Suv transporti. U rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega bo’lib, xalq xo’jaligi yuklarini tashish hamda Turkmaniston, Tojikiston, Afg`oniston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi.
Respublika suv transporti salohiyatida Amudaryoning ulushi katta. Shu bois, birinchi marta 1950 yil Amudaryoning o'rta oqimida Surxondaryo viloyati hududida Termiz daryo porti tashkil etilgan. 1952 yilda esa Xo’jaylida kema ta`mirlash zavodi qurilgan. Amudaryoning quyi qismida daryo sohillarida turli yillarda Sharlavuq, To'rtko’l, Beruniy, Qoratov, Xo’jayli bandargoh (pristan)lari qurilgan.
Istiqlol sharofati bilan 1994 yildan boshlab mamlakat suv transporti xizmatini yaxshlash maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, O'rta Osiyo paroxodchiligining O'zbekistondagi bo’limlari negizida "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo porti", "Qoraqalpog`iston daryo porti" ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi (1995). "O'zavtotrans" korporatsiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish bo’yicha (Toshkentda) bosh boshqarma tuzilgan bo’lib, u mamlakat suv transportiga umumiy rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga Termiz daryo porti, Sharlavuq, To'rtko’l, Beruniy, Qoratov, Xo’jayli bandargohlari, Amudaryo orqali To'rtko’l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko’prik (parom)lari, Xo’jayli kema ta`mirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz daryo porti yiliga 2,5 mln t yukni qabul qilish-jo’natish quvvatiga ega, Afg`onistonning Hayraton bandargohi orqali eksport-import yuklarini yetkazib berishda xalqaro ahamiyatgamolik.
Dostları ilə paylaş: |