Nizomiy nomidagi tdpu pedagogik mahorat fani



Yüklə 62,51 Kb.
səhifə6/6
tarix01.12.2023
ölçüsü62,51 Kb.
#136925
1   2   3   4   5   6
mustaqil ish y,,

Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-maʼnaviy ahamiyatini koʼrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.
Holbuki, qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning qadriyatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Masalan, yurtni yov bosganida — ozodlik, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihat-salomatlikning qadri oshib ketadi.
Turli tarixiy davrlarda, turli mamlakatlarda va xalqlarda, ijtimoiy guruhlarda va ayrim individlarda turli-tuman qadriyaviy orientatsiyalar (mezonlar) mavjud bo‘lgan. Ular guruhiy darajada ham individual darajada ham mavjuddir. Qadriyaviy orientatsiyalarning xilma-xilligi turli omillar tomonidan taqozo etilgan. Bular qatoriga atrofni o‘rab turuvchi tabiiy muhit ham, yashash uchun mablag‘lar topish vositalari ham, siyosiy voqyealar, oiladagi tarbiya, shaxsiy hayotiy tajriba va boshqalar kiradi. Muayyan bosqichda, rivojlangan shaklda qadriyaviy mezonlar tizimli xususiyat kasb etadi.
Turli-tuman qadriyaviy orientatsiyalarning qadriyatlar tizimi sifatida tashkil topish ular orasida boshqa dunyoqarash mezonlarini bo‘ysundiruvchi, belgilovchi va shakllantiruvchi, ulardan ustun bo‘lgan qadriyatlar paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, qadriyatlar tizimining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi substansional negiz paydo bo‘ladi. Bu negiz paradigma (ustunlik qiluvchi qadriyatlar) xususiyatiga ega. Jamiyat darajasida olganda (ijtimoiy guruhlar darajasida) ushbu ustun qadriyatlar oxir-oqibatda muayyan tarixiy davrning ijtimoiy jamiyatiga xos tamoyillar bilan belgilanadi.
Individual darajada olganda qadriyaviy orientatsiyalar tizimining shakllanishi shaxsning yetukligini, uning butunligini anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Shaxsning qadriyaviy orientatsiyalari eklektik va qarama-qarshi xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda biz yagona, bir butun tizim sifatida shakllanmagan, rivojlanmagan qadriyaviy mezon­larga duch kelamiz. Qadriyaviy orientatsiyalarda yetuklikning, yaxlitlik­ning va tizimlilikning yo‘qligi ularning tashqi, ko‘p hollarda tasodifiy omillarga bog‘liq bo‘lib qolishga, xulq-atvordagi hatti-harakatlar izchilligining mavjud bo‘lmasligiga, o‘z fikriga ega bo‘lmaslikka, qashshoq, o‘z qiyofasiga ega bo‘lmagan ehtiyojlar tuzilmasiga olib keladi.
Shaklllangan qadriyat orientatsiyalari asosida esa shaxsning dunyoqara­shi, tarbiya va va hayotiy tajriba tufayli ishlab chiqilgan xulq-atvor kodeksi tamoyillariga, hayotiy maqsadlar, chuqur va barqaror ehtiyojlar yotadi. Inson xulq-atvorining motivatsiyasi, yo‘nalish va strategiyasini belgilovchi ehtiyojlar, vaziyatlar va omillar pog‘onasida qadriyaviy orientatsiyalar tizimi, odatda, eng yuqori pog‘onada turadi.
Shaxsning qadriyaviy mezonlarining faoliyatida ongli va ongosti darajalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.



  1. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitutsiyasi. –T.: “O‘zbеkistоn”, 2009. 3-35-bеtlаr.

  2. Kаrimоv I.А. Bizning bоsh mаqsаdimiz – jаmiyatni dеmоkrаtlаshtirish vа Yangilаsh, mаmlаkаtni mоdеrnizаtsiya vа islоh etishdir. –T.: “O‘zbеkistоn”, 2005, 3-30 b.

  3. Kаrimоv I.А. Yuksak mа’nаviyat – yengilmas kuch. –T.: “Mа’nаviyat”. 2008, 18-19 b.

  4. Аliеv B Hoshimov T. vа bоshqаlаr. Pоlitоlоgiya. O‘quv qo‘llаnmа. TDYUI. 2006, 196-210 b.

  5. Аliеv B. Bоbоеv А. Pоlitоlоgiya fаni bo‘yichа tа’lim tехnоlоgiyasi. –T.: TDIU, 2006, 104-114 b.

  6. Mualliflar jаmоаsi. Pоlitоlоgiya. Dаrslik. M.INFО –M.: 2007. 252-271 b.

  7. Mualliflar jаmоаsi. Pоlitоlоgiya. Dаrslik. –M.:.Prоspеkt. 2008, 429-442 b.

  8. Оdilqоriеv Х.T. Rаzzаqоv D.Х. Siyosаtshunоslik. “O‘qituvchi” nаshriyoti. –T.: 2008, 321-332 b.

  9. Nоsirхujаеv S. va boshqalar. Pоlitоlоgiya. –T.: “Fаn”. 2009, 392-437-b.

  10. IAKarimov, Ma'naviy yuksalish yo'lida. T. 1998 y.

  11. Abu Nosr Forobiy. Fozil odamlar shohrl. T.1993 y.

  12. Ajdodlar o'girl. Pikmatlar, hikoyatlar tamoyillari. T.1991 y.

  13. . Vatan tuyg'usi. T."O'zbekiston", 1995.

  14. Ship I.N. Magmala san'ati (Pedagogik izlanishdan). T.1990 y. 6. Kaykavus. Qobusnoma, 1991. UZ

  15. Muomala treningi. (Uslubly qo'llanma ToshDU). T.1994 y 8. A.Munavvarov. Oila pedagogikast. T.1994

  16. www.Ziyo.net.uz

Yüklə 62,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin