32
edilar. Angliya (XVII asr) va ayniqsa Frantsiya (XVIII asr) burjua revolyutsiyalari feodal
aristokratiyaga zarba berdi, ammo ular cheklangan revolyutsion bo`lganliklari sababli feodalizm
qoldiqlarini tamomila tugatmadilar, aristokratlar esa ilgari imtiyozlarini va erlaryni bir qismini
saqlab qoldilar. Burjuaziya hukmronligi davrida aristokrat muhim siyosiy rol’ o`ynashini davom
ettirdi.
Bank
(o`rta asrlarda) — feodal davrida tovar—pul munosabatlarining rivojlanishi
banklarga zaruriyat keltirib chiqardi. Bank operatsiyalari sudxo`rlik va pul maydalash yoki
ayirboshlash ishi bilan bog’liq edi, chunki tarkibida turli miqdorda oltin va kumush bo`lgan xar
xil pullar mavjudligi tufayli ayrim mamlakatlar va feodal knyazliklari pullarini boshqa mamlakat
pullari bilan ayirboshlab turishi kerak edi. O`rta asrlarda bank ishi dastavval pul munosabatlari
barvaqtroq rivojlana boshlagan SHimoliy Italiya respublikalarida vujudga keldi. Italiya banki pul
ayirboshlash, sudxo`rlik, bir mamlakatlarida ham rivojlandi. Xususiy shaxslar (asosan ital’yanlar
va yaxudiylar) bilan bir qatorda bank operatsiyalari bilan (ayniksa, sudxo`rlik •bilan) Rim
kuriyasi va ruhoniy ritsar’ ordenlari ham shug’ullandi. Bank operatsiyalari, ayniqsa, ssuda (qarz)
berish qaltis ish edi, chunki yirik feodallar va qirollar ko`pincha qarzni qaytarishdan bosh
tortardilar, natijada bankir xonavayron bo`lardi. Florentsiya bankirlari Medichiga xatto qirollar
va imperatorlar ham qaram bo`lib qolishgan edi, ularning o`zlari esa Florentsiyaning
hukmronlari (tiranlari) bo`lib qoldilar.
Dostları ilə paylaş: