Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə160/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Sintaktik aloqa turlari
So`zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog`lanish, aloqa ikki xil bo`ladi: 1) teng bog`lanish yoki teng aloqa; 2) tobe bog`lanish yoki tobe aloqa.
Teng bog`lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo`lgan biri ikkinchisiga bo`ysunmagan so`zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so`zlar yoki gaplar o`zaro teng bog`lovchilar, teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar, ohang yordamida munosabatga kirishadi. Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go`zal ezgulikdir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Birinchi misolda eng maqbul, go`zal so`zlari o`zaro teng bog`lanib, gapda uyushiq sifatlovchi vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
Tobe bog`lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo`lgan a’zolar (so`zlar, ergash gapli qo`shma gap qismlari) o`zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to`ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to`ldiradigan a’zosi tobe, izohlanadigan a’zo hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o`qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo`lsa, qadr-qimmati ham bo`ladi (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Birinchi misolda so`z birikmasi tarkibidagi so`zlardan biri hokim qism (o`qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe a’zo bo`lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo`shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland bo`ladi» hokim a’zo, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo`lsa» tobe a’zo ergash gap sifatida qatnashgan. Shunday qilib, bog`lanishning ikki xil turini so`zlar orasida ham, gaplar orasida hamkuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog`lanish haqida «Qo`shma gap» bo`limida baxs yuritiladi).
So`zlar orasidagi tobe bog`lanish ikki xil bo`ladi:
1) predikativ tobe bog`lanish; 2) nopredikativ tobe bog`lanish.
Ega va kesimning bog`lanishi predikativ tobe bog`lanish hisoblanadi va bunday bog`lanishdan gap hosil bo`ladi. Tobe (ergash) bog`lanishning qolgan ko`rinishlari (aniqlovchi+aniqlanmish, to`ldiruvchi+to`ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe bog`lanish bo`lib, bunday bog`lanishdan so`z birikmasi yuzaga keladi.
So`zlarning nopredikativ tobe bog`lanishi uch xil bo`ladi: 1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) muvofiqlashuv.
1. Boshqaruv. Tobe so`zning hokim so`z talab etgan shaklda kelishi boshqaruv deyiladi. Bunda boshqariluvchi so`z bosh va qaratqich kelishigidan tashqari boshqa kelishik shaklini yoki ko`makchini olib keladi. Boshqariluvchining qaysi kelishik yoki ko`makchi bilan shakllanishi boshqaruvchi so`zning ma’nosi, semantikasi bilan belgilanadi: kitobni o`qimoq, qariyalarga g`amxo`rlik qilmoq, universitetda o`qimoq, ishdan qaytmoq, o`quvchilar bilan suhbatlashmoq kabi.
Boshqaruv ikki xil bo`ladi: kelishikli boshqaruv va ko`makchili boshqaruv.
Kelishikli boshqaruvda boshqariluvchi so`z ma’lum kelishik shaklida qo`llanadi: kattalarni hurmat qilmoq, tog`ga chiqmoq kabi.
Ko`makchili boshqaruvda boshqariluvchi so`z ko`makchi orqali shakllanadi: zavq bilan ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi.
Boshqaruv usuli bilan bog`lanish to`ldiruvchi-to`ldirilmish, hol-hollanmish munosabatlarini yuzaga keltiradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin