O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
_______________ D. Xolmatov
“___” ___________ 2023-yil
|
|
|
|
TOPONIMIKA (ETNOTOPONIMIKA VA ETNONIMIYA)
FANINING
O‘QUV DASTURI
1-kurs uchun
Bilim sohasi:
|
200000
|
–
|
San’at va gumanitar fanlar
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
–
|
Tillar
|
Mutaxassislik:
|
70230501
|
–
|
Etnografiya, etnologiya va antropologiya
|
Namangan – 2023
Fan/modul kodi
MEEA2325
|
O‘quv yili
2023/2024
|
Semestr
2
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
1-semestr - 4 soat
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Toponimika (etnotoponimika va etnonimiya)
|
60
|
60
|
120
|
I. FANNING MAZMUNI
Fanni o‘qitishdan maqsad – Toponomika fanining predmeti va vazifalari to‘g‘risida talabalarga umumiy tushuncha berish, fanning rivojlanish tarixi, tadqiqot ko‘lamining o‘sishi, uning bosqichlari, manbalari va ularning madaniy-tarixiy jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyati, tarixiy rivojlanishini bosqichma-bosqich tarixiylik, ilmiylik, xolisona yondashuv negizida o‘rganish, ko‘nikma va malakasini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - toponimlar va ularning turlari, nomlanish xususiyatlari, makrotoponimlar, mikrotoponimlar, oykonimlar, urbonimlar, gidronimlar, gidronimlar, oronimlar, agronimlar, zoonimlar, fitonimlar mohiyati va ahamiyati ochib berish.
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifasi
Toponomika fanining mavzusi va vazifalari. Toponomika fanining geografiya, tarix, etnografiya, geologiya, zoologiya, til, adabiyot va boshqa fanlar bilan aloqasi. Toponimlar va ularning turlari, nomlanish xususiyatlari. Makrotoponimlar, mikrotoponimlar. Oykonimlar, urbonimlar, gidronimlar, oronimlar, agronimlar, zoonimlar, fitonimlar va boshqalar. Joy nomlarini o‘rganish O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududida yashab kelgan ota-bobolarimizning tili, tarixi, turmushi, urf-odati, kasb-kori xo‘jalik faoliyatiga oid qator muammolarni oydinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi.
2-mavzu. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti haqida
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning yer usti tuzilishi, iqlimi, suv manbalari, hayvonot dunyosi va o‘simliklar olamining o‘ziga xosligi. Tabiiy sharoiti bilan bog‘liq ravishda fitooykonimlar, zooykonimlar va boshqa turdagi toponimlarning vujudga kelishi.
3-mavzu. Oykonimlar xususiyatlari va tavsifi
Oykonimlarni geografik nomlar orasida tutgan o‘rni. Aholi turar joylari va uning ichki bo‘linishlari qishloq, posyolka, mahalla, guzar, ko‘cha nomlari oykonimlar deb atalishi to‘g‘risida. Hudud aholisining o‘tmishdagi etnik tarkibi qaysi urug‘, qabila, qavm, toifaga mansubligi, iqtisodiy turmush sharoiti, qanday kasb xunar bilan shug‘ullanganligi shuningdek, joyning biron kishiga qarashliligini ifodalovchi oykonimlar.
|
Dostları ilə paylaş: |