Pedagogik konfliktning jarayoni bosqichlari. Konfliktni vujudga kelganini, uning mavjudligi tan olish va uni o’rganish.
Konfliktga tortilgan hodimlar, bevosita konflikt ishtirokchilari hamda konfliktga aloqador bo’lmagan, ammo mana shu jamoaning barcha hodimlarining ziddiyat to’g’risidagi holis fikr-mulohazalarini o’rganish.
Konfliktning asl mazmunini, nima sababdan kelib chiqqanligini aniqlash. Ziddiyatning shaxslararo konflikt ekanligi, yoki tomonlararo konflikt ekanligini belgilash. SHuningdek, jamoadagi osoyishtalikni buzish, jamoaga o’z salbiy ta’sirini o’tkazishga, ish jarayonining buzilishiga sabab bo’layotgan odam mavjudligi yoki yo’qligini aniqlash. Umuman konflikt vaziyatining sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini o’rganish. Ob’ektiv sabablar mavjudligi aniqlansa, ularning oldini olish choralarini ko’rish, masalan, kompyuterning buzilib qolganligi, elektr chirog’ining o’chib qolganligi, qog’ozlarning etishmovchiligi v.h.
Konflikt echimini rejalashtirish. Konflikt echimini topish bo’yicha turli alternativ usullar, yo’llar va stsenariylarni ishlab chiqish. Konfliktning qanday rivojlanib va o’sib borishi mumkinligini aniqlash. Konfliktning o’sib ketmasligi oldini olish choralarini ko’rish.
Konflikt echimi jarayoniga barcha hodimlarni jalb qilishga harakat qilish. Ko’pchilik hollarda bargalikda ziddiyat mazmuni, uning kelib chiqishi va uning echimini topish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash yo’nalishida hamkorlik va birgalikda ishlashning o’zi konflikt vaziyatni yumshatishga, tomonlar manfaatlarini uyg’unlashtirishga, umumiy maqsadlarni topishga, shuningdek uyg’unlik asosida tomonlarni Yangitdan bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Mummoni ochiq muhakamaga qo’yish, har bir hodimning fikr va qarshalarining samimiy bayon qilinishiga erishish, qarashlardagi plyuralizmga erishish, konflikt echimi bo’yicha har bir tomon qarashlarining ifodalinishini yo’lga qo’yish jamoadagi har turli keskinliklar, mavhumlik, gina-qudrat, g’iybat, hafagarchilik, fikrlarning ichda qolib ketishi, g’alamislik, fitna, intrigalar, bo’xton va aniq bo’lmagan ma’lumotlarning tarqalishining oldini oladi.
Butun jamoadagi diqqatni konfliktning mazmunini, muammoning mohiyatini anglashga qaratish va yo’naltirish yaxshi natijalar beradi. CHunki konflikt – bu hayotning, yoki jamoadagi faoliyat jarayonining oxiri emas. Kollektiv bundan keyin ham birgalikda, hamkorlikda ishlashi lozim. Ish yuzasidan esa turli ziddiyatlar bo’lishi mumkin. Ish yuzasidan bo’lgan ziddiyatlarga ish jarayonini yaxshilash uchun vujudga kelgan Yangi vaziyat, ish unumdorligini oshirish imkoniyati, mehnat jarayonlaridagi nizolarni olib tashlash orqali Yangi munosabatlarni o’rnatish jarayoni sifatida qarash o’rinlidir. Konflikt – jamoada yuzaga kelganda ham, oddiy va tabiiy hayot jarayoni bo’lib qolaveradi. Konflikt ko’pincha jamoada vujudga kelgan notabiiy va nizoli holatning Yangi mazmunda qayta shakllantirilishi uchun katta imkoniyat beradi. Katta ishlab chiqarish jarayonlarida, biznes tsrukturalar faoliyatida konflikt mehnat unumdorligini oshirish va mehnat jarayonini jonlilashtirishning muhim va zarur bo’lgan xususiyatlaridan hisoblanadi. Konflikt kelib chiqishidan so’ng vujudga kelgan Yangi vaziyat aynan Yangi qarorlar uchun yo’l ochib beradi. Yig’ilib qolgan muammolarni yuzaga chiqaradi. Ular echimini topishga butun jamoani yo’naltiradi. Tashkilotdagi atmosfera qanchalik osuda va tinch ko’rinmasin uning ichki rivojlanish tamoyillarida konfliktlar rejalashtirilgan va tabiiy o’rnashtirilgan bo’ladi. Konflikt jamoadagi muammoni yorqin va aniq ko’rish, uni xis qilish va uning echimini topish orqali, Yangi ilg’or va taraqqiyot tamoyillarini belgilab olish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bu holat – konflikt mazmunida yashiringan uning yaratuvchanlik imkoniyatlarini ko’rsatadi. Agar tashkilot rahg’bari jamlada ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarni oldindan bashorat qila olsa, yoki vujudga kelgan konfliktlarni yaratuvchanlik tamoyillari asosida rivojlantira olsa, jamoa ichidagi ziddiyatlardan qo’rqmasa, mana shu tashkilotda o’sish va ulg’ayish ta’minlangan bo’ladi.
Konflikt echimi doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash va konflikt vaziyatni hamkorlikda qabul qilingan echimga olib kelish. Har bir tomonning amallari aniq, o’zaro muvofiqlashgan, bir-birini to’ldirgan, adolatli va oddiy bo’lishi zarur. Echimni o’z vaqtida topish konfliktning kuchayib ketmasligini ta’minlashini esdan chiqarmang.
Konflikt vaziyat bo’yicha belgilangan qaror va xulosalarning o’z vaqtida joriy etilishini ta’minlash zarur. Konflikt vaziyatda bir marta qaror qabul qilib, qaror qabul qilingandan so’ng konflikt o’z-o’zicha echiladi, deb o’ylash noto’g’ridir. Konflikt echimi bilan aloqador bo’lgan qarorlarning bajarilishigina konfliktning haqiqiy echimi bo’la oladi. Vaziyat konflikt echimi topilganini ko’rsatishi mumkin, ammo ana shu konflikt echimi amalga oshirildimi, bu sizning keyingi sayi-harakatlaringizga bevosita bog’liq bo’ladi. Agar siz konflikt eichmi topilganligi bosqichida muallaq turib qolsangiz, konflikt o’z echimi ijrosi hes qachon topmaydi, konflikt – konflikt vaziyatida qolib ketaveradi. SHu bois, ziddiyatga doimiy e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Konfliktga yo’l qo’ymasdan ishlayotgan o’qituvchilarning retrobahosi:
birinchi o’qituvchi ideal – o’qituvchi, pedagog namunasi, unga o’xshashni butun hayotlari davomida istashadi;
kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga dars bergan o’qituvchi haqida faqat yaxshi fikr bildirishdi.
mutlaq tajribali, o’z ishining ustasi.
eng yorqin va quvonchli xotira saqlanib qolgan.
to’rt yil davomida yetti o’qituvchi almashdi, hammasi ajoyib kishilar edi.
men o’qituvchimning biror marta chegaradan chiqqanligini ko’rmadim.
o’qituvchimizni sevamiz va hozirgacha eslaymiz.
o’qituvchi onamizdek edi, uni juda sevardik.
konfliktlar yuz bergani yo’q, o’qituvchining obro’si shu darajada yuksak ediki, uning har bir so’zi biz uchun qonun edi.
nizolar yo’q edi, o’qituvchi o’quvchilar va ota – onalar orasida so’zsiz obro’ga ega edi.
u farishta edi, har qanday nuqsonlardan xoli...
Ko’ramizki, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini retrobaholash maqsadsiz kishi qiyofasini asoslaydi, go’yoki bunday shaxs maktabda birinchi marta paydo bo’lgani kabi. Shu bilan birga baholashning asosga ega qismi diqqatni tortadi. O’qituvchilarga berilgan a’lo baho ularning jarohat yetkazmasdan, ziddiyatsiz kasbiy faoliyatiga tegishli bo’lib, ular sirasiga ajoyib inson, yaxshi pedagog, bolalarga mehribon, onalardek mehribon, qoloq o’qituvchilarni e’tiborsiz qoldirmaydi, o’quvchilarni do’stlashtira olgan, talabchan va adolatli, nazokatli kabi sifatlashlar mansub. Ideal o’qituvchidan o’quvchilar ayrim hollarda nuqson ham topishdi: ko’p diqqatini o’z ust – boshiga qaratadi; uning kiyim – boshiga maftun bo’lgan ayrim o’quvchilar mashg’ulotga yaxshi diqqat qilishmasdi; ko’pincha faqat a’lochilarni maqtab, qoloq o’quvchilarga oz diqqat qaratardi, ko’pincha tutaqib, baqirar edi.
Taxmin qilish mumkinki, ko’pgina nizoli to’qnashuvlar kuzatuvdan chetda qoldi. Nimadir o’quvchilar xotirasidan o’chib ketgan bo’lishi mumkin. Biroq bo’lajak o’qituvchining kasbiy fikrlashi uchun maktabda kichkintoylar bilan olib boriladigan pedagogik muloqotning ruhiy muvozanatli, prinsip jihatdan ular ruhiyatiga jarohat yetkazmaslik muhimdir. Bunga qo’shimcha ravishda o’qituvchining kichik maktab o’quvchilari bilan bo’ladigan muloqotida o’zaro ziddiyatsiz munosabatga oid Yana bir xulosani qo’shish joizdir. Bu har bir o’qituvchining bo’lajak muloqotda o’z oldiga maqsad qo’ya bilishi va o’z kasbiy pedagogik faoliyati modelini yuqorida tilga olingan o’qituvchilar namunasida qura bilishi bilan bog’liq xulosadir.
Maktab o’quvchilari xotirasida uzoq muddat hattoki butun umr davomida saqlanib qoluvchi nizoli vaziyatlarni yoritishga urinib ko’ramiz. Konfliktlarga oid faktografik ma’lumotlarni ilmiy qayta ishlash natijasida umumiy ta’limning birinchi bosqichida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlarga bir necha tomondan yondashish mumkin bo’ladi. Konfliktli – nizoli hodisalarning butun manzarasini ko’z oldimizga keltirishimiz uchun quyidagi bir guruh faktlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi:
konfliktda qatnashuvchilar haqida ma’lumot, konfliktli vaziyatlar, ularning ssenariysi mohiyati haqidagi ma’lumotlar. Uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham shunga mansubdir.
Boshlang’ich sinflarda nizolashuvchilar tarkibi turg’un va asosiy tomonlar sifatida o’quvchilar va o’qituvchilar ishtirok etadi.
Konfliktlarning quyidagi turlari qo’shilib ketadi: bir tomondan qoloq o’quvchilar bilan yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar, obro’li va obro’siz o’quvchilar, o’g’il va qiz bolalar, o’g’il bolalar guruhi bilan qiz bolalar o’rtasida nizolashuv mavjud bo’ladi. Ikkinchi tomondan – har har xil malaka va mahoratga ega bo’lgan o’qituvchilar o’rtasida nizolashuv yuz beradi. Ular orasida – juda obro’li, o’ta talabchanlar, o’quvchilar nazarida o’rtacha reytingga ega bo’lganlar hamda yuksak pedagogik mahortaga ega bo’lgan o’qituvchilar ham mavjud.
Nizolashuvchi tomonlar orasida oldingi o’rinni kuchli o’qituvchilar egallaydi. O’qituvchilar bilan nizolashuvchi o’quvchilar soni o’zlashtirish va davomat bo’yicha teng sonlidir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, o’quvchilar bilan ishlashda nizolashuvchi o’qituvchilar (eslatamiz, ular nizolashuvchilarning yarmini tashkil etadi) reyting bo’yicha barcha kasbiy darajalarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya bo’yicha uch guruhga ajratish mumkin:
Didaktik
Axloqiy (Estetik)
Va boshqa nizolar
Nizoli to’qnashuvlarning real manzarasini to’g’ri tasavvur etish uchun ularning qisqacha tavsifiga murojaat qilamiz. Ularning o’ziga xos “invertarlash”dan so’ng muhokama, sharh va xulosalash mumkin.
Asabiylashtiruvchi voqyea – hodisalar kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitishda mohiyat jihatdan unchalik ko’p emas. O’qituvchi – o’quvchi munosabatida 3 guruh o’zaro munosabat yetakchi o’rin tutadi, qaysikim bu holda o’quvchilar ruhiy shikastlanishi mumkin. Ular darsda emas, balki o’qituvchining o’quvchi bilan qiladigan muomalasi, taktikasi, uslubi, o’quvchi qilmishidan g’azablanish kabilarda aks etadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga intizomiy usullar eng kuchli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Bunday usullarning qo’llanishiga doir o’ziga xos misollarni keltirsh mumkin.
Hamma o’quvchilar shovqin ko’tarmoqda, sinfdan esa faqat bir o’quvchi chiqarib yuborildi.
O’quvchilarning ota – onasi bilan o’zlashtirish yuzasidan suhbat o’tkazish maqsadida o’qituvchi ularning bosh kiyimi yoki portfelini olib qo’yadi.