Reyting (ingl. “baholash”, “tartibga keltirish”) – muayyan hodisani oldindan
belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Rivojlanishni bashoratlash – dinamik xarakterga ega modelning asosiy
natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab-oqibatli o‘zaro
bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon qonuniyatlari to‘g‘risidagi
qarashlar tartiblanadi.
“Sinektika” metodi (Uilyam Gordon) – muqobillar (o‘zaro o‘xshash jihatlar)ni
izlashga xizmat qiladigan metod. Metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga
oshiriladi: 1-bosqich: zarur ob’ekt (mavzuga oid muhim tushuncha) tanlanadi; 2-
bosqich: tanlangan ob’ektning muqobil (o‘zaro o‘xshash jihat)larini topish uchun
ikki bo‘limdan iborat jadval shakllantiriladi; 3-bosqich: jadvalning 1-ustunida
tanlangan tushunchaga to‘g‘ri muqobil bo‘lgan tushunchalar qayd etiladi; 4-
bosqich: 1-ustunda qayd etilgan har bir tushuncha asosida maqsad, tushunchaning
mohiyati va noto‘g‘ri muqobillar belgilanadi.
Sinf –
yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar guruhi.
Sog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunadigan va o‘zaro
qo‘llab-quvvatlaydigan, moddiy jihatdan yetarlicha ta’minlangan oila.
Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl.
“standard” – meyor,
namuna
) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining
zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning
maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini,
ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-
metodik, kadrlar taminoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va
talablar
135
. Diagnostika nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga
ko‘ra qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash uchun
asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich (shkala)larni
shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon (namuna); 3) muayyan
jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq mezoni.