Nizo va stresslarni boshqarish


Quyidagilar nizolarning asosiy sabablari bo’ladi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#140674
1   2   3   4   5   6
Nizo va stressni boshqarish

Quyidagilar nizolarning asosiy sabablari bo’ladi:

  • 4.Hulqning odatlar va hayot tajribasidagi farqlar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadilarki, har xil hayot tajribasi (ma’lumot, ish staji, yoshi va ijtimoiy ta’riflar)ga ega odamlar hamma vaqt ham to’liq o’zaro bir birlarini tushunishga erisha olmaydilar. Ularning hamkorlik qilishlarida nizolar vujudga keladi.
  • 5. Qoniqarsiz kommunikatsion aloqa. Axborotlarga ega bo’lmagan xodimlar vaziyat yoki boshqalarning nuqtai nazarini tushina olmaydilar, bu nizoning sababi bo’ladi.
  • 6. Xodimlarning lavozimli yo’riqnomalari, hamda bo’linmalar haqi- dagi qoidalarning yo’qligi, noaniqligi yoki takrorlanishi.
  • 7. Xodimning huquqlari, uning faoliyat natijalari uchun javobgarligining mutanosib yetarli emasligi.
  • 8. Jamoa a’zolari mehnatini baholashning o’ylab ko’rilmagan mezonlari.
  • 9. Mehnatni yomon tashkil qilinishi va sharoitlari.

Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo’llari.

  • Nizolarni boshqarish – bu nizo vujudga keltirgan sabablarni bartaraf qilish (kamaytirish), nizo ishtiroqchilari hulqiga o’zgarishlar kiritish, ularning maqsadlarini o’zgartirish bo’yicha maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatishdir.
  • Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir necha usullari mavjud bo’lib, ular tarkibiy va shaxslararoga bo’linadilar.

Nizolarni hal qilishning tarkibiy usullari quyidagilardan iborat:

  • ishga talablarni tushuntirib berish. Har bir xodim va guruhga ularni qanday natijalar kutilayotganligi, axborotlarni kim taqdim etish va kim olishi, vakolatlar va ma’suliyatning tizimi kandayligi tushun- tirilishi kerak;
  • vakolatlar (vazifalar)ni nizolashuvchi bo’linmalar orasida tegishli qoidalarga muvofiq to’la, asoslangan va mustahkamlangan holda taqsimlanishi;
  • nizolashuvchi bo’linmalar uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi va integratsiyalovchi mexanizmlardan foydalanish. Vakolatlar ierarxiyasini o’rnatish odamlarning o’zaro hamkorligini tartibga solishga imkon beradi. Nizolarni boshqarishda xizmat guruhlari (maqsadiy guruhlar, kengashlar), bilimlari, xodimlar o’rtasida aloqani amalga oshiruvchi xizmatlar muhim rolь o’ynaydilar;
  • Tashkilot boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish, bo’linmalarni nizoni to’xtatish maqsadida bo’lish yoki qo’shib yuborish;

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin