Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə59/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

О`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI47

1995-yil 24-avgust 339- son Toshkent shahri




О`ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI
TASDIQLASH HAQIDA

О`zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan о`zbek alifbosini joriy etish tо`g`risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. О`zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan о`zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
3. О`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va о`rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qо`mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qо`llanma sifatida о`zbek tilining imlo lug`atini, kishi ismlari va joy nomlari lug`atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini kо`rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bо`limlariga yuklansin.


VAZIRLAR MAHKAMASINING RAISI I. KARIMOV


9-MA`RUZA
ONA TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI


Harflar imlosi


Unlilar imlosi
1. Aa harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og`a; sentabr, noyabr kabi sо`zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi sо`zlarning oldingi bо`g`inida, vaqt, vahm kabi sо`zlarda a aytiladi va yoziladi.
2. Oo harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi sо`zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi о`zlashma sо`zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. Ii harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi sо`zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) о`tin, о`rik, bо`lim kabi oldingi bо`g`inida о` unlisi keladigan sо`zlarning keyingi bо`g`inida i aytiladi va yoziladi.
4. Uu harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; kо`zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi sо`zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg`ovul, chirmovuq kabi so`zlarning oldingi bо`g`inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bо`g`in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
5. О`о` harfi о`t, о`q, о`zbek, о`simlik, dо` ppi; bо`takо`z, semizо`t, gulkо`rpa, noо`rin kabi sо`zlarda orqa qator о`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6. Ee harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e’lon, ne’mat, she’r kabi sо`zlarda old qator о`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin