Dars turi :yangi bilim beruvchi, fanlararo bog‘langan.
Metod: ifodali o‘qish metodi, suhbat, didaktik o‘yin, muammoli izlanish, munozara, tezkor savol-javob,
Shakl: jamoa, guruh bilan ishlash, individual ish.
Jihoz: texnik vositalar, plakatlar, hikoyaga oid rasmlar, marker, kley,rag‘bat kartochkalari.
Ta’limiy: to‘g‘ri, ifodali va ravon o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish, nazmiy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qila bilish. Lug‘at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy: o‘g‘irlik va haqlollik haqida tushunchalarga ega bo‘lish, ularni bir-biridan ajratishni o‘rgatish, kasb va hunarga yo‘naltirish, Vatanga muhabbatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: 0‘quvchilaming to‘g‘ri va ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, nutqini ,dunyoqarashini o‘stirish.
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning
nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy
qism
|
0‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
«Tez javob»
didaktik
o‘yini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
(Reflek-
siya)
ehtiyojlami
aniqlash
|
Dars shiori tanlanadi. Dars davo- mida rioya qilish lozim bo‘lgan qoidalar belgilanadi.
|
Didaktik
o‘yin
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
darsning
borishi.
|
0‘tgan darsni so‘rab baholash, o‘qish malakalarini tekshirish.
Rebusni yechish.
3. Hikoya muallifi haqida suhbat
4. Yangi mavzuning bayoni,
kirish suhbati
5. Hikoyani o‘qish
6. Lug‘at ishi.
7. Slayd orqali hikoyaga oid maxsus tayyorlangan multfilm qo‘yib ko‘rsatiladi.
8. Topshiriq bilan o‘qitish
9. Dam olish daqiqasi( inglizcha)
|
suhbat
izlanish
suhbat
suhbat
o‘qish
izoh
namoyish
ifodali
rolli oyin va qo‘shiq aytish
|
5 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
5daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
1 daqiqa
|
4-bosqich
mustah-
kamlash
|
1.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollarga javob beriladi, o‘quvchilarning bilim darajalariga qarab boshqa savollardan ham foydalanadi.
2. Muammoli vaziyat yaratish
3.Sahna ko‘rinishi
4.Matematika faniga bog‘lash (quyonning,baqaning,o‘rdakning savoliga javob berish)
5.Boshqotirma hal etiladi.
6.Moychechak mashqi(atrof-olam)
7. Ona tili fani bilan bog‘lanish(Hikoyaning nomini jarangli va jarangsiz undoshlar bo‘yicha tahlil qilish)
|
мuammoli
savol-javob
Izlanish
izlanish
munozara
Izlanish
Tarmoqlash
Tahlil
|
3 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
|
5-bosqich
Baholash
Darsni
yakunlash
|
0‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytinggi e’lon qilinadi, g‘olib guruh aniqlanadi.
Dars yakunlanadi.
|
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
|
Hikoyani o‘qish, qayta hikoyalash,xulosa yozish, rasm chizish topshirig‘i beriladi.
|
tushuntirish
|
1 daqiqa
|
DARSNING BORISHI
1. “Mening dostim kompyusha” mavzusi yuzasidan suhbat o‘tkaziladi, uning mazmuni so‘raladi va matnni o‘qish mashq qilinadi. Matndagi notanish va tayanch so‘zlar ustida so‘zlaydilar. Matn asosida “Bobodehqonga yordam bering” o‘yini o‘tkaziladi. Ya’ni matndagi savollarga javob beriladi. 0‘yin shu tariqa davom etadi. Bunda o‘quvchilar yuk mashinasiga mevalar,sabzavotlar va poliz ekinlarini ortishga yordam beradilar. Bobodehqon xursand bo‘ladi.
-Bolajonlar,bolalar adiblaridan kimlarni bilasiz?
2. Rebusni yechish.
-Ushbu rebusni yechsak,bugungi hikoyamizning muallifining ismi-sharifi kelib chiqadi.
-Topdingiz, aynan Anvar Obidjon.
3. Muallif haqida ma`lumot.
A nvar Obidjon-Oz’bekiston xalq shoiri.U 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan.ToshDU(hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.”Ona yer”,”Ey,yorug‘ dunyo”, “Olovjon va uning do‘stlari”, “Bezgakshamol”,Akang qarag‘’ay Gulmat”va ko‘rlab asarlar mualllifi.U she’r yozishni juda erta mashq qilgan, 6-sinfidayoq “Guncha” jurnalida “Shkafcham”degan she’ri chop etiladi.
Adib 1997-yilda “Shuhrat” medali, 2011-yilda “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. “Bekinib olgan sirg‘acha” hikoyasi 1995 yilda yozilgan.
4. Yangi darsning bayoni, kirish suhbati
- Sirg`acha nima, uni kimlar taqadi?
5. Hikoyani o`qish
BERKINIB OLGAN SIRG`ACHA
Barchinoy tomorqada o`ynab yurib, chap qulog`idagi sirg`achasini yo`qotib qo`ydi. Dadasi yaqindagina olib beruvdi. Juda chiroyli edi, yam-yashil bargga o`xshab yasalgan edi. Balki, anavi ariqchaning bo`yida yotgandir-u, Barchinoy uning tusini o`t-o`lanlardan ajratib ololmayotgandir. Balki, berkinmachoq o`ynagisi kelib, shunchaki yashirinib turgandir.
Ayam bilib qolsa, rosa achchig`i chiqadi, endi nima qilsam ekan, deb o`yladi Barchinoy. Sabzi urug`i sochilgan ang`izda dikir-dikir sakrab, tinimsiz tuproq titkilayotgan chumchuqchani ko`rib, unga yaqin bordi.
–Chumchuqcha, chumchuqcha, - dedi Barchinoy, - menga bozordan sirg`aсha olib kelib ber.
–Chumchuqcha esa: «Chiriq-chiriq-chiriq... Bozorga borsam, don-dun sotayotganlar menga tosh otishadi. Bozorga borishdan qo`rqaman», dedi-yu, pir-r etib uchib ketdi.
–Barchinoy ona tovuqning yonida chiy-chiylab yurgan sap-sariq joʻjalarni кo`rib, ularni chorlashga tushdi:
–Jip-jip-jip, buyoqqa kelinglar. Menga bozordan sirg`a opkelib bersalaring-chi, mallatoylarim.
–Jip-jip... Jajji jo`ja bozorga borolmaydi, – deb juvillashdi jo`jalar. Onamizga jippa-jippa yopishib yurmasak, jichcha-jichcha kaltak yeymiz.
Keyin Barchinoy molxona tuynugining ustidagi kavakdan mo`ralab qarayotgan musichaga yalindi:
–Musichaxon, musichaxon, menga bozordan sirg`a opkelib ber.
– Quqqu-g`uv, quqqu-g`uv... Men bola ochaman deb tuxum bosib yotibman, bozorma-bozor sang`ishga vaqtim yo`q, - deya javob qildi musicha va iniga yanada biqinib oldi.
Shu payt tepadan: «Hey, qiz!» – degan ovoz keldi. Barchinoy qarasa, yong`oqning baland shoxida semiz bir hakka ko`zini chaqchaytirib turibdi.
Men hakkavoyman, shaq-shaq-shaq, - dedi hakka. — Anavi musicha bilan nimani gaplashayotgan eding, Barchinoy?
Barchinoy bo`lgan voqeani aytib berdi.
Shunda hakka: «Bunaqa ishga, mana, biz vaqt topamiz. Sen menga yong`oq chaqib tur, men senga oltin sirg`a olib kelib beraman», dedi-da, shoxdagi yong`oqlarni cho`qib-cho`qib to`ka boshladi.
Barchinoy yong`oqlarni chaqib bo`lguncha, hakka qayoqqadir borib, tumshug`ida bir juft sirg`a ko`tarib keldi. Sariq-qizg`ish bu sirg`alar rostdan ham oltin bo`lib, quyoshda yalt-yult tovlanib turardi. Barchinoy bu sirg`alarni kimning qulog`ida ko`rganini darhol esladi.
–Yo`q-yo`q, - dedi Barchinoy, - o`g`irlik judayam- judayam yomon narsa. Ertaklardagi o`g`rilar doim jazosini tortishadi. Qing`ir qo`l bo`Isang, sen ham oxiri bir baloga yo`liqasan.
Barchinoy bu sirg`alarni tanib, mitillaganicha qo`shni hovliga kirib bordi, bo`lgan voqeani aytib, kelinchak opasiga taqinchog`ini qaytarib berdi. Uzumlar soyasida bosh yuvayotib, ho`l qilmayin deb yechib qo`ygan sirg`alari pismiq hakkaga o`lja bo`lganini yosh kelinchak shundagina anglab yetdi.
Bu voqeani eshitib, Barchinoyning kattadadasi nihoyatda sevinib ketdi, «balli, Barchinim, doim shunaqa aqlli,saxiy bo`lgin», deb peshanasidan o`pdi. Keyin: «Bozor kuni shaharga borib, o`zim senga zo`r sirg`acha opkelib beraman», dedi.
Qayerdadir yashirinib yotgan qaysar sirg`achasini eslab, hanuz yuragi siqilayotgan Barchinoyning ko`ngli, bu maqtov-alqovlardan so`ng, birdan yorishib ketdi.
1. Sirg‘a- zirak,xalqa(taqinchoq).
2. Sabzi urug‘i sochilgn ang‘iz- sabzi urug‘i sochilga yer.
3. Jippa-jippa yopishib-qattiq yopishib, oldida yurish.
4. Molxona tuynugi-molxona derazasi,teshigi
5. Biqinib oldi- yashirinib oldi, kirib oldi
6. Ko‘zini chaqchaytirib-ko‘zini katta ochib, ko‘zini lo‘q qilib
7. Qing‘irqo‘l-egriqo‘l,o‘g‘ri
8. Hanuz- hozirgacha,ayni paytgacha.
|
Dostları ilə paylaş: |