73
erishish yo‘lida o‘qituvchi tomonidan tanlangan pedagogik faoliyat shakllari,
metodlari va vositalarining yig‘indisidan tarkib topadi.
Metodika – aniq belgilangan maqsadga erishish yo‘lida, ma’lum
vazifalarni bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliy
shakllari, metodlari va vositalari jamlanmasi hisoblanadi.
Agarda metod umumiy xarakterga ega bo‘lsa, undan farqli ravishda metodika
xususiy xarakter kasb etadi. Ya’ni, har bir metodika muayyan shaxsning
muallifligida asoslanadi. Pedagogik va psixologik jarayonlarda ikki turdagi
metodikalardan foydalaniladi. Ya’ni:
1) boshqalar tomonidan ilmiy-metodik jihatdan asoslangan va pedagogik,
psixologik tashxislash jarayonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan mualliflik
metodikalari;
2) o‘rganilayotgan mavzuning g‘oyasi, uning negizida aks etgan yo‘nalish
mohiyati, o‘quvchilarga taqdim etiladigan o‘quv materialning mazmuni,
tashxislanishi kutilayotgan holat (o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari yoki
axloqiy tarbiyalanganligi)ning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda har bir
o‘qituvchi tomonidan majmuaviy, tizimli ravishda qo‘llaniladigan metodikalar.
Psixolog S.L.Rubinshteyn metodikani xususiy, yordamchi hamda muayyan
vaqt oraliqlarida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot xarakteridagi metod deb
hisoblaydi
65
.
Tashxislash maqsadida qo‘llaniladigan metodikalarni ishlab chiqish murakkab
jarayondir. Turli psixologik hamda pedagogik muammolarni samarali tadqiq
qilishga bo‘lgan ehtiyoj pedagog hamda psixologlarni mualliflik metodikalarini
shakllantirishga rag‘batlantirdi. So‘nggi o‘n yillikda esa ham pedagogika ham
psixologiya sohasida tashxislovchi xarakterga ega mualliflik metodikalarini ishlab
chiqishda o‘ziga xos tajriba to‘plandi. Buning natijasida tashxislashda
qo‘llaniladigan metodikalarni guruhlarga ajratib o‘rganish imkoniyati yuzaga
keldi. Ayni vaqtda ular quyidagicha guruhlanmoqda:
Dostları ilə paylaş: