Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə82/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

Paronimlar va ularning turlari

Paronimlar (talaffuzdosh so’zlar) - yunoncha para – “yonida”, onyma – “nom” so`zlaridan hosil qilingan bo`lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma'nosi har xil bo’lgan so’zlardir. Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr - asir, shox - shoh, amr - amir.


Paronimlar ba'zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so’z turkumiga ham, turli so’z turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: zirak (ot) - ziyrak (sifat); asr (ot) - asir (ot). Paronimlarning quyidagi turlari mavjud:

  1. lug’aviy (lеksik) paronimlar: shox-shoh, asl-asil, nufuz-nufus, dara-dala, dadil-dalil; 2) frazеologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi (tеtiklashmoq), og’ziga qaramoq (tinglamoq) – og’ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq).


12-MA’RUZA
LUG`AT TARKIBIDAGI SO`ZLARNING KELIB CHIQISHI VA QO`LLANISHI JIHATIDAN TAVSIFI
REJA:
1. O`zbek tili leksikasida o`z qatlam.
2. O`zbek tili leksikasida o`zlashgan qatlam.
3. Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar).
4. Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar).
5. Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi.
6. O`zbek tili leksikasining boyish manbalari.
7. Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar).
8. Qo`llanish doirasi chegaralanmagan leksika (so`zlar).
9. Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi.
10. O`zbek tili leksikasining boyish manbalari.
Tilning lug`at tarkibidagi so`zlar kelib chiqishi jihatidan turli-tumandir. Dunyoda faqat o`z so`zlaridangina foydalanidan bironta til yo`q. O`zbek tili ham bundan mustasno emas. Shunga ko`ra tilimizda mavjud bo`lgan so`zlarni bir qancha guruhlarga bo`lish mumkin.
O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam

Ma’lumki, o`zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo`lib kelgan. Bu aloqalar o`zaro aloqada bo`lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o`z ta’sirini o`tkazadi. O`zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo`limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o`zgarishlar yuz beradi. Tildagi o`zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo`ladi.


O`zbek xalqi qardosh bo`lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo`ldi. SHuning tarixiy sabablar bilan bog`liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo`ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do`stona aloqalar o`rnatgan. Bular o`zbek tili leksikasiga ko`plab so`zlarning o`zlashishiga sabab bo`lmoqda.
Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
1. O`z qatlam.
2. O`zlashgan qatlam.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin