita va
usullari
132
.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash
– uning farzandlarni har
jihatdan sog‘lom
qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit va
sog‘lom turmush tarzi ega bo‘lish hamda farzandlarni
oilaviy hayotga samarali
tayyorlashdagi kuch-quvvati, qobiliyatini o‘rganish, tahlil qilish va baholash.
Dostları ilə paylaş: