Insoniyat tarixida buyuk podshoh, sarkarda va jahongir sifatida iz qoldirgan ajdodimiz Amir Temur haqida yozilgan har bir ilmiy yo badiiy asar bugungi kishilar uchun ibratlidir
Insoniyat tarixida buyuk podshoh, sarkarda va jahongir sifatida iz qoldirgan ajdodimiz Amir Temur haqida yozilgan har bir ilmiy yo badiiy asar bugungi kishilar uchun ibratlidir. Turk yozuvchisi Dundar Alpning usmonlichada, hijriy 1330 (melodiy 1912) yilda Istanbulda bosilgan “Sharqning eng buyuk hukmdori” romani Temur mavzusida turkiy tillarda yaratilgan ilk romandir. Unda yosh Temurning yuksak shaxsiyati, insonparvarligi va bagʻrikengligi, xalqqa doimo yon bosgani va xizmat qilgani uchun davrining eng suyuk va buyuk xoqoniga aylangani koʻrsatib berilgan. Temurning shaxsiy hayotidagi va davridagi jasurliklar, sadoqat, yaxshilik, shafqat haqida oʻqirkanmiz, bundan taʼsirlanishimiz, fikru tuygʻularimizni, koʻnglimizni va tabiatimizni tarbiyalashimiz, oldingiga koʻra birmuncha oʻsishimiz muhaqqaqdir.

Buyuk xoqon Temur bilan hashamatli Yildirim Boyazid orasidagi arzimas kelishmovchilik bois chiqqan urush va uning oqibatlarini betarafona muhokama etadirgan bir sahna oʻyinini kutardim. Biroq yanglish yozilgan tarixiy voqealarning yanglish talqinlari koʻrsatildi. Menimcha, muallif bu xato, biryoqlama bitilgan tarixni qabul qilgan va uni kengaytirib koʻrsatishni istagan bir shaxsdir.