Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi O. E. Mamarajabovning “Kompyuter tarmoqlari” fanidan yozilgan o‘quv qo‘llanmasi uchun taqriz
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi O.E.Mamarajabovning “Kompyuter tarmoqlari” fanidan yozilgan o‘quv qo‘llanmasi uchun TAQRIZ Bugungi kunga kelib dunyoda ta’lim berish va ta’lim olish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki aynan sifatli ta’lim biz yashab turgan dunyoni turli muammolardan qutqarishda muhim rol o'ynashi endi hech kimga sir emas. Bu borada mamlakatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda, fikrimizcha, ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni jalb etmasdan ta’lim sifatini oshirish mumkin emas.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada 60112400-Professional ta’lim (60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari) yo'nalishi o'quv rejasiga « Kompyuter tarmoqlari » fani kiritilgan. Fan bo‘yicha kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar, lokal kompyuter tarmog’iga kirish, intrenet- global komyuter tarmog’i, turli xil muloqat tizimlari, bulutli texnologiyalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu esa keyingi mutahassislik fanlarining asosini tashkil etadi.
Unda Kompyuterlarning tarmoq tushunchasi, turlari va ularning ko‘rinishlaridan mintaqaviy, lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari, kompyuter tarmog’ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli, kompyuter tarmog’ining protokollari, lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari va ularning turlari, internet tarmog’ida adreslarning tuzilishi va sistemaviyligi, ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish yo‘llari. internet xizmatlari va ularning turlari, brauzerlar va ularning turlari, internet explorer, opera va boshqa brauzerlar bilan tanishish, internet tarmog’ida qidiruvni tashkil etish, serverlar serverlarni boshqarish, elektron pochta yaratish, elektron pochta orqali ma’lumot almashish chat tizimida ishlash va boshqalarni o‘rganish uchun o‘z nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirib, batafsil tushunchaga ega bo‘ladilar.
O.E.Mamarajabovning ushbu o‘quv qo‘llanmasi, Nizomiy nomidagi TDPU 60112400-Professional ta’lim (60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari) yo‘nalishi talabalari uchun “Kompyuter tarmoqlari” faniga oid bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishlari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kompyuter injinering fakulteti “Multimedia texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) D.K. Sharipov