10
Xindistonning kattagina qismi buysunadigan bo`ldi. Kanishka I davrida Kushon podsholigi
o`zining rivojlangan pallasini boshidan kechirdi. O`rta Osiyoda kushonlarning shimoliy
chegaralari O`zbekiston janubidagi Xisor tog’ tizmalaridan o`tgan, hamda tog’li
dovon
(Darband) da chegara devorlari qurilgan. Kushon podsholigi davrida turli eralar mavjud bo`lgan.
(Salavkiylar, Vikroma, Saka eralari va boshqalar). SHuningdek, Kanishka I hukmronligi davrida
Kanishka erasi boshlangan. Ushbu era dlvrida quyidagi podsholar hukmronlik qilgan:
Kanishka I — 1—23 yillar,
Vasishka — 24—28 yillar,
Xuvishka — 28—60 yillar,
Kanishka 11—41 yil;
Vasudeva (Kanishka III) – 64—98 yillar.
Kushon davlati teokratik davlat bo`lib, podsho mamlakachning bosh
kohini bo`lib ham
hisoblangan. Podsholik satrapliklarga bo`linib, satraplar birmuncha mustaqil siyosat olib
borganlar. Kushon podsholigi quldorchilik davlati bo`lib, aholining asosiy qismi qishloq
aholisidan iborat bo`lgan. Diniy siyosatda kushon podsholari erkinlikni ta`minlaganlar, chunki
davlat hududida buddizm, zardo`shtiylik keng tarqalgan bo`lsa, davlatning boshqa joylarida
xind, eroniy, yunon va misr dinlari tarqalgan. Pul munosabatlari savdo va hunarmandchilikning
keng rivojlanishi bilan shakllangan. Pul tizimi oltin va mis tangalardan iborat bo`lgan. III asrning
birinchi yarmi yoki o`rtalarida Kushon davlati tugatiladi. Baqtriya — Toxariston sosoniylar
qo`liga o`tib, sosoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan. Ular esa o`z navbatida Kushonlar
nomi ostidagi yorliq bilan
davlatni idora qilganlar
Ilk o`rta asrlarga oid tarixiy atamalarga nazar tashlaydigan bo`lsak, avvalo eftallar
atamasiga duch kelamiz.
Dostları ilə paylaş: