Namangan davlat universiteti


-mavzu: Jamiyatni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə4/40
tarix06.03.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#123845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
5-kursga KURS ISHIGA MA\'LUMOT

3-mavzu: Jamiyatni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni
Reja:

  1. Ta’limning insonparvarlashuvi, huquqiy demokratik davlat qurish jarayoni va kadrlar tarbiyasi

  2. Uzluksiz ta’lim tizimini insonparvarlashtirishning asosiy maqsad tamoyillar

  3. Ma’naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish

  4. Ta’lim-tarbiyaning uzluksizligi, oila va mahalla rolini oshirish

O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 4-moddasida ta'kidlangan, ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplaridan biri ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligini, ta'limning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash dolzarb masalalardan biridir.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'kidlangan: “Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplaridan biri ta'limning insonparvarlashuvidir. Ta'limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga nisbatan bo'lgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvidir”.
Uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish tadbirlari – bu tizimni demokratik va insonparvarlik yo'nalishlarida qayta qurish bilan ham bog'liq. Сhunki, insonparvarlik g'oyalari va tamoyillari milliy g'oya bilan chambarchas bog'liq bo'lib, insonning moddiy farovonligi va ma'naviy barkamolligi, erkin, mustaqil, ijodiy faoliyatini, kishilarning o'zaro hamkorligi, do'stligi, hamjihatligi, birdamligi va bir-biriga g'amxo'rligi kabi eng yuksak, ilg'or insoniy fazilatlarni o'zida mujassam etadi. Odillik, halollik, poklik, to'g'rilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, odoblilik, vijdonlilik, iymon-e'tiqodlilik, mehmondo'stlik, kamtarlik, or-nomusni, sharm-hayo va iffatni e'zozlash, tinchliksevarlik, olijanoblik, el-yurt manfaatini o'z manfaatidan ustun qo'yish kabi yuksak insoniy fazilatlar ham insonparvarlikning namoyon bo'lishidir. Bu esa, o'zo'zidan, uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish ehtiyojini kun tartibiga qo'yadi. Ushbu ehtiyoj mazkur masala bo'yicha ilgari surilgan fikr-mulohazalarni va tavsiyalarni ta'lim-tarbiya tizimiga joriy etish, ijtimoiy-gumaniar fanlar mazmuniga kiritish yo'l-yo'riqlarini o'zida ifoda etadi. O'zbekistonda ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish, umuman jamiyatni insonparvarlashtirishning ajralmas tarkibiy qismi ekanligi ta'kidlanadi va bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan tadbirlardan biri – mazkur tizimni insonparvarlashtirish yo'l-yo'riqlari va maqsadlari ochib ko'rsatiladi.
Bu muammoni hal qilishda uzluksiz ta'lim tizimi o'zi nima?, uni insonparvarlik yo'nalishi, insonparvarlashtirish nima? – degan, savol tug'ilishi tabiiy hol.
Ta'lim – O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuniga muvofiq bu, inson, jamiyat, davlat manfaatlari yo'lidagi aniq maqsadga yo'naltirilgan jarayondir. Ta'lim deganda o'quvni yuzaga keltiradigan tashkiliy va barqaror aloqa jarayoni tushuniladi. Xullas ta'lim avvalo o'quvchilarda bilimlar, uquvlar va malakalar tizimlari shakllanishida ifodalanadigan ta'lim jarayonining nisbiy natijasidir, shuningdek, tarbiya, o'zo'zini tarbiya, ta'sir jarayoni, ya'ni inson qiyofasini shakllantirish jarayoni: bunda bilimning hajmi emas, balki uni shaxsiy sifatlar, o'z bilimlarini mustaqil tasarruf etish uquvi bilan birlashtirish asos hisoblanadi.
Ta'lim berish - o'qitishning turi, o'quvchilarga bilimlar, o'quv va malakalar majmuini berishga va ularni o'qitish jarayonida tarbiyalashga yo'naltirilgan o'qituvchining maxsus faoliyati.
Ta'lim tizimi – ta'limning mazmuni, shakli va usullarini belgilovchi qoidalar (tamoyillar) asosiy ketma-ketlik, oddiydan murakkabga qarab borish tizimi.
Uzluksiz ta'lim – inson butun hayoti mobaynida olishi mumkin bo'lgan ta'lim. Uzluksiz ta'lim deganda, uning rivojlanishi tugamasligi, tadrijiy bog'liq bo'lgan bir necha bosqichlarga bo'linishi, har bir bosqich yangi, ancha yuqori darajadagi bosqichga o'tish uchun imkon yaratishi tushuniladi.
“Uzluksiz ta'lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi: fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish – kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi” .
Uzluksiz ta'lim tizimi – yagona ta'lim tizimi, ta'limni shaxs ijodiy imkoniyatlarining muntazam rivojlanishini ta'minlovchi bir umrlik jarayon sifatida talqin etiladi va uning ma'naviy dunyosini har tomonlama boyitadi. Tizim shaxsning rivojlanish jarayonini, “pillapoya” tarzida uning qaror topishining imkonini beradi, “pillapoya”ning har bir pog'anasi insonning o'z ta'lim jarayonida yanada yuqori darajada erishishga tomon tadrijiy harakatini anglatadi.
Inson – turmush rivojlanishi oliy bosqichi bilan singib ketgan mavjudot, ijtimoiy-tarixiy faoliyat sub'ekti. Inson tizim hisoblanadi, bunda jismoniy va ruhiy, jinsiy asoslanganlik va tan olingan shakllanganlik, tabiiylik, ijtimoiy va ma'naviylik yaxlit bir butunlikni hosil qiladi. Inson bir qator fanlarning o'rganish ob'ektidir: masalan, antropologiya, tafakkur falsafasi, odam anatomiyasi, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va boshqalar.
Insoniylik, gumannost (lotincha humanus-insoniy) – insonni sevish, insonning qadr-qimmati, iztiroblarini hurmat qilish; hamkorlik, birga ishtirok etish, yordamlashish jarayonidagi muloqot va bu faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Insoniylik bilan kelisha olmaydigan har qanday faoliyat g'ayriaxloqiy hisoblanadi; hattoki, “insoniyatga qarshi jinoyat” tushunchasi ham paydo bo'lgan.
Insoniylashtirish – jamiyatda insonparvarlik amallarini kuchaytirish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, muloyimlik va insoniylik bilan uyg'unlashgan holdagi tugallangan estetik shaklga ega bo'lgan insoniy qobiliyatlarni yuqori madaniy va axloqiy darajada rivojlantirish demakdir.
Insonparvarlik («inson» arabcha; «parvar» fors-tojikcha; «lik»o'zbekcha qo'plik qo'shimchasi bo'lib-kishiga g'amxo'rlik, gumanizm) odamzodning qadri, uning erkinligi qobilyatlari har tomonlama nomoyon bo'lishi uchun kurashish, insonning baxt saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta'min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma'nosini anglatadi.
Buyuk adiblarimizning fikricha, insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va iymonning mahsuli hisoblanadi.
Insonparvarlik g'oyalari, baxt saodat va adolatga erishish orzu-havaslari, xalq og'zaki ijodiyotida, adabiyotda, diniy falsafiy, pedagogik ta'limotlarda uzoq o'tmishdan beri o'z aksini topib kelmoqda.
Insonparvar ta'lim - umuminsoniy qadriyatlar, insonning hayoti va sog'lig'i, shaxsning erkin rivojlanishi ustivorligi tamoyillariga asoslangan ta'limdir.
O'zbekistonda ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish, umuman jamiyatni insonparvarlashtirishning ajralmas tarkibiy qismidir. Bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan tadbirlardan biri uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishdir. Bu esa, ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish uni qayta qurishning eng asosiy va markaziy muammolaridan biridir.
Uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng dunyoqarashli va ma'rifatli, aql-idroki mukammal, ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetik, o'z mamlakati va uning jahon hamjamiyatida tutgan o'rni va rolida o'zining fuqarolik mas'uliyatini to'g'ri va to'la anglab yetgan iymonli, komil inson shaxsini tarbiyalash maqsadlaridan kelib chiqadi.
Ta'limni insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda yuksak axloq va fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning or-nomusi, sha'ni va mas'uliyati kabi tuyg'ularni, vatanparvarlikni, ma'naviy-ruhiy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Ta'limni insonparvarlashtirish ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik vazifasini amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. U tashkiliy, uslubiy, huquqiy-me'yoriy, pedagogik-psixologik tadbirlarni o'z ichiga qamrab oladi. Bunday tadbirlar majmuasi insonparvarlik g'oyalarining va ta'lim-tarbiyadagi gumanitar vosita va uslublarning tabiiy-ilmiy va texnik bilimlar doirasiga kirib borishni ta'minlashga va shular orqali taffakurning texnokratik usulini yengib o'tish va bartaraf qilishga qaratiladi.
Ta'limni insonparvarlashtirishning bosh maqsadi - ilmiy-texnik bilimlarning gumanitar ta'lim bilan chambarchas birligini va o'zaro bog'likligini ta'minlashdan iboratdir.
Uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirish ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni insonning ijtimoiy intizomi va uning ixtisoslik bo'yicha mehnat faoliyatining ajralmas va tabiiy belgilariga, xususiyatlariga aylashtirishdan iborat bo'lib, bo'lajak mutaxassisning insonparvarlik sifat va fazilatlarining ustivor bo'lishini ta'minlashga qaratiladi. Ta'limni insonparvarlashtirish rejalari gumanitar turkumdagi fanlarning, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning insonparvarlik xususiyatlaridan ham ta'lim-tarbiya jarayonlarida unumli va samarali foydalanishni keng yo'lga qo'yish bilan birga, bu turkumga kirmagan fanlar, ya'ni fizika, kimyo, biologiya, matematika, shuningdek, texnika fanlari va umuman talim tizimida o'tiladigan barcha fanlarning ham tarbiyaviy tamoyillariga, insonning ma'naviy-ahloqiy ruhiy jihatdan takomillashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat va e'tibor qaratishni, ularning insonparvarlik xususiyatlarini kengroq ochib, tahlil etib ko'rsatib berishni, talaba yoshlarni o'qitish orqali ma'naviy-ruhiy jihatdan ham tarbiyalashni maqsad qilib qo'yadi. O'quv dasturlarining, darslik va qo'llanmalarning yangi avlodini yaratishda, ta'limning texnik vositalaridan foydalanishda, ular uchun maxsus o'quv dasturlari tayyorlashda ta'limni gumanitarlashtirishning mana shu tomonlariga, ya'ni yosh mutaxassislarning ma'naviy-ahloqiy jihatdan barkamol shaxs sifatida takomillashuvida har bir fanning ishtirokini eng yuqori darajada ta'minlashga katta e'tibor berilishi zarur.
Sho'rolar davridagi eski ta'lim tizimining asosiy qusurlaridan biri, uning jamiyat real hayotidagi, o'tmish ajdodlar tomonidan bunyod etilgan madaniy merosdan, asl qadriyatlardan, ijtimoiy ong taraqqiyoti darajasidan ajralib qolganligidir. Bu borada ijtimoiy safsatabozlik ham ta'lim-tarbiya ishlariga katta ma'naviy zarar yetkazadi: rasmiy doiralarda tantanali ravishda e'lon qilingan va iftixor deb ta'kidlangan narsalar bilan haqiqatan mavjud bo'lgan narsalar orasidagi katta ziddiyat borligi aniq-ravshan ko'zga tashlanar edi.
Ta'limni insonparvarlashtirish tadbirlari talabao'quvchilarning o'z ixtisosliklari bo'yicha bilimlari orqali ham, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar orqali va umuman madaniy, ma'naviy-axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shakllangan ko'nikma va malakalarida samimiylik, haqgo'ylik, odamgarchilik, iymon-e'tiqod kabi sof insoniy sifat va fazilatlarning ustun bo'lishini ta'minlashga, bo'lajak mutaxassisning o'z kasb-hunari bo'yicha faoliyatida el-yurtning sihat-salomatligi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy rivoji to'g'risida, mamlakatning tinchligi va osoyishtaligi, ekologik jihatdan tozaligi, obodonchiligi, Vatanning taqdiri va kelajagi haqida g'amxo'rlik qilishga o'rganishi va o'zining bular uchun ham mas'ul ekanligini chuqur his etishini tarbiyalashga qaratilgandir.
Ta'limni insonparvarlashtirish yoki gumanitar ta'limning bosh tamoyili shaxsning intelektual, jismoniy va ma'naviy-axloqiy qobiliyatlarining shakllanishi, taraqqiy etishi va o'zini namoyon qilishi uchun muayyan sharoitini yuzaga keltirishni taqozo etadi, tabiiy-ilmiy fanlarga bo'lgan texnologik munosabat va tusiqlarni yengib o'tishga yordam beradi; fan-texnika va ishlab chiqarishning qaysi tarmog'ida faoliyat ko'rsatishidan qat'iy nazar har bir mutaxassisning madaniyatidan, badiiy-estetik, san'at va gumanitar sohalardan, jamiyatning ma'naviy-axloqiy negizlaridan, boshqa kishilarning va umuman jamiyatning manfaatlaridan ajralib qolmaslik va aksincha ulardan muntazam ma'naviy oziq olish, xabardor bo'lish mas'uliyatini ham oshiradi.
Ixtisoslik fanlari va ilmiy-texnik bilimlar bilan gumanitar ta'limning aloqalarini mustahkamlash, ta'lim-tarbiya tizimlarida ulardan birgalikda samarali foydalanish vazifalarini, mustaqil O'zbekistonning hozirgi sharoitda hayotning o'zi kun tartibiga ko'ndalang qilib qo'ydi: respublikaga ko'plab yangi tipdagi kadrlar kerak. Ular faqat xalq xo'jaligi talablarini qondirish uchungina emas, balki O'zbekistonning jahon jamiyatiga qo'shilishi bilan bog'liq masalalarni bajarish, uning xalqaro madaniy va xo'jalik aloqalarini o'stirish va mutahkamlash uchun ham zarur. Ta'lim va tarbiyada millatning madaniy an'analariga umumbashariy qadriyatlarga murojaat etish ham, shakllangan me'yorlar va qarashlarni qayta anglashga bo'lgan hatti-harakati ham ana shundandir. Eskirgan mafkuraviy qoliplar va ko'rsatmalardan voz kechish, erkin, ijodkor va tashabbuskor shaxsni tarbiyalab yetishtirish, talabao'quvchilar ongini ijtimoiy safsatabozlik, milliy xurofotlardan xalos etish yosh avlod ta'limi va tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifalardandir.
Hozirgi kun fan, madaniyat va ta'lim sohalarida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda, islohotlarning sur'atlari tobora jadallashmoqda. Biroq axborotlar asri talablariga muvofiq o'zgarayotgan hayotimiz ehtiyojlari jamiyat oldiga yangidan-yangi vazifalarni ko'ndalang qilib qo'ymoqda.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ta'lim va tarbiya tizimining barcha bosqichlarini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida isloh qilish tadbirlari ko'rilmoqda. Hozirgi kun bu borada qilinadigan ishlarning birinchi, ikkinchi bosqichi yakunlanib, uchinchi bosqich bo'yicha ishlar amalga oshirila boshlandi.
Shaxsning, insonning ma'naviy, ruhiy kamoloti ta'minlanmasa, jamiyatning moddiy-texnik taraqqiyoti bir tomonlama bo'ladi va kutilgan natijani bermaydi. Ruhiy ibtido yoshlar qalbini yuksak madaniyat va axloqiy fazilatlar bilan boyitishga, ularning umuman millatning ruhiy-ma'naviy rostlanishiga yordam berishi kerak.
Madaniyat gumanitar ta'lim va tarbiyaning muhim qismlaridan biri sifatida talaba-yoshlar ruhiy olamining shakllanishida, hayotiy pozitsiyalarning mustahkalanishida, ularning ijtimoiy faolligining o'sishi va ixtisoslik bilimlari hamda umumnazariy tayyorgarligining oshishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Insoniyat tomonidan to'plangan behisob madaniy boyliklardan bahramand bo'lish, ularni o'zlashtirish yoshlarda gumanistik dunyoqarashning vatanparvarlik, vijdon, e'tiqod, or-nomus, sha'n, mardlik, jasorat, oliyhimmatlik, fidoiylik, insonparvarlik kabi qadriyatlarning shakllanishiga yordam beradi. Yoshlarda bunday sifat va fazilatlarni tarbiyalash maorif va oliy ta'lim tizimida ustivor ahamiyatga ega bo'lishi kerak.
Uzluksiz ta'lim tizimining barcha talabao'quvchilarini Respublikamizning tarixiy shaharlariga, diqqatga sazovor joylariga muntazam ravishda sayohatlar uyushtirib turish, muzeylarga, ko'rgazmalarga, teatrlarga, kontsertlarga maxsus jadval tuzib ommaviy ravishda olib borish, ta'lim muassasalarida ularning mehnat va urush faxriylari bilan, zamonamiz qahramonlari bilan, san'atkorlar,shoir-yozuvchilar, shifokorlar, huquq-tartibot idoralarining mas'ul xodimlari, mahalla oqsoqollari, ota-onalar bilan davra suhbatlarini, uchrashuvlar tashkil etish-bular hammasi yoshlarda milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg'ularini tarbiyalash bilan birga ularning dunyoqarashini yanada kengaytirishga, boyitishga umuminsoniy saviyasini oshirishga yordam beradi. O'quv yurtlarida talabalarning qiziqishlari bo'yicha tashkil etilgan turli xil to'garaklar, klublar, sport sektsiyalari, kasb-hunar tsexlari ham talaba-yoshlarning uyg'un rivoji uchun yaratilayotgan sharoitlardandir.
O'zbekiston mustaqillikka erishishi munosabati bilan uning jamiyat tizimida sifat jihatdan tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Respublikada amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar jamiyatning tubdan yangilanishi, qayta qurilishi uchun muhim zamin yaratadi, shu jumladan, madaniy sohalarda ham, ta'lim-tarbiya tizimida ham keng islohotlar o'tkazish imkoniyatlari vujudga keldi.
Mustaqil O'zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta'limning insonparvarlik va tarbiyaviy vositalariga, jahon ta'lim tizimining ijobiy tajribalari va yutuqlariga diqqat-e'tibor kuchaydi.
Ta'limni (gumanitarlashtirish) insonparvarlashtirish bo'yicha muhim tadbirlar belgilanmoqda. Biroq, bu harakatlar muayyan ob'ektiv sabablarga ko'ra to'siqlarga uchrashi ham tabiiydir. Сhunki, jamiyatda pul-tovar, mulkchilik munosabatlarining tubdan o'zgarishi ommavning ruhiy-psixologik holatida, uning ongi va dunyoqarashida jiddiy o'zgarish yasaydi, ayrim hollarda shaxsning ma'naviy ahloqiy me'yorlarining buzilishiga va buning oqibatida insonparvarlik tamoyillariga to'g'ri kelmaydigan omillarning sodir bo'lishiga olib kelishi ham mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda, ijtimoiy-iqtisodiy o'tish sharoitida, gumanitar turkumdagi fanlar kafedralari ishini ta'limning keng miqyosli, uyg'un, insonparvarlik vazifa va maqsadlarini bajarishga yo'naltirish zarurati tug'ilmoqda. Ayniqsa, oliy ta'lim muassasalaridagi va tibiiy-ilmiy fakul'tetlardagi ijtimoiy-gumanitar kafedralarning ilmiy-pedagogik imkoniyatlarini yanada oshirish, ularni yetakchi va yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash borasidagi ishlarni jadallashtirish, o'quv yurtlarining zamon talablariga javob beradigan yangi tipdagi o'quv qo'llanmalari, darsliklar va axborot vositalariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish navbatdagi muhim vazifalardandir. Gumanitar sohalar bo'yicha mutaxassislar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, bu soha professoro'qituvchilarini qayta tayyorlash ishlarini izchil olib borish zarur. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ayrim oliy o'quv yurtlari qoshida gumanitar sohalar bo'yicha ilmiyo'quv markazlarini tashkil etish. Shuningdek, o'quv-uslubiy, ilmiy, tarjima adabiyotlarini nashr qilishni yo'lga qo'yish, ta'lim-tarbiya muammolari bo'yicha seminarlar, anjumanlar, uchrashuv va davra suhbatlari, muloqotlar o'tkazib turish mumkin. Bu yo'nalishlarda hozirgi kunda ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq bu hali hozirgi davrning tobora oshib borayotgan talab va ehtiyojlariga to'la javob bera olmaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, gumanitar ta'limning ravnaqi, ayniqsa, uning ta'lim muassasalaridagi texnika va tabiiy-ilmiy istiqboli quyidagilarni nazarda tutadi:
1.Gumanitar ixtisosliklar bo'yicha mutaxassislar yetishtirishning sifati va miqdorini oshirish. Bunday vazifani rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib, muhandis-menedjer, muhandis-sotsiolog, muhandis-pedagog, muhandis-psixolog yoki shifokor-pedagog, huquqshunos-pedagog va shu kabi yo'nalishlarda amalga oshirish mumkin.
2.Ta'limdagi tor sohachilikdan fundamental bilimlar olish yo'liga o'tish va bunda asosiy bilimlarning tabiiy-ilmiy sohalargina emas, balki gumanitar sohalarga ham oid bo'lishiga erishish. Bu esa, o'z navbatida, bitiruvchilarning faoliyatini turli xil ko'rinishlariga, turli xil mashg'ulotlarga tezda ko'nikib ketishlariga yordam beradi.
3.Har qanday tabiiy-ilmiy va texnika fanlarini o'qitishga ham gumanitar mazmun kasb etish, bunday fanlarning tarbiyaviy, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy-gumanitar, ekolog salohiyatini, insonparvarlik xususiyatlari va mazmunini ochib ko'rsatish, bunda jahonshumul ilmiy-texnika kashfiyotlari, mashhur olimlarning hayoti va faoliyatidan foydalanish mumkin (masalan, A.Saxarov, H.Abdullaev, I.Mo'minov, O.Sharafiddinov va boshqalar).
4.O'qituvchi shuni anglab yetish kerakki, ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra gumanitar jarayon, bu borada talabani ta'qirlash, kamsitish yoki huquqlarini cheklashning biron bir ko'rinishiga, har qanday sababga ko'ra, yo'l qo'yib bo'lmaydi. Talabaga baho, uning masalasiga qarab emas, balki bilimi, malakasi, qobiliyatiga qarab qo'yilishi zarur. Har qanday talaba dunyoqarash turini o'z erkicha tanlash huquqiga egadir. O'qituvchi sha'niga isnod keltiruvchi ta'magirlik va poraxo'rlik kabi illatlar tamomila bartaraf etilishi kerak.
5. Hayot va jamiyat taraqqiyoti mantiqi kun tartibiga qo'yayotgan ehtiyoj va zaruratlardan kelib chiqib va ularga javoban, ta'lim jarayonlariga yangi-yangi ixtisosliklar, mutaxassisliklar, yangi yo'nalishlarni muntazam kiritib borish va xalq xo'jaligi tarmoqlari uchun zarur kadrlarni tayyorlab berish davr talabidir. Masalan, hozirgi kunda mamlakatimizda yuqori malakali sotsiologlar va psixologlar, huquqshunoslar va siyosatshunoslar, tibbiyotning, sanoat va muhandislikning, qishloq xo'jaligi, moliya va iqtisodning zamonaviy yo'nalishlari bo'yicha yirik mutaxassislar kerak. Ularni o'zimizda yetarli darajada tayyorlash uchun o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim tizimini bunga moslashtirish jarayonlarini jadallashtirish lozim.
Ma'naviy - ma'rifiy ishlarning joriy holati qoniqarli deb bo'lmaydi. Ya'ni bizning targ'ibot - tashviqot ishlarimiz ko'pincha tor doirada qolib ketayotganligi, hayotning keng qatlamlariga kirib borolmayotganligi, tajribasiz ayrim yoshlarning ongiga yetib bormayotganligining naqadar xavfli ekanligiga maxsus to'xtalish mumkin. Buning uchun milliy tarbiyani yuksaltirishda ham davlat bosh islohatchi bo'lishini e'tirof etib, maktablar, litsey va kollejlarda bevosita ma'naviyat masalalari bilan shug'ullanadigan mutasaddi mutaxassislar lavozimlari faoliyatini qo'llab quvvatlashni yo'lga qo'yish, barcha ta'lim muassasalarida bolalarimizni ongini yuksaltiruvchi, ularni ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli tashkilot va to'garaklar tuzish lozimdir.
Ko'zlangan maqsadni amalga oshirish uchun ijtimoiy - gumanitar fanlar hamkorligida pedagogika va psixologiya fanlariga: Oila mafkurasi va uni shakllantirsh mexanizimini ishlab chiqish, o'quvchi yoshlar ma'naviyatini shakllantirishning kompleks dasturini ishlab chiqish, milliy dasturga ma'naviy-mafkuraviy tarbiya yuzasidan qo'shimchalar kiritish, o'quvchi yoshlarni milliy g'oya, mafkura, o'zo'zini anglash, qadriyatlar ruhida shakllantiruvchi milliy tarbiya kontseptsiyasini ishlab chiqish, milliy mafkuraviy kurashning ilmiy-amaliy tizmlarini yaratish, xalqimizning barcha qatlamlari xususiyatlarini aks ettiruvchi va qamrab oluvchi targ'ibot-tashviqot mexanizmlarini ishlab chiqish, milliy ma'naviy g'oyaning yangi ilmiy falsafiy talimini yaratish, kengashlar faoliyatini uslubiy ta'minlashlari kerak bo'ladi.
Milliy tarbiyaning nazariyasi, uslubiyati va o'quvchi yoshlar birlashmalari tizmini, ma'naviyat bilan shug'ullanuvchi mutasaddi lavozim professiogrammalarni ishlab chiqish, o'quvchi yoshlar uyushmalari va ularning tizimi va faoliyati mazmunining shakllarini ishlab chiqish kabi dolzarb amaliy vazifalarning yechimini topishni yuklaydi.
Barkamol avlodni voyaga yetkazishda diniy aqidaparstlikning tarixiy ildizlari, zamonaviy holati va unga qarshi kurashning nazariy asoslariga ham ko'p bog'liqdir. Odamlarimiz tafakkurida og'ir kurash kechayotganidan ogoh bo'lish lozimligi, vaziyat - tarixiy xotira va milliy o'zlikni anglash va bu orqali barcha ma'rifiy mamlakatlarda bo'lganidek, g'oyaga qarishi g'oya bilan kurashishning falsafiy, tarixiy asoslarini yaratishni, inson huquqlari milliy harakat dasturini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa falsafa, tarix, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlarda yangi dunyo qarash va yangi tafakkur shakllanish xususiyatlarini o'rganib, natijalarini hayotga tezroq tadbiq qilishni, milliy o'zlikni anglash jaryonini tahlil qilish, g'oyaviy kurash strategiyasi va texnikasi, usul va shakllarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Mamlakatni demokratik asoslarda qayta qurish va jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish – ko'p qirrali jarayondir. Bunda ta'lim-tarbiya tizimlarining o'rni, ahamiyati, shubhasiz, juda katta. O'zining kundalik tirikchilik tashvishlaridan ortmay qolgan, milliy-tarixiy qadriyatlaridan, urf-odatlari va qadimiy an'analaridan deyarli begonalashgan, tor ixtisoslik doirasida fikr yuritish va faoliyat ko'rsatishdan chiqa olmagan, erkin va ijodiy fikr yuritishdan mahrum etilgan «sovet kishisi»ning ongi va dunyoqarashini o'zgartirish, qalbiga, ruhiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar nurini singdirish, uning bugungi taraqqiy etayotgan madaniy olam, erkin va ilg'or fikrlovchi insonlar darajasida faoliyat ko'rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda ta'lim-tarbiya tizimlari oldida katta va keng miqyosli vazifalar turibdi. Bu, avvalo, yangi davr talablariga to'la javob beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir. Shu jihatdan qaraganda, ta'lim-tarbiya sohasida nazarda tutilayotgan tadbirlarning g'oyaviy-nazariy asoslari milliy mustaqillik g'oyasi bilan chambarchas bog'liq.
Ma'naviy-axloqiy ustuvor vazifalarni amalga oshirish:
- ta'limni insonparvarlashtirishni ta'minlash mexanizmlarini ishlab chiqish, bevosita fanlar bo'yicha ishlab chiqilgan ishchi dasturlarda ta'lim-tarbiya birligini ta'minlash;
- uzviylik va uzluksizlik mezonlariga amal qilgan holda ishlab chiqilgan yangi namunaviy o'quv dasturlarining yangi turkumini ta'lim amaliyotiga joriy qilish.
Ma'naviyat- bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat'iy nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida, ko'nikma va malaka bosqichlaridan o'tib ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy sifatlardir. Demak ma'naviyat asosini bilim tashkil qilar ekan, bilim turlariga mos ravishda ma'naviyat turlarini sanab chiqsak bo'ladi. Bularga diniy ma'naviyat, axloq va odob ma'naviyati, dunyoni ilmiy bilish ma'naviyati, texnik ma'naviyat, kasbiy ma'naviyat va boshqalar kiradi. Axloq va odob ma'naviyati inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini ya'ni, qobig'ini tashkil qilgani uchun, ba'zilar ma'naviyat deganda, kishining axloq va odobga oid bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi deb tushunishadi. Bu ma'naviyatni tor ma'noda tushunishdir.
Haqiqatan ham uzluksiz ta'limni insonparvarlashtirish jarayonida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni to'g'ri belgilash, o'qituvchi-talabalar ongiga mustaqil fikirlashni, turli mafkuraviy va ma'naiy tahdidlarga qarshi kurashish tuyg'ularini singdirish ularni kelajakka tayyorlashda muhim vazifadir.

Tayanch so'z va iboralar


Ta'limning insonparvarlashuvi, milliy va umumbashariy qadriyatlar, inson va jamiyat, uzluksiz ta'lim-tarbiya, moddiy farovonlik va ma'naviy barkamollik, ta'lim tizimi, insonparvar ta'lim, ilmiy-texnik bilimlar, insoniy sifat va fazilatlar, ixtisoslik fanlari, ijtimoiy safsatabozlik, o'qitish tamoyillari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, milliy tarbiya, texnologiya.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


1. Ta'limning insonparvarlashuvi nima?
2. Uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimining mohiyati nimadan iborat?
3. Insonparvar ta'limning mazmuni?
4. Sho'rolar davridagi ta'lim tizimining qusurlari nimadan iborat edi?
5. Ta'lim turlarini insonparvarlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari?
6. Insonparvarlik g'oyasini shakllantirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning roli?
7. Gumanitar ta'limning istiqboli qanday?
8. Ma'naviy sohada insonparvarlikni shakllantirish texnologiyasi mohiyati nimada?
9. Ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot olib borishning tizimi qanday?



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin