Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə14/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

Quyon bo‘lib qochdilar...
El turib shu choq: "Oygul!
Xonni o‘ldir! - dedilar.
Butun yurt va barcha el,
Sendan ushbuni tilar ".
Oygul el talabini,
Qilib o‘ldirdi xonni (128-129-betlar).
Xalq qahramoni - tanti va afkor. Shu bois u o‘z dushmanini elning xoxish irodasiga binoan o‘ldiradi. qolaversa, bu tasvir ertak-poema yozilgan yillar ruhi va talabiga mos tushadi.
Xalk doston va ertaklariga xos tasvir usuli, ifoda yo‘llarini yaxshi bilgan shoir asarni ertak ruhiga monand xotima bilan yakunlaydi.
Yozuvchi tasvirlaydi, ertakchi esa hikoya qiladi. Shunga ko‘ra folklor asarlariga realistik yozma adabiyot talablarini qo‘yib bo‘linganidek so‘z san’atining har ikki turi chatishmasidan yuzaga kelgan "Oygul bilan Baxtiyor" ertak-dostonining badiiy xususiyatlarini o‘rganish ham alohida munosabatni talab qiladi. Masalan, qul Tarlon tomonidan zindondan Oygulning ozod qilinishi realistik tasvir talablari jihatidan hayot haqiqatiga zid badiiy nuqson sifatida qaralishi mumkin. Ammo xalq ijodiyotida bu narsa to‘la oqlanadi. Chunki ertak estetikaning ijtimoiy-tarixiy voqelik va hujjatlilik talablari vujudga kelishidan oldinroq yuzaga kelgan janrdir. Shu bois ertakchi qahramonning ruhiy kechinmalari, uning faoliyatiga aloqador bo‘lgan ikir-chikirlarni asoslab o‘tirmaydi. Mana shu talabni yaxshi bilgan H.Olimjon asarning kompozitsion yaxlitligiga putur yetkazmaslik maqsadida epik konsepsiya izchilligiga xalq ommasining pozitsiyasidan turib yondashadi.
Ertak-poemadagi voqealar rivojida shoir ertakka xos badiiy shartlilik qonuniyatiga amal qiladi. Oygulning Jayxun baliq ichidan tirik chiqishi, baliq ichidan qimmatbaho gavharlarning topilishi, ular evaziga Susambil xalqining kuchayib, zulm va istibdodga qarshi bosh ko‘tarishi og‘zaki badiiy so‘z san’atining shartlilik qonuniyati namunasi bo‘la oladi.
Avtor nutqi xalq jonli tiliga xos sifatlash, jonlashtirish hamda o‘xshatishlarga boy. Masalan, sandiq ichidan chiqqan qahramonning qaddi-komatini azim chinorga o‘xshatadi:
Sandiqdan bir jonivor
Qomatini ko‘tardi.
Chinordayin bo‘yi bor,
Odamga o‘xshar edi (115-bet).
Xulosa qilib aytganda, H. Olimjon xalq ertagining syujetiga ijodiy yondashib, asardagi umuminsoniy g‘oyalarni, ertakka xos an’anaviy shakliy-poetik vositalarni individual badiiy to‘qimalar bilan uyg‘unlashtira olgan. Shoir "Oygul bilan Baxtiyor" ertak-dostoni orqali xalqning badiiy tafakkuri elagidan o‘tgan ertak syujeti va motivlaridan ijodiy foydalanish imkoniyatlari kengligini amalda isbotlab berdi. Ayni shu an’anani u 1939 yilda yozgan "Semurg‘" ("Parizod va Bunyod") ertak-dostonida ham muvaffaqiyatli davom ettirdi.
Ushbu ertak-dostonda H. Olimjon xalq ertaklariga xos syujetni o‘zgacha talqinda aks ettiradi. Mehnatkash xalq farzandi Bunyod sevgi yo‘lida barcha qiyin shartlarni bajaradi, ammo podshoning qizi Parizod o‘z ahdida tura olmaydi. Ertak-doston sevgi yo‘lida aldangan Bunyodning podsho va uning bevafo qizini la’natlashi bilan yakunlanadi.
"Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod" ertak-dostoni aniq biror ertak syujeti asosida yaratilmagan. Shoir bu asarni xalq ertaklariga xos motiv va tafsillarni betakror badiiy to‘qima ipiga tizish orqali yaratadi. Diqqat qilinsa, H.Olimjon xalq ertaklari an’anaviy unsurlarini ijodiy qayta idrok etish uchun saralab olganligining shoxidi bo‘lasiz. Masalan, keksa podsho hamda uning yakka-yu yagona tantiq qizi, kuyovlikka da’vogarlar oldiga mushkul shartlarning qo‘yilishi, bu shartlarning esa yuqori tabaqaga mansub kishilarning farzandlari tomonidan emas, balki xalq orasidan chiqqan oddiy kishilar tomonidan bajarilishi fikrimizni tasdiqlaydi.
Shoirning badiiy mahorati shunda namoyon bo‘ladiki, ertak-poema folklorona rux bilan individual badiiy to‘qima nisbati muayyan qonuniyat vositasida uyg‘unlashadi. Chunki o‘zbek xalq ertaklari sirasida "Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod" nomi bilan ataladigan ertakning o‘zi mavjud emas. Shu bois, asar ertakona boshlanma bilan emas, balki realistik asarlarga xos ekspozitsiya bilan boshlanadi:
Sarv qomat Parizod,
O‘sdi g‘amlardan ozod
Bahor yanglig‘ ochildi,
Gullar kabi sochildi (170-bet).
O‘jar qari qizi erga tegayotganidan keksa podshoning nomini va Parizod tomonidan kuyovlikka da’vogarlar oldiga og‘ir shartlarning qo‘yilishi ertak-dostonning folklorga xos epik tuguni deb xisoblash mumkin. Shoir tomonidan bosh qahramonni tanishtirish Bunyodning "zo‘r chinorni yiqitmoqqa" qodir ekanligiga ishonchsizlik bildirishi folklorda keng tarqalgan an’anaviy motivdir.
Xalq ijodiga xos fantastik motivlarning ishtiroki jihatdan qiyoslaganda, shoir bu xildagi motivlardan "Oygul bilan Baxtiyor"ga qaraganda "Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod" asarida ko‘prok istifoda etganligining guvohi bo‘lamiz. Chunki birinchi ertak-dostonda hayot haqiqatiga zid keluvchi fantastik tasvir asosan Oygulni Jayxun balig‘ining yutib yuborishi va baliqning qornidan tirik chiqishi bilan kifoyalanadi. "Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod" ertak-dostonida esa bunday fantastik tasvirlarni bir necha o‘rinda uchratish mumkin. Ayni shunday o‘rinlarda shoir xalq ertaklariga qaraganda ko‘proq xalq dostonlariga xos tasvir usullariga amal qiladi. Bu narsani dostondagi tulporning parvozi tasvirida ko‘rish va qanoat qilish mumkin:
Ot yashinday qo‘zg‘aldi,
O‘t singari yo‘l oldi.
Bulutlar orasida,
Osmonning qorasida
U chinorga o‘tirdi,
Chinor tomiri bilan,
Ko‘kargan yeri bilan
qo‘porildi guvillab (177-bet).
Bundan tashqari, Semurg‘ hamda odamxo‘r devning odamlarga o‘xshab suxbatlashishi kabi fantastik tasvirlar xalq ertaklari va dostonlariga xos an’anaviy tasvir unsurlari asarda o‘rinli istifoda etilgan. Bu xildagi badiiy –komponentlar ijodkorning boy xayoloti va hayotiy kuzatishlari bilan omuxtalashgan xolda ertak poemadagi bosh g‘oyani yuzaga chikarishga xizmat qildirilgan.
Mazkur ertak-poemada mardlik va halollikni ulug‘lash, yovuzlik va munofiqlikni qoralash yuqorida aytilga, foliklor motivlari vositasida yorqin ifodalangan, eng muhimi, ertak-poemani o‘qishli hamda sevimli asarga aylantirgan. O‘quvchi ahdiga xiyonatkor, o‘zgalar mehnati hisobiga kun ko‘ruvchilar tabiatidagi illatlar tipik xol ekanligini chuqur anglab yetadi, Bunyodning qaytishini kutmay takabburlik qilgan Parizodning quyidagi so‘zlaridan nafratlanadi:
Cho‘ponni sevolmadim,
Qancha botir bo‘lsang ham,
Zo‘r bahodir bo‘lsang ham.
To‘shaging xas deb bildim,
Aslingni past deb bildim (193-bet).
Xulosa qilib aytganda, "Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod” asari H. Olimjonning o‘zbek poemachiligida Folklor an’analaridan foydalanilgan go‘zal asarlaridan biri deb hisoblashga loyiq .
Agar diqqat qilinsa, ertak-dostonda folklor asarlariga xos an’anaviy yechim ko‘zga tashlanmaydi. Bizningcha, shoir bu asarini xalqona syujetni o‘sha paytlarda mavjud bo‘lgan hukumron mafkura, adabiyotning sinfiyligi haqidagi qarashlar ta’sirida yozgan. Xukmron tabaqa vakillarida odamiylik, sevgida sadoqat yo‘qligi haqidagi qarashlar ayni shu ertak-dostonda o‘z ifodasini topgan. Bunday talqin asar yozilgan davr uchun, hukumron mafkura tabaqalari uchun mos edi. Nima bo‘lganda ham shoir butun ijodi davomida xalq ijodi an’analaridan ijodiy foydalandi. Chunki u folklor an’analarining sodiq davomchisi va targ‘ibotchisi edi.



Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin