216
chiqadi, ijtimoiy-foydali ko‘nikma, malakalar o‘zlashtiriladi, unda ijtimoiy
topshiriqlarni bajarishga nisbatan ehtiyoj yuzaga keladi;
hayotiy maqsadni aniqlashtirishga bo‘lgan intilishni faollashtirish
– bunda
o‘quvchi bilan birgalikda kundalik faoliyat tartibi (boshlangan ishni oxiriga
yetkazish, bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarmaslik, har qanday ishni
sifatli bajarish, uning samaradorligini baholash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil
qilish);
o‘rin almashtirish
– o‘quvchi faoliyatidagi doimiy muvaffaqiyatsizlik
negizida yutuqlarga erishishni ta’minlash;
o‘quvchining qadr-qimmatini rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi hurmat
qilishini yoqlash
– unga imkoniyatlariga mos keladigan faoliyat turini taklif
qilish, muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlash,
qiyin vaziyatlarga ko‘mak berish;
talabchan ohangda ishonch bildirish
– bunda o‘quvchiga ijtimoiy
topshiriqni bajarish muhimligini tushuntirish bilan birga uning yondashuvi
qo‘llab-quvvatlanadi, bu faoliyatda o‘quvchining u tomonidan nimaningdir
o‘zlashtirib olishga bo‘lgan umidi mustahkamlanadi;
o‘quvchini ijtimoiy faoliyatga jalb qilganda izchillikka erishish – bunda
uning faoliyati rag‘batlantiriladi – e’tirof qilinadi – qo‘llab-quvvatlanadi,
e’tirof qilinadi – topshiriqni bajarish, ijtimoiy-foydali ish jarayonida ixtiyoriy
qatnashishi yuzasidan qaror qabul qilishiga imkon beriladi.
Ko‘rsatkich
(lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon
bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). Mezon, uning
miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli holatlarini muhokama qilishga
imkon beradigan o‘lchov, chegara. Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning
tashqi jihatdan juda yaxshi farqlashga imkon beradi.
Mezon
(yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) – unga
asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi; nimaningdir tavsifi yoki
tasnifi; baholash o‘lchovi.
Dostları ilə paylaş: