115
150
0
C harorat oralig‘ida almashtirmasdan foydalanish mumkin. Transmissiya
moylari tishli uzatmalarda kontaktlashish joylarida yuqori kuchlanishda
yemirilishini oldini oladi. Moylar moylash xossalarini yuqoriligi bilan birga
harorat – qovushqoqli xossalari ham yaxshi bo‘lishi kerak ya’ni, ular
yemirilishni oldini olishi, issiqlikni chiqarishi, shesternyalarni shovqini va
vibratsiyasini pasaytirishi, ularni urinishdagi kuchlanishlardan himoya qilishi
kerak.
Mexanik transmissiyali uzatish korobkasi moylari va gidromexanik
korobkali moylar farqlanadi. Mexanik transmissiyada moylarni asosiy
funkstiyasi moylashdir, gidromexanikada esa bundan tashqari asosan gidravlik
muhit sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy avtomobil transmissiyalarida moyning
harorati qoidaga ko‘ra 100
0
C dan oshmasligi kerak, ammo kontaktlashish
nuqtalarida harorat 800-1000
0
C ga yetishi mumkin. 15 xil markadagi
transmission moylari ishlab chiqariladi, ular shartli ravishda uch guruhga
bo‘linadi: Qo`ndirmasiz yoki kimyoviy kam aktivli qo`ndirmali (73-2, EFO,
DF-11). O‘rta aktivlikdagi qo`ndirmali (LZ-23k, OTP, LZ-619 va boshqalar).
Yuqori aktivli yemirilishga qarshi qo`ndirmali moylar (LZ-30912, xloref-40).
Klimatik sharoitlarga bog‘liq holda yozgi (TAP-15 V), qishgi (TS-10-OTP),
arktik (TS
3
-9-shp) va barcha fasllarga mos (TE-15-780) transmission moylari
farqlanadi. Transmissiya moylarni katta qismi ekstraktlar yoki qoldiq moylarni
distilyatlar bilan aralashtirish yo‘li bilan tayyorlanadi. TAP – 15 V moyi qoldiq
ekstrakt
va
distillyat
moylari
aralashmasiga
(AZNII-SIATIM-1,OTP)
qo`ndirmalar qo‘shib tayyorlanadi.
Umumiy foydalanishda ishlatiladigan bu
moy past haroratlardagi xossalari yaxshi bo‘lmasada ko‘proq ishlatiladi. Bir xil
va issiq klimatik zonalarda TAp-15V moyini hamma fasllarda ishlatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: