Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə16/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

Oyna kabi tiniq va bejon.
Men umrimda ko‘rmagan gullar...
Nom qo‘yishda ojizdir inson.
Bu go‘zaldir, bu ajib bir hol,
Dam vahshiydir, hamda osuda,
Bo‘lmasinmi shoir tili lol
Shamol uchib o‘ynasa suvda?
U o‘zining amaliy ijodida xuddi shu azaliy - tabiiy go‘zallik - soddalik yo‘liddn bordi. Xalq ijodi uning sodda uslubini yaratishda ko‘mak berdi, pirovardida uning ijodini chuqur xalqchil bulishiga ham yordam qildi.
Shu munosabat bilan Oybekning quyidagi fikrida munozarali o‘rin borligini aytib o‘tmoq lozim: « - Hamid Olimjon keyingi davrda badiiy soddalik yuli bilan ketdi, - deb yozadi atoqli yozuvchimiz, - bunda, shubhasiz, folklor asarlarining ma’lum ta’siri bor. Shoir o‘z lug‘atini sof xalq so‘zlari, ifodalari bilan boyitdi. Badiiy vositalarni ham ko‘pincha xalqqa sodda, ochiq va xalq poeziyasining badiiy ruhiga mos shaklda tanlashga tirishdi:
Mard o‘g‘ilning boshi tosh, Bu onaning ko‘zda yoshi
Yomg‘ir kabi o‘q yog‘dirsam, Qaytadan ko‘l bo‘lsinmi?
To‘kiladi u tutday, Xayr, o‘g‘lim, oq yo‘l bo‘lsin,
Toshga bosh qo‘yganimda Xayr, ko‘zim qorasi,
Yostiq kabi tuyulding. Isming yoziq bukun yopgan nonimda.­
Xarakterli tomoni shundaki, Hamid Olimjonning ilk ijodida folklorning ta’siri u qadar sezilmaydi. To‘g‘ri, ba’zi folklor obrazlari (sher), o‘xshatishlar («yomg‘ir kabi ko‘z yoshlar»), iboralar («hasratin orqaga tashladi») va xalq qo‘shiqlarini epigraf qilib ishlatish kabi («Qishloq qizi») hollar uchraydi. Lekin xalq ijodidan chuqur va ijodiy mo‘l-ko‘l o‘rganish davri, o‘z iborasi bilan aytsak, «folklor davri» 30-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keldi. Buning boisi shuki, bu yillarda Hamid Olimjon Navoiy, Pushkin, SHevchenko, M. Gorkiy kabi ulug‘ san’atkorlarni chuqur o‘rganib, ularning xalq ijodiga bo‘lgan chuqur munosabati va katta muhabbatidan namuna oldi.Ular ijodning harorati Hamid Olimjon qalbiga yoshligidan onasi tomonidan tashlangan urug‘ning kurtak yozishiga va o‘sib, gullashiga turtki bo‘ldi. U xalq ijodini o‘qish-o‘rganish bilan kifoyalanmasdan endi ularni yig‘ish va ilmiy asosda tekshirish ishi bilan shug‘ullana boshlaydi. U Fozil Yo‘ldosh, Islom Shoir kabi xalq baxshilaridan xalq ijodi namunalarini yozib olish va nashr etish ishiga bosh-qosh bo‘ladi. 1935 yildayoq u «Alpomish» eposini o‘rganishga kirishgandi. Fozil Yo‘ldoshga bag‘ishlangan «Kuychining xayoli» (1936) she’rida xalq ijodining ruhi, ohangi, mazmuni va baxshilarning, kuychilarning taqdiri to‘g‘risida so‘zlarkan, «Alpomish» qahramonlaridan biri Oybarchinni tilga oladi, shu eposdan she’riy misollar olib, she’rga qo‘shib, yedirib yuboradi («Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, urushda bilinar mardning sarasi»). Xuddi shu she’rning va xalq baxshilaridan yana biri bo‘lmish Abdulla shoirga atalgan «Do‘mbiramning maqtovi» nomli she’rida shu baxshilarning «Do‘mbira» temasidagi termalarining ruhi, ohangi va ayniqsa kechinmani ifodalash yo‘llari, usuli, obrazla­ri ravshan sezilib turadi:
So‘z boshlayin endi yaxshi, yomondin,
Ko‘zlarimning nuri bo‘lgan do‘mbiram.
Sen qo‘limda, kezib o‘tdim jahondin,
Yuragimning jo‘ri bo‘lgan do‘mbiram....
Bu she’rlarda shoir do‘mbirani o‘zining sozining ramziday ehtiros va mehr-muhabbat bilan ulug‘laydi.
Hamid Olimjon hamma baxshilar ijodida “Alpomish” borligi va eng mukammali Fozil Yo‘ldosh og‘zidan yozib olingan varianti ekanligini ta’kidlaydi. Keyingi yillardagi tekshirishlar ham Hamid Olimjonning bu fikrini quvvatlamoqda. Hamid Olimjon “Alpomish”ni mardlik, muhabbat va do‘stlik dostoni ekanligini asoslab beradi. 50-yillarga kelib “Alpomish” dostoniga nisbatan nohaq hujumlar bo‘ldi, biroq hech kim halqning boyligi bo‘lgan “Alpomish”ni tortib ololmadi.
San’atkorning xalq ijodiga yaqinlik darajasi ham, folklorning qaysi fazilatlari va xususiyatlarini ma’qul ko‘rishi ham — hammasi san’atkorning dunyoqarashiga, estetik mavqe va estetik idealga, shaxsiyati va individual uslubiga bog‘liq; uni xayotning qaysi tomonlari, qaysi masalalari qiziqtirsa, folklordan ham shunga aloqador jihatlarni o‘rganadi, kabul kiladi. Ijodkorning asarlaridagi xalq ijodi an’analariga razm solib turib, uning didiga fol­klorning qaysi g‘oyaviy-estetik prinsiplari yoqib tushadi-yu, qaysi tomonlarigaqiziqmasligini bilish mumkin. Hamid Olimjon xalq ijodining hamma janrlaridagi, har xil mavzudagi va har xil ruhdagi asarlarni eshitgan, o‘qigan, bilgan. Bular ichida sho‘xi, quvnog‘i, jangovari, qahramonlik va optimistik ruhdagisi, g‘amgin va umidsizi ham bo‘lgan. Ularning mavzulari ham xilma-xil va boydir. Ammo Xamid Olimjonni ozodlik va haqiqat, go‘zal hayot va baxtiyor turmush, insonparvarlik va mardlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi, ertangi kunga ishonch va umid ruhi bilan sug‘orilgan sho‘x, quvnoq, jangovar va qahramonlik asarlari maftun etadi. Uni insonning qudrati va go‘zalligini ulug‘lovchi, uning baxt va shodlik yulidagi kurashini tasvirlovchi asarlar qiziqtiradn.
Hamid Olimjod «Hayot daryosi» nomli maqolasida - 45 kunda qurib bitkazilgan Katta Farg‘ona kanali haqida so‘zlar ekan, Mirzacho‘l xaqidagi xalq afsonasini keltiradi. Unda Shirin kimki Mirzacho‘lga kanal o‘tkazib, Sirdaryoni bo‘g‘sa, shunga tegaman deydi. Eron podshosi Xisrav uni aldab (kechasi cho‘lga bo‘yra yozdirib, suvga o‘xshatadi), shartini bajargan bo‘ladi va Shirinni oladi. Shirin aldanganini erta bilan biladi. Buni hikoya qilar ekan, Hamid Olimjon bunday deydi: «Bu juda achchiq haqiqat. Xalqlning boshiga bunday kunlar juda ko‘p tushgan. Chunki xalq doimo yaxshilikni o‘ylaydi. Yaxshi yashagusi, baxtli kunlar ko‘rgusi keladi. Lekin, taqdiri hali o‘z qo‘lida bo‘lmagani uchun, erksiz, va huquqsiz bo‘lgani, bir to‘da muttahamlarga oyoq osti bo‘lgani uchun hiyla va nayranglarga giriftor bo‘lib g‘am va musibatlarga tushadi. Kuyovsiz qolgan qizlar, ersiz qolgan xotinlar haqida afsona to‘qiydi va kelajakka qandaydir umid bilan qaraydi. Noumid - shayton, deydi.
Balladachilik fazilatining bir qancha ildizlari ham folklorga borib tutashadi. U xalq qo‘shiqlaridagi musiqiylikni hosil qilish yullaridan ijodiy o‘rganib (anafora va radiflar, har bir misrani mustaqil tugalgan sifatida tugatish, masnaviy yoki kesishma qofiyalash prinsipi, kontrastli parallel misralar yaratish, to‘qqiz, o‘n bir, yetti bo‘g‘inli vaznlar va ayniqsa san’atpardozlik, jimjimadorldkdan qochib poetik soddalik yulidan borish kabi) she’rlariga qo‘shiq ruhini singdirdi.
«Butun o‘zbek xalq dostonlari asosan o‘n bir hijolik barmoqda aytiladi, «Alpomish» ham shunday, - deb yozgandi Hamid Olimjon. - Butun xalq dostonla-rining o‘n bir hijoda aytilishi - bu bir adabiy traditsiya holiga kelib qolgan. Dostonlarda urush, jang sahnalari, ot chopishlar, olishuvlar doimo yetti va sakkizlik hijo bilan beriladi».
Hamid Olimjonning aksariyat she’rlari xuddi shu vaznlarda, ya’ni to‘qqizlik, o‘n birlik, yettilik hijoli barmok, vaznida yozilgan. Uning «Zaynab va Omon» «Ikki qizning hikoyasi» to‘qqiz hijolik, «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg‘» ertaklari yetti hijolik vaznda yozilgan bo‘lib, bu vaznlar ulardagi qahramonona va ko‘tarinki ruhni berishga xizmat etadi.
Hamid Olimjonning xalq qo‘shiqlalarining mazmuni, ruhi, ohangi va obrazlari, fikr va kechinmani ifodalash usullarini chuqur bilishini uning har bir she’ridan sezib olish mumkin. Uning xalq qo‘shiqlaridan epigraflar olish, she’ri ichiga bu qo‘shiqlardan qistirib ketishi va ayniqsa xalq qo‘shiqlariga yaqin she’rlar yozishi bundan dalolat beradi. Hatto Hamid Olimjonning shaxsiy arxivida uning o‘z qo‘li bilan ko‘chirilgan xalq qo‘shiqlari ham saqlanadi. Bular orasida (ular 19-20 banddan iborat) bizning qo‘shiq kitoblarimizga kirganlari ham, kirmaganlari ham bor. Ehtimol, shoir ularni o‘zi zshitgan variantlari va qo‘shiq kitoblari buyicha to‘plagandir. Chunki, Hamid Olimjon unda faqat xotin-qizlar taqdiriga oid qo‘shiqlarni jamlagan va ularga «O‘zbek qizining taqdiri» degan umumiy nom bergan, sarlavha qo‘ygan.
Hamid Olimjon bu o‘lkani qurilishni va xalqning ishtiyoq, ilhom, quvonch bilan mehnat qilganini kuzatar ekan, yana xalq afsonalari esiga keladi: «Buni xalq ertaklarida qirk, kechayu, qirq kunduz uyin va tomosha bo‘lib yotdi deb aytar edilar». Qurilishdagi odamlarning ko‘tarinki ruhi va mehnat mo‘jizalarini ta’riflash uchun folklordagi traditsion iborani - «Ko‘rganlar darmonda, ko‘rmaganlar armonda edi» degan iborani keltiradi.
Darvoqe, Hamid Olimjonnig o‘zi shu go‘zal hayot, ijodkor xalq va ularning mo‘jizali ishlari to‘g‘risida ertaklar to‘qidi, dostonlar yozdi, qo‘shiqlar ijod etdi. U «O‘zbekiston» she’rida «odamlardan hikoya tinglab, ertaklarga quloq tutib» sovet O‘zbekistoniga, sotsialistik hayotga «o‘xshashini aslo topa olma-ganligini» yozadi. Shoir afsonaviy jannatdan ham ziyoda o‘lkani ham madh etar ekan, ta’riflash uchun xalq dostonlaridagi priyomni oladi: priyomnigina emas, balki dostonlardagi yurt tasviri chizilgan o‘rinlarining mazmunini zidiga o‘zgartirib ishlatadi:

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin