Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 
 


47
5-mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘lchash va
shkalalashning asosiy yo‘nalishlari 
Reja: 
1. Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi. 
2. Ma’lumotlarni tahlil qilish 
3. Ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim qilish. 
4. Pedagogik o‘lchovlar. 
5. Sifat va miqdor ko‘rsatkichlar. 
6. Shkalalash. 
 
Tayanch tushunchalar:
ma’lumot, ma’lumotlarni to‘plash, ma’lumotlarni 
tahlil qilish, o‘lchash, shkala, shkalalash, ma’lumotlarni qayta tahlil qilish
matematik statistika.
I. Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi. 
Barcha 
pedagogik jarayonlarda bo‘lgani kabi pedagogik diagnostikada ham qo‘lga 
kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va baholash muhim 
ahamiyatga ega. Shu bois tashxislash, shuningdek, ilmiy-pedagogik izlanishni olib 
borishda mavjud dalillar, ma’lumotlarni qayta ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘qituvchi, tadqiqotchi yoki psixolog 
qanchalik mahoratli bo‘lmasin, dalillarning yetarli, to‘liq va ishonchli ekani hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bordi-yu, pedagogik diagnostika natijalari, 
tadqiqotga oid ma’lumotlarni o‘qituvchi, tadqiqotchi yoki psixolog qayta ishlay 
olmasa, ular qanchalik ko‘p, xilma-xil bo‘lmasin ta’lim sifatini yaxshilash, 
samaradorligini oshirish yoki o‘quvchi shaxsini har tomonlama tarbiyalashda 
uchun foydasi bo‘lmaydi. Shu sababli pedagogik diagnostikada eng muhim jarayon 
– olingan ma’lumotlarni qayta ishlash sanaladi. Tadqiqot yoki tashxislashga oid 
ma’lumotlarni qayta ishlashda ma’lumotlarni statistik qayta ishlash – statistik 
metoddan foydalaniladi. 
 
II. Ma’lumotlarni tahlil qilish. 
Tadqiqot yoki tashxislashga oid 
ma’lumotlarni qayta ishlash bir qadar qiyin, murakkab jarayon sanaladi. Bu 
jarayon bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin