harbiy demokratiya —
davlatga o`tish davrining boshqaruv shakli bo`lib, uni harbiy qabila boshliqlari boshqarganlar
«
Avesto » jamiyatining asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. U «
nmana » deb atalgan.
SHunday bir necha urug’ jamoasi «
v i s » deb atalgan. «
Varzana » deb esa hududiy qo`shnichilik
jamoasining, qabilalar jamoasi esa — «
zantu »ni tashkil qilgan.
YUqoridagi qabilalarning barchasi
etnik jamoani — tili, urf — odati, diniy e`tiqodi
jixatdan uyushgan kishilar guruhini tashkil etgan. etnos — yunon tilida «
xalq » degan ma`noni
anglatadi.
Mil. av.gi 1 ming yillikning birinchi yarmida O`rta Osiyoda Zardo`shtiylik dini keng
tarqaldi. Zardo`shtiylik diniga ko`ra olov (quyosh), er, suv, havo muqaddas sanalgan
Zardo`shtiylik dinini aoschisi Zardo`sht (turli tillarda Zaratushtra, Zorast, Zardo`sht) ismidan
olingan. Uning tug’ilgan yili noma`lum. Mil. av.gi I ming yillikning birinchi choragida
yashagan. U biz o`z ta`limotini Xorazm yoki Baqtriyada targ’ib qilgan. U 77 yoshida
dushmanlari qo`lida xalok bo`lgan Keyinroq Yevropada bu din targ’ibotchisini Zoroastr
(yunoncha
«astron»—yulduz ) deb atay boshlaganlar, chunki YUnonistonda uni alloma —
munajjim tarzida ardoqlaganlar. SHu nomdan kelib chiqib, uning ta`limotini zoroastrizm deb
yuritganlar.
Munajjim — osmon yoritkichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. Bu so`z arab tilidan
olingan. Zardo`sht 40 yoshida yangi diniy ta`limot payg’ambari bo`ladi. «
Payg’ambar » so`zi
«
savobli ishlar xabarchisi » degan ma`noni anglatadi.
Zardo`shtiyning g’oyalari mil. av.gi IV asrda to`planib 21 kitob qilinadi. Ular
«
Avesto »ning asosini tashkil etgan. Matnlarda yozilgan tafsiflar «