20-Mavzu: Ta`lim- tarbiya jarayonida asosiy pedagogik tushunchalar. psixologik-pedagogik kirishuvchanlik ta`lim-tarbiya jarayonidagi “zararli va foydali” konfliktlar
REJA
Pedagogik konfliktlarni bartaraf etish shakllari. Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari.
Konfliktlar tipologiyasi.
Pedagogik konfliktning jarayoni bosqichlari.
Konfliktli vaziyatlarda qarama-qarshi tomonlardan tashqari uning boshqa ishtirokchilari, ya’ni qiziqtiruvchilar, yordamchilar, tashkilotchilar, vositachilar va sudyalar ham ishtirokchi sifatida maydonga chiqadilar.
Dalolatchi (qiziqtiruvchi) - bu bir tomonni konfliktga undovchi shaxs, tashkilot yoki davlatdir. Dalolatchining o’zi keyin bu konfliktda ishtirok etmasligi mumkin, uning vazifasi boshqa shaxslar (guruhlar) o’rtasida konfliktni yuzaga keltirish bilan belgilanadi.
Yordamchi - o’z maslahatlari, texnik, tashkiliy ko’magi va boshqa usullar bilan konfliktga yordam beruvchi shaxsdir. Xalqaro siyosatda qurolli konfliktga sabab bo’lgan bosqinchiga yordam qilish tinchlikka qarshi qaratilgan jiddiy jinoyat deb baholanadi. Mana shunday baho tarix tomonidan ikkinchi jahon urushi arafasida fashistlar Germaniyasiga Angliya va Frantsiya tomonidan ko’rsatilgan yordamga berilgan edi (Myunxen bitimi).
Tashkilotchi - bu konfliktni rejalashtiruvchi, uning rivojlanishini belgilovchi, uni ta’minlash yo’llari va ishtirokchilarni muhofaza qilishni nazarda tutuvchi shaxsdir. Tashkilotchi bo’lib taraflardan biri yoki mustaqil shaxs bo’lishi mumkin. Misol uchun V.SHekspirning “Otello” asarida Otello bilan Dezdemona o’rtasidagi fojiali konfliktda YAgoning o’zi ishtirok etmaydi, biroq, uni har tomonlama tashkil etadi.
Vositachilar faqat yuz berayotgan jarayonlar sabablari va sharoitlarini bilishga harakat qilib qolmay (masalan, sudyalar shunday qiladilar), shu bilan birga konfliktni oldini olishga, uni to’xtatishga va hal qilishga ham urinadilar. Ushbu ma’noda vositachilarni konflikt ishtirokchilari deb hisoblash mumkin.
Amaliy konfliktologiyada vositachilik muammosi muhim ahamiyatga ega. Muzokaralar orqali kelishuvga erishishda konfliktlashuvchi tomonlarga yordam ko’rsatuvchi qat’iy xolis shaxs - vositachini nazarda tutgan tartib eng samarali hisoblanadi. Vositachilikning o’ziga xosligi shundaki, tomonlar odatda kelishuv bitimini o’zlari tuzadilar. Vositachi birorta qaror qabul qilishga vakolatli bo’lmasa-da, uning yordamida erishilgan kelishuv tomonlarning keyingi harakatlarini belgilab beradi.
So’nggi yillarda millatlararo hududiy konfliktlarning ortib borishi bilan tinchliksevar kuchlar (BMT qo’shinlari) deb nomlanuvchi vositachilikka tez-tez murojaat qilinmoqda, ko’p hollarda ular konfliktga bevosita qo’shiladilar. Kongo, Somali, sobiq YUgoslaviya hududidagi bunday vositachilar orasida qurbon bo’lganlar ham bo’ldi. Ta’kidlash kerakki, vositachilar sudyalar singari konfliktda qarama-qarshi kurashuvchi tomonlar hisoblanmaydilar, ularning maqsadlari diametral qarama-qarshi, ya’ni konfliktni rivojlantirishga emas, balki uni to’xtatish, ziddiyatni iloji boricha tinch yo’l bilan hal etishga qaratilgan bo’ladi.
O’z navbatida, vositachidan quyidagi xususiyatlarga ega bo’lish talab etiladi: u dono va ijodkor, konfliktdagi barcha tomonlar uchun axloqiy jihatdan obro’li, xolis va savodxon shaxs bo’lishi lozim. Konfliktlarni hal qilishning an’anaviy shakllariga nisbatan (bevosita to’g’ri muzokaralar olib borish, tomonlarning mahfiy uchrashuvlari va b.) vositachilik qator afzalliklarga ega. Vositachini kurashuvchi tomonlarning o’zlari tanlaydilar, shu bois u tomonlarning o’zlariga qaraganda muzokaralarni oson boshqaradi va nazorat qiladi hamda qulay axloqiy muhitni yarata oladi.
Dostları ilə paylaş: |