44
jihatdan baholashni muhokama qilish yoki individual fikr natijalarini rasman qayta
ishlashda namoyon bo‘ladi. Ekspert baholash yordamida asosan sifat belgilarini
tavsiflovchi murakkab pedagogik jarayonlar,
hodisalar tahlil qilinadi, sohani
rivojlantirish bashoratlanadi, ta’lim va tarbiya jarayoniga eng ko‘p ta’sir
ko‘rsatadigan omillar aniqlanadi.
Mazkur metodni amalda qo‘llashning asosiy bosqichlari quyidagilar sanaladi:
ekspertizani tashkil qilish; muammo hamda tajriba maqsadini aniqlashtirish, ishchi
guruhning majburiyati
va huquqlarini belgilash, ekspertizani amalga oshirish
uchun ekspertlarni tanlash, ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish, olingan natijalarni
tahlil qilish va saralash.
Ekspertlar o‘rtasidagi so‘rov individual yoki guruhli, bevosita yoki
bilvosita,
og‘zaki yoki yozma shakllarda o‘tkaziladi. Shuningdek, ekspert baholashni
qo‘llashda ekspertlar jamoa bo‘lib ham ishlashlari mumkin. Bunda ular yig‘ilish,
bahs-munozara va b. metodlardan foydalanadi. Individual ekspert baholash anketa,
erkin suhbat, intervyu tashkil etishga asoslanadi.
Metodni qo‘llash jarayonida ekspertiza guruhiga
jalb qilingan mutaxassislar
o‘z sohalarining bilimdonlari, keng dunyoqarash, ijodiy tafakkurga ega bo‘lishi
lozim. Ular o‘rganilayotgan muammo yuzasidan qarorlar
qabul qilishda murosali
bo‘lish bilan birga o‘z fikrlariga tayana olishi kerak. Ekspert baholash metodini
qo‘llashda ekspertlar fikrlarining bir xil bo‘lishiga erishishida ekspertlarning
pedagogik konsiliumi (kengashi) muhim ahamiyat kasb etadi
48
.
Demak, zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini
oshirish dolzarb
pedagogik vazifalardan biri sanaladi. Pedagogik tadqiqotlar ta’lim samaradorligini
oshirish ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. So‘nggi
yarim asrlik vaqt oralig‘ida ob’ektiv va sub’ektiv omillarni inobatga olgan holda
ta’lim samaradorligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda bu
borada bir qator yondashuvlar (m:
texnologik, innovatsion, majmuaviy
yondashuv)ning ta’lim samaradorligini ta’minlashdagi
ahamiyati katta ekanligi
aytilmoqda. Ana shunday yondashuvlardan yana biri tashxisli yondashuvdir.
Dostları ilə paylaş: