Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 430,99 Kb.
səhifə1/6
tarix23.10.2017
ölçüsü430,99 Kb.
#11798
  1   2   3   4   5   6


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT

PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Qo’l yozma huquqida

UDK

SHIROV BAXTIYOR TADJIMAMATOVICH

SHAXS MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI
5A111601 – Ma’naviyat asoslari
Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertasiya
ilmiy rahbar:

siyosiy fanlar nomzodi



JUMANIYOZOV XUSHNUD SAFOEVICH

TOSHKENT-2013

MUNDARIJA.

KIRISH …………………………………………………………………………….. 3

I-BOB. SHAXS MA’NAVIYATI TAKOMILIDA SIYOSIY PARTIYALAR ROLI MASALASINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI …………..11

1. Saxs ma’naviyatini yuksaltirish omillari va unda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rni………………………………………………………………………………… 11

2. O‘zbekistonda siyosiy partiyalar va xarakatlarning vujudga kelishi, turlari va maqsad-vazifalari…………………………………………………………………. ..19

3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida siyosiy partiyalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining aks etishi…………………………………………..29



II-BOB. MA’NAVIY - MA’RIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH JARAYONIDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI KUCHAYTIRISH………………………………………………………..41

1. Partiyalarning ijtimoiy, gumanitar, ma’naviy sohalarni yuksaltirish borasidagi vazifalari……………………………………………………………………………...41

2. Partiyalarning vakillik organlari faoliyatidagi faoliyatida ma’naviyat masalalari…………………………………………………………………………….49

3. “Kuchli davlatdan-kuchli - fuqorolik jamiyati” sari ilgarilashda milliy birlikni ta’minlashda partiyalar faoliyati……………………………………………………..60



III-BOB. SHAXS MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI MAVZUSINI AKADEMIK LITSEY VA KASB HUNAR KOLLEJLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH YUZASIDAN TAJRIBA SINOV MATERIALLARI…………………………………………………………………..75

XULOSA ………………………………………………………………………......100

ILOVA ……………………………………………………………………………..102

ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………………………………106


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan so‘ng qo‘lga kiritgan yutuqlarini sarhisob qiladigan bo‘lsak, olib borayotgan barcha sohalardagi islohotlar uzoqni ko‘zlab, “o‘zbek modeli”ning tarkibiy qismi bo‘lgan “bosqichma-bosqichlik” tamoyili asosida olib borilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Islohotlar dastlabki bosqichda mustaqillikni mustaxkamlashga qaratilgan bo‘lsa, bu vazifa asosan ado etilgach, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish sari odim tashlandi. Mamlakatimizda turli siyosiy institutlar, jumladan, siyosiy partiyalarning faoliyati tubdan o‘zgarib ular uchun zaruriy huquqiy asoslar yaratildi. Bu jarayonlarning bugungi kun nuqtai nazaridan baxolar ekan. Prezidentimiz I.A.Karimov “Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqorolarning siyosiy partiyalar va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jaroyonlarida xoxish-irodasi va fikrini ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi” deb ta’kidlaydi.1

Jamiyat hayotida, jamiyatning ma’naviy yangilanishida, shaxs ma’naviyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar roli masalasini tahlil etishda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi.

Birinchidan, davlatning tatalitarizmdan bozor munosabatlariga o‘tish davrida amalga oshirilgan islohatlarning dastlabki bosqichidagi strategik vazifalari, bu boradagi jahon mamlakatlarining tajribalari va uni O‘zbekistonda namoyon bo‘lish xususiyatlari ilmiy tadqiqotlarda mustaqil mavzu sifatida o‘rganilmasdan qolmoqda. Umuman, demokratik qadriyatlarga o‘tishning bugungacha dunyo mamlakatlari tajribalariga asoslanib, uchta: a’nanaviy, inqilobiy va evolyusion shakllari mavjudligini qayd etib o‘tish mumkin. Ularning har uchala shakli ham demokratik qadriyatlarni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirdi va bugun ular dunyo mamlakatlarini rivojlanishiga zamin tayyorladi.

Ikkinchidan, mamlakatimizda demokratik jarayonlar bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Demokratik jarayonning tayyor andozasi yo‘q, hatto uning eng «oreginal» hisoblanadigan shaklini ham u yoki bu mamlakat hayotiga joriy qilib bo‘lmaydi. CHunki, bunday jarayon mamlakatning ichki imkoniyatlari asosida o‘ziga xos va o‘ziga mos tarzda shakllanib boradi. Demokratiyani dunyoning u yoki bu mamlakatida amalga oshirilgan shaklini «andozasini» ikkinchi bir mamlakatga «ko‘chirish», «joriy» qilish bilan bog‘liq hatti-harakatlar mamlakat taraqqiyotini bir necha yillar orqaga surib yuborishi mumkin.

Uchinchidan, demokratik qadriyatlarni rivojlantirishda milliy mentalitetni hisobga olish haqidagi ilmiy asoslangan konsepsiyalar mavjud. Milliy mentalitet o‘zgarmaydigan omil emas, uni takomillashtirish orqali millat ham rivojlanib boradi bu malum. Ammo, siyosat, ong va siyosiy madaniyatda u qanday kechadi va demokratik jarayonlarga nechog‘lik tasir o‘tkazishi mumkin, uni millatimiz va mamlakatimizning ko‘p millatlilik sharoitida qanday amalga oshirishiga va uning natijalarini prognozlashtirish ham hali Politologiyamizda «tesha tegmagan» mavzu bo‘lib qolmoqda.

To‘rtinchidan, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalarning shakllanishi, ularning o‘zaro munosabatlari, jamiyat siyosiy hayotidagi o‘rni masalalarini o‘rganish ham dolzarb mavzu sifatida qolmoqda. Bu mavzu bugun faqat kundalik matbuotlarda yoritilishi darajasida qolib ketmoqda. Xususan, biz mavjud siyosiy partiyalar haqida fikr yuritganimizda Prezidentimizning ular faoliyati o‘sib kelayotgan ehtiyojlardan orqada qolayotganligi haqida bildirgan o‘rinli tanqidiy fikrlariga asoslangan holda ilmiy tadqikotlarni olib borishimiz lozim bo‘ladi.

Beshinchidan, bugun milliy istiqlol g‘oyasini falsafiy fanlar nuqtai nazaridan o‘rganish, uni yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish borasida bir qator nazariy hamda amaliy ishlar bajarilmokda. Lekin hali uni siyosiy fanlar nuqtai nazaridan o‘rganish va tahlil qilishga bag‘ishlangan dissertatsiyalar himoya qilinmadi. Aslida, siyosiy va demokratik institutlar tizimi faoliyati, ularning manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishda milliy istiqlol g‘oyasi nazariy manbaa sifatida katta rol o‘ynab kelmoqda. Jamiyat hayotida, ayniqsa demokratik qadriyatlarga asoslangan jamiyat qurishga intilayotgan mamlakatlarda fikrlar va qarashlar turli-tumanligi tamoyiliga amal qilish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo, ular yagona maqsad, strategik vazifa manfaatlarini amalga oshirishda o‘zida aks ettirgan g‘oyalarga uyg‘unlashib boradi. Aks, holda jamiyatning «boshi» ziddiyatlar va qarama-qarshiliklardan chiqmay qolishi mumkin bo‘ladi. Ularning avj olmasligining imkoniyati, kerak bo‘lsa muhim mexanizmi bu fikrlar va qarashlar turli tumanligini o‘zida mujassamlashtirgan umummanfaatlarga xizmat qiluvchi g‘oya atrofida uyushish hisoblanadi. Bu nafaqat bizning mamlakatimizning bugun demokratik jamiyatga o‘tish davri uchun zarur, xuddi shuningdek eng taraqqiy mamlakatlarda ham barqaror taraqqiyotga erishish uchun zarur bo‘lgan shart hisoblanadi.

Xudi ana shu nuqtai nazardan ham milliy istiqlol g‘oyasining mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taminlashdagi roli va o‘rnini siyosiy fanlar nuqtai nazaridan o‘rganish ham dolzarb mavzu hisoblanadi.

Oltinchidan, milliy xafsizlikning ta’minlash har bir mustaqil davlat uchun hayot-mamot masalasi hisoblanadi. Uni taminlash bir qator omillarga bog‘liq. Jumladan, aholi o‘rtasida ogohlik ruhiyatini shakllantirish, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash, yoshlarda Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish kabi o‘ta muhim masalalarni siyosiy fanlar nuqtai nazaridan o‘rganish lozim. Bugun bu mavzularda vaqtli matbuotda vaqti-vaqti bilan maqolalar e’lon qilinmoqda. Ammo, ularni chuqur analiz qilish siyosiy tahlil qilish, mavjud muammolarni hal qilishning mamlakatimiz taraqqiyoti uchun nechog‘liq amaliy ahamiyatga ega ekanligiga bag‘ishlangan bironta xam magistrlik dissertatsiyasi himoya qilinmadi.

Aslida, ular siyosiy fanlarning eng muhim mavzularini tashkil qilishi lozim. Bundan tashqari ushbuni mavzuni o‘rganishga juda ko‘p mutahassislar bilan bir qatorda harbiylarni, ichki ishlar va xavfsizlik tizimida ishlayotgan xodimlarni ham keng jalb qilishga e’tiborni qaratish lozim.



Respublikamiz siyosiy hayotida hozirda mavjud siyosiy partiyalar o‘tish davridagi ijtimoiy-siyosiy murakabliklarga qaramay o‘zining davomiy faoliyatini saqlagan xolda yildan-yilga faollashib bormoqda. O‘tgan yillar davomida ba’zi siyosiy partiyalar maqsadlari va dasturiy vazifalari yaqinligini sezgan holda birlashish yo‘lini tutgan bo‘lsalar, ayrimlari konstitutsiyaviy tuzumga zid faoliyatlari uchun rasman tugatildi. Demakratik huquqiy davlatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan siyosiy partiyalar faoliyatini tartibga solishda milliy qonunchiligimiz sohaga doir qonunlar va qonunosti xujjatlari mavjud. Lekin, qonunlar dogma bo‘lmay jamiyat va davlat taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanishini inobatga olsak bu sohadagi qonunchilikni yanada tadqiq etishni taqozo etadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi ishtirokini ta’minlash orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tashini hamda ularning aholining jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi, fuqorolarning siyosiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga doir faoliyatini, qonunchilik va ijro hokimiyatiga ta’sir etishini taxlil qilishdan iboratdir.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida siyosiy partiyalarga doir qator qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ularda siyosiy partiyalarni to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun zarur shar-sharoitlar yaratilgan. Bu huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi va shu sohaga bevosita aloqador o‘nlab normativ-xuquqiy xujjatlarda aksini topgan. Fuqorolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan, siyosiy partiyalarning faoliyatini borasida bir qancha huquqshunos, siyosatshunos olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Jumladan, o‘zbek olimlaridan I.R.Bekov1, D.Q.Axmedov2, E.X.Halilov3, S.A.Abbosxo‘jaev4, M.Qirg‘izboev5, O.T.Husanov6, xorijiy olimlar qatorida yu.A.Yudin7, V.V.Lapaeva8, M.Dyuverji9, S.E.Zaslavskiy10 va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Bu olimlar o‘z tadqiqodlarida siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berib, ularning turli qirralarini o‘rganganlar.+

Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti. O‘zbekistonda ma’naviyat, ma’rifat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, shaxs ma’naviyatini shakllantirishning asosiy mezonlari, bu boradagi asosiy vazifalar, ushbu vazifalarning echimida siyosiy partiyalarning tutgan o‘rni, ular oldidagi asosiy vazifalar tadqiqot ob’ektini tashkil etadi.

Magistrlik dissertatsiyasining predmeti. O‘zbekistonda siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi hujjatlar, siyosiy partiyalarning dasturlari, nizomlari, ularning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi dasturlari bilan bog‘liq qoidalar.

Magistrlik dissertatsiyasining maqsad. Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish, bu jarayonda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etish, ular oldidagi turgan vazifalarni aniqlab berishdan iborat.

Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari. Shu bir qatorda ushbu bayon etilayotgan mavzu o‘zining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o‘z oldiga quyudagi maqsadlarni belgilab oladi:

  • Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish va unda siyosiy partiyalar rolini tahlil etish;

  • Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi va ularning boshqa jamoat birlashmalaridan farqini ko‘rsatib berish;

  • Siyosiy partiyalarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalarini tahlil etish;

  • “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga binoan siyosiy partiyalarningg markazda va joylarda ijro hokimiyati tizimini shakllantirishdagi imkoniyatlarini taxlil etish,

  • Xalq deputatlari viloyat tuman shaxar Kengashlaridagi va Qoraqolpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruhlarining faoliyat mexanzlarini taxlil etish va siyosiy partiyalarning xududiy bo‘linmalari ma’naviy –ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil etishga doir masalalarni o‘rganish,

  • Siyosiy partiyalarning siyosiy partiyalarning jamoatchilik funksiyasini o‘rganish va amaliyotdagi kamchiliklarini ko‘rib chiqish iborat.

Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangligi. Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi yangi bo‘lib keyingi yillarda bu borada magistrlik darajasida tadqiqotlar olib borilmagan. Ilmiy tadqiqot davomida quyidagilarga erishildi:

Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish va unda siyosiy partiyalar rolini tahlil etildi;

Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi va ularning boshqa jamoat birlashmalaridan farqini ko‘rsatib berildi;

Siyosiy partiyalarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalarini tahlil etildi, uni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi;

“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga binoan siyosiy partiyalarningg markazda va joylarda ma’naviy –ma’rifiy ishlar ijrosi tizimini shakllantirishdagi imkoniyatlari taxlil etildi;

Xalq deputatlari viloyat tuman shaxar Kengashlaridagi va Qoraqolpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruhlarining faoliyat mexanizmlarini taxlil etilib va siyosiy partiyalarning xududiy bo‘linmalari ma’naviy –ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil etishga doir masalalar o‘rganildi;

Siyosiy partiyalarning siyosiy partiyalarning jamoatchilik funksiyasini o‘rganish va amaliyotdagi kamchiliklari ko‘rib chiqilib partiyalar o‘z saylov oldi dasturlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda keng e’tibor berishlari lozim jihatlar ko‘rsatib berildi.

Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy-nazariy metodologik asoslari: tadqiqot ishiga quyidagilar metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston respublikasining Asosiy qonuni, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘riyaida» gi Qonun, O‘zbekiston respublikasi prezidentining, Vazirlar Maxkamasining O‘zbekistonda siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlariga doir farmonlari, qarorlari tadqiqot ishining ilmiy-nazariy, metodologik asosi bo‘lib xizmat qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, ular faoliyatida ma’naviyat-axloq haqida bayon etilgan fikr va mulohazalari, Oliy Majlis sessiyalarining hujjatlari, mashhur ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi, shuningdek siyosatchi-huquqshunos olimlarmizning ushbu masalaga daxldor izlanishlari tadqiqot ishining metodologik asosini tashkil etadi.

Ilmiy tadqiqotni o‘rganishda foydalaniladigan metodlar: kuzatish, abstraksiya, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tarixiylik va mantiqiylik va analogiya, kuzatish, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish kabilar.

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish,uchta bob, to‘rtta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I-BOB. SHAXS MA’NAVIYATI TAKOMILIDA SIYOSIY PARTIYALAR ROLI MASALASINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI.


  1. Shaxs ma’naviyatini yuksaltirish omillari va unda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rni.

Inson ma’naviyatini shakllanishida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy-falsfaiy, badiiy va diniy manbalarning ahamiyati beqiyosdir. Milliy-ma’naviy tiklanish haqida gap borar ekan borar ekan milliy g‘oyamizning falsafiy, iqtisodiy, tarixiy, diniy ildizlariga keng e’tibor qratishimiz, ularni tiklash, yoshlarimizga o‘rgatishimiz, turli xil darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda ulardan foydalanishmiz zarur. Jahon ilmu-fan rivojining beshigi haqida fikr yuritilganida SHarqning roli katta. Bu xususda fikr yuritar ekan Yurtboshimiz shunday ta’kidlaydi: “Ammo, aziz do‘stlar, bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurib turibdi. Jahon ilm-fani va madaniyatiga kibernetika asoslarini yaratgan Xorazmiyni, buyuk faylasuf bobomiz Forobiyni, tibbiyot qonunlarining tengsiz kashfiyotchisi Ibn Sinoni, nazm yulduzlari - Navoiy va Abayni, Amir Temur va Bobur, To‘labiy, Qozibekbiy, Aytekebiy kabi ulug‘ zotlarni, Beruniy, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Buxor jirov, Ibroy Oltinsarin, CHo‘qon Valixonov singari mutafakkirlarni bergan bu muqaddas zamin xalqlarining yaratuvchilik dahosi hamisha uyg‘oqdir”1.

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 2008 yilda nashr etilgan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” risolasida bugungi kun yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar birma-bir batafsil ta’riflab berilgan.2 Biz bu o‘rinda undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib o‘tamiz. Xalqimizning milliy, diniy qadriyatlarining ahvoli mustaqilllikka qadar nihoyatda achinarlik holatda edi. Bu voqealarning ayanchli jihatlarini tahlil qilar ekan YUrtboshimiz “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida shunday yozgan edi: “Men shuni aytishim kerakki, bizga zarba bo‘lib tushgan eng og‘ir tanglik iqtisodiy emas, balki ma’naviy tanglikdir. Asrlar mobaynida qaror topgan ahloqiy-ma’naviy qadriyatlarni g‘oyaviy qarashlarga qurbon qilish oqibatlarini bartaraf etish iqtisodiyotni tartibga keltirishdan ko‘ra ancha mashaqqatli bo‘ladi”1. Chorizm, pomeshchik va burjuaziyaning Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan siyosati - bu xalqlar o‘rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo‘q qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy taraqqiyotini bo‘g‘ish, ularga erkinlik bermaslik, milliy qadriyatlarini erga urish va kamsitish, milliy g‘ururlarini, ma’naviyatini poymol etish, qo‘rquvda ushlashdan iborat edi. Turkiston xalqlarining o‘tmishda qoloq va kam taraqqiy etganligi, madaniyatining pastligi, siyosiy jihatdan orqadaligi chor mustamlakachiligi siyosatining natijasidir.

Oktyabr inqilobi g‘alabasidan keyin, sobiq sovet hokimiyatining dastlabki yillarida boshqa respublikalarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham, albatta, madaniy taraqqiyot bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar safi kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bundan ko‘z yumish mumkin emas. Lekin O‘zbekiston Davlat mustaqilligiga qadar bo‘lgan etmish to‘rt yil ichida madaniy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. Bu ham bir katta siyosat edi.

Sobiq sovet tuzumi davrida xalqimiz madaniy-ma’naviy merosini toptashga bo‘lgan harakatlarga barham berilgani yo‘q, aksincha, bunday harakatlar yanada kuchaytirildi. Mazkur tuzum davrida hukmron mafkura sobiq SSSR hududidagi barcha xalqlar, millatlar madaniyatini yo‘qotishga bo‘lgan urinishlar kuchayib borishi bilan birga “Yagona sobiq sovet madaniyati” degan g‘oya ostida birlashtirishga qaratilgan siyosat olib borildi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, islom milliy an’analarining, islom madaniyatining tiklanish jarayoni islomni tashqaridan har qanday "import" qilishdan voz kechish, islomga siyosiy tus berish va siyosatga islom ruhini baxsh etishdan voz kechish to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Movarounnahrning musulmon madaniyati etnik sabr-toqat va baqrikenglik ruhini o‘zida aks ettirdi. Uning Forobiy va Ibn Sino asarlarida o‘z in’ikosini topgan ideali - Fozil kishilar shahri nafaqat diniy asosda, balki madaniy va axloqiy negizda ham uyushgan odamlarning hamjamiyatidan iborat bo‘lganligi tasodifiy hol emas. Konstitutsiyamizda yozib qo‘yilgan dinga e’tiqod qilish erkinligi O‘zbekiston yoppasiga "islomlashtirilishi" mumkinligi haqidagi noo‘rin hadiksirashlarga barham berdi. Boshqa diniy oqimlarning tiklanishi va normal rivojlanishini mumkin qilib qo‘ydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi islom dinining ruhan o‘ziga xosligini anglab etish madaniy boyligimizning bir qismi bo‘lmish islomdan oldingi madaniyatni chuqur o‘rganishni taqozo qiladi1.

Xalqimizning milliy madaniyatini yo‘qotishga bo‘lgan harakat qadimiy qadriyatlarimiz bo‘lgan adabiyotimizni ham o‘z ichiga olgandi. Ko‘plab dostonlarimiz, rivoyatlarimiz, ertaklar, maqollarga, milliy qo‘shiqlar, hunarmandchilikka eskilik sarqiti deb, partiyaviylik nuqtai nazaridan qarab kelindi. O‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodiyotiga kommunistik mafkura talabidan kelib chiqqan holda yondashildi. Milliy madaniyatimizga xalqimiz mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan Evropa xalqlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni olib kirishga bo‘lgan harakatlar kuchaydi.

Xalq og‘zaki ijodida ulug‘langan mehnatsevarlik, vatanparvarlik axloq-odob, e’tiqod, iymon kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish, uni yoritish masalalariga eskilik sarqitlari, o‘tmishni ulug‘lash deb qaraldi. Sobiq sovet tuzumining milliy madaniyatimizga nisbatan bo‘lgan xuruji, 1999 yil 6 noyabrda Termiz shahrida 1000 yilligini nishonlangan “Alpomish” dostonini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Totalitar tuzum joriy etgan taomilga ko‘ra, 1952 yilda Adabiyotchilar uyida “Alpomish” dostonining muhokamasi bo‘lib, bu dostonda xonlar, beklar maqtaladi, bosqinchilik va zo‘ravonlik tashviqot qilinadi, deb ayb to‘nkaldi. Mana shunday ayblovlar qo‘yilgandan so‘ng bu madaniy merosimiz ham boshqa ko‘plab adabiyotlar singari kutubxonalardan yig‘ishtirib olindi1.

Unda shaxs ma’naviyatini shakllantirishda diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi masalasiga keng e’tibor qaratiladi. Avvalo, yurtimizda etishib chiqqan diniy va dunyoviy bilimlar sohasida jahon ilmi xazinasiga katta xissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz xizmatlari chuqur hurmat bilan e’tirof etiladi. Kitobda ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat ajratiladi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.” Unda “Avesto” yodgorligi, “Alpomish” dostoni, Navro‘z bayrami kabi ko‘hna tarixdan bizgacha etib kelgan ulug‘ meros bag‘rida yashiringan ibratli saboqlar, ularning bugungi kun yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati batafsil ochib beriladi.

Prezident I.A.Karimov o‘z asarida “ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir mezon” - islom dini haqida maxsus to‘xtalib o‘tishni zarur deb hisoblaydi. Chunki “ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”.2 Kitobda yana shunday deyiladi: “... xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi”.1

Mustaqillik tufayli xalqimizning ma’naviy merosiga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgardi. Xalqimizning o‘tmishda islom ilmlari rivojiga qo‘shgan ulkan hissalarini jahon tan olgan ulug‘ allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, buyuk tasavvuf pirlari Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi tabarruk siymolarning millatimiz ma’naviy takomiliga qo‘shgan xizmatlari, matematika va astronomiya singari aniq fanlar; meditsina, farmakognoziya, mineralogiya kabi tabiiy fanlar; logika, filologiya va jamiyatshunoslik fanlari sohalarida jahon ilmi rivojiga barakali ta’sir ko‘rsatgan qomusiy allomalar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek kabi mo‘‘tabar zotlarning har biri xususida alohida to‘xtalib, ularning nafaqat milliy ma’naviyatimiz, balki bashariyat ma’naviy takomiliga ko‘rsatgan ta’sirlarini birma-bir qayd etib o‘tilishi bu soha olimlari uchun muhim nazariy-metodologik namuna sifatida qabul qilishga arziydi. YAna bir e’tiborli jihat diniy va dunyoviy bilimlarga teng ko‘z bilan qarash tamoyilidirki, sho‘rolar istibdodidan qutulganimizga mana 22 yil to‘lganiga qaramay, hanuz ba’zi taniqli olimlarimiz bunday xolis nazarga erisha olmayotganliklari bu masalaga Prezidentimizning e’tibori behuda emasligidan darak beradi.

Prezident I.A.Karimov bu buyuk siymolar shaxsiyatiga nega bunchalik ahamiyat qaratayotganligini shunday izohlaydi: “Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bunday ulug‘ zotlarning hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanligini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga etkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart, deb hisoblayman”.1

Kitobda “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan” Sohibqiron Amir Temurning mumtoz siymosi, uning nabirasi olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning ilmiy jasorati chuqur ehtirom bilan yodga olinadi. Kitob muallifi o‘z hissiyotlarini shunday bayon qiladi: “Shaxsan men “Temir tuzuklari”ni har gal o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman...”

Prezidentimizning Alisher Navoiy siymosi va badiiy-ma’naviy merosiga cheksiz ehtiromi ushbu kitobda yanada yorqin aks etgan: “O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir... Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir... Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”2. Muallif buyuk ajdodimizning bebaho merosidan “xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz” deb qat’iy ishonch bildiradi.

Prezident o‘z asarida XX asr boshlarida el-yurt manfaati uchun jonlarini tikkan ma’rifatparvarlarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurrauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab fidoiy insonlarning ma’naviy jasoratini, ulardan keyin xalq orasida nom qozongan Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Habib Abdullaev, Sa’di Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Yahyo G‘ulomov, Ozod Sharafiddinov kabi ilm-fan arboblari, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Said Ahmad singari shoir va adiblar, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Olim Xo‘jaev, Razzoq Hamroev va boshqa atoqli san’atkorlarning xizmatlarini minnatdorlik bilan eslab o‘tadi. Shu bilan birga Yangi Davr, ya’ni XVII – XX asrlarda ona zaminimiz – Turkistonda yuz bergan siyosiy parokandalik, hukmron kuchlarning uzoqni ko‘rolmasligi va ma’naviy zaifligi, bularning oqibatida xalq boshiga tushgan baloyu kulfatlarni ham taassuf bilan qayd etishni unutmaydi.

Shunday qilib, yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki ma’naviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida Prezidentimizning yangi kitobida aniq ko‘rsatmalar berilgan. “Mezon” tarozu degani, ya’ni aniq o‘lchov, meyor, Evropa terminologiyasida “kriteriy”. Demak, biz yoshlarning ma’naviy tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga kimlarni ibrat qilib ko‘rsatishimiz durust bo‘ladi, qaysi o‘lchov, qanday meyorlarni asos qilib olishimiz lozim – bular hammasi kitobda aniq ko‘rsatib, nomma-nom sanab berilgan. Bular – ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlug‘ ma’naviy (ilmiy, badiiy, falsafiy) meros, ularning ibratli hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuyg‘ular.

Prezident I.Karimov kitobida bu haqiqatlarni, bu tuyg‘ularni yosh avlod ongiga singdirishning uch tabarruk makoniga alohida e’tibor qaratadi: ularning birinchisi –oila, ikkinchisi – mahalla, uchinchisi – ta’lim-tarbiya tizimi. Agar shu uch makonda ma’naviy muhit ko‘ngildagidek bo‘lsa, hamma ish ko‘ngildagidek bo‘ladi, agar ular tanazzulga qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi. Afsuski, muayyan sabablarga ko‘ra bugungi kunda har uch makonda ham muammolar ancha-muncha yig‘ilib qolgan va ularni hal qilish, har uch makondagi ma’naviy muhitni poklash, vaziyatni to‘g‘ri izga solish yo‘lida bevosita Prezidentimiz jonkuyarligi va tashabbuslari bilan, xalqimizning fidoiy farzandlari, ayniqsa, haqiqiy ziyolilarimizning samimiy urinishlari bilan davlatimiz va faol jamoatchiligimiz katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Hali bu yo‘lda qiladigan ishlar ko‘p, ammo hozirdanoq bu sa’y-harakatlarning samaralari borgan sari yorqinroq ko‘zga tashlanib borayotganini ham mamnuniyat bilan e’tirof etish mumkin.

A.Avloniy tarbiya milliy madaniyatni, ma’naviyatni yuksaltirish, xalqni ma’naviy qashshoqlikdan qutqarish yo‘lidagi asosiy omil deb tushundi. U tarbiya to‘g‘risida gapirib “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur”1, degan fikrni aytdi. Uning fikricha, tilga, madaniyatga bo‘lgan muhabbat, har bir kishining o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbatidir. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imko­niyat­larim­izni safarbar eta­yotgan ekan­miz, bu borada ma’­naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qot­sak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tash­lab qo‘yadigan bo‘lsak, mu­qaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘­ril­gan va ulardan oziqlangan ma’­naviyatimizdan, tarixiy xo­tiramizdan ayri­lib, oxir-oqi­batda o‘zimiz intilgan umum­bashariy taraq­qi­yot yo‘­li­dan chetga chiqib qo­lishi­miz mum­kin2. SHunday ekan shaxs ma’naviyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar o‘zlarining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalarini belgilab olishda quyidagi ustuvor vazifalarga keng e’tibor qaratish lozim:


Yüklə 430,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin