Me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalash – shaxsning jamiyat
tomonidan tan olingan va ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan
ma’naviy-axloqiy qoidalar, me’yorlarga rioya etmasligi kabi nuqsonlarni
tuzatish.
Me’yordan xulqiy og‘ish – shaxsning jamiyat tomonidan tan olingan va
ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qoidalar,
me’yorlarga rioya etmasligi.
Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1)
tashxislash jarayonining avvali (boshi)
va yakuni (oxiri)da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro solishtirish uchun xizmat
qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan
shaxs yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor,
ma’lum xatti-harakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos
xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza.
Miqdor – bilish ob’ektining real mavjudligi ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib,
uni o‘xshash qismlarga ajratish imkonini beradi.
“Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi (Fris Svikki) –tanlangan
ob’ektni unga xos bo‘lgan bir nechta belgini saralab olish orqali bir necha tarkibiy
qismlarga ajratish, so‘ngra ular mohiyatan o‘zgartirish va qayta birlashtirish orqali
yangi ob’ektni paydo bo‘lishini ta’minlovchi metod.
Muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish – muvaffaqiyatli vaziyatlarni
kafolatlovchi sharoitlar jamlanmasi yoki ana shu maqsadga yo‘naltirilgan amaliy
harakatlarni tashkil etish.
Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus
tayyorgarlik va tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar
majmuasi
131
.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
131
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикасида узлуксиз
бошланғич, ўрта ва ўрта махсус профессионал таълим тизимини тартибга солувчи норматив-
ҳуқуқий ҳужжатларни тасдиқлаш тўғрисида”ги